Birinchi marta yoki birinchi....  ( 194614 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 66 B


Ansora  23 Oktyabr 2009, 21:28:59

1 chi postimni 14 Avgust 2009, 01:42:12  da yozgan ekanman.


Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 21:32:14

1 chi o'qigan romanim: "İkki eshik orasi" 8 yoshimda o'qigandim. Ayam bilan dadam yashirib qo'yishardi, topib yana o'qirdim : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 21:39:20

1 chi she'rimni o'zimcha 8-9 yoshlarimda yozgandim, lekin qog'ozgamas, kallamda, keyin esimdan chiqib ketgan. Koshki yozganimda, esimdan chiqmasdi balki : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 21:41:51

Turkiyaga 1chi marta 2000 chi yil kelgandim, Anjanchasiga "o'ynagani" : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 21:43:48

1 chi ish haqqimni akam bilan olma terib olganmiz, olma bog'da, adashmasam, 12-13 yoshlarimda edim.... : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 21:48:09

1 chi kursda Nizomiyda rosa uyquchi edim. Bilmadim, nimagadir doim uyqum kelardi. Asosan darslarda. Balki Toshkentni namliroq havosidanmi, yoki uy ishlardain birdaniga "mehmonga kelganday" ishsiz qolganim uchunmi:)
Hatto bir marta marta Prof. domlalardan biri, meni turtgandilar, (yana uyalmasdan 1 chi partadaman:) "qizim turaqoling endi, dars tugadi", deb :3

Qayd etilgan


registan  23 Oktyabr 2009, 21:53:52

Man maktabga ilk borganimda birinchi darsda birinchi o'qituvchimiz dars o'tayotganlarida dars manga yoqmay zerikib tashqariga chiqib ketganman, o'qituvchim sezmay qoganla.  :7 O'shanda esimda peoner vojatiy mani maktab hovlisidan tutib olib, qaytarib olib kelib qo'ygandila. :)

Qayd etilgan


Muslimа  23 Oktyabr 2009, 22:11:54

     :as:
     Mavzuni o'qib birinchi marta ovqat qilganim esimga tushdi :) Birinchi marta kartoshka qovurgandim, ayam o'rgatib turgandilar. U paytda bo'yim qozonga yetmasdi. Oyoqlarim tagiga stul qo'yib unga chiqib ovqatni qovurardim :D Bo'yim qozonga yetguncha shunday ovqat qilardim :D

Qayd etilgan


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 22:14:37

1 chi postimni 14 Avgust 2009, 01:42:12  da yozgan ekanman.

Unda hali yangi ekansiz menga o'xshagan.
Shuning uchun ham bo'lsa kerakda birgalashib 1-, 1- qilib yotibmiz ... :)

Sal yordam beraymi:

Siz 1- bo'lib shu kim 1- degan mavzuni ochgansiz (bu bir) va 1- bo'lib o'sha mavzuda 1- postni qoldirgansiz (bu ikki)...
:)  (Men esa, adashmasam 2- postni birinchi bo'lib qoldoirganganman )

on:
1- marta Ramazon ro 'zasining beqiyos mazasini totganim bu oxirgi 10 kunlikni Masjidul-Haromda o'tkazishga muvaffaqa bo'lgan damimga to'g'ri keladi.

Sizlardan ham ko'plar buni sinaganiga shubha qilmayman, sinamaganlarga esa, sinashni tavsiya qilaman, ayniqsa birodarlarga.
Sath(eng tepa etaj, faqat erkaklarga ruxsat beriladi u yerga)da o'qiladigan tarovih va tahajjud namozlari, sathdan turib tanaffuslarda Ka'ba atrofida suvdek oqib asal-aridek duoyu talbiya aytib aylanayotgan hojilarni kuzatish, Baytulloh salobatiga ko'z qadab to'yish...
Betakror lahzalar...

Qayd etilgan


asr  23 Oktyabr 2009, 22:21:19

Man birinchi ishlagan joyim bozor edi!!! Qo'qondegi optom

Qayd etilgan