Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306785 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 B


Mufazzala  04 Avgust 2012, 01:52:13

 :asl3:

Birinchi marta 12 yoshimda o'zim mustaqil osh qilgandim.
Bo'lib hamki uyimizda ishlayotgan ustalar uchun edi osh.
Onam sen narsalarni to'rg'ashtirib tur, 12 gacha o'zim kelib
oshni damlayman, deb bir joyga ish bilan ketgan va kech qolib
ketgan. Kutib-kutib oxiri o'zim tavakkal qilib oshni damlaganman.
Oshni ustalarga solib berib oshxona derazasidan qo'rqib nima deyisharkin
deb qarab turganim haliyam esimda.
Oshdan keyin usta tog'a "Qizim, ayangizdan ham shirin qilibsiz oshni",
deganida endi har kuni osh qilaman, degandim ichimda.

Qayd etilgan


Akbarjоn  04 Avgust 2012, 23:41:22

:as:

Birinchi martta osh qilganim meni ham esimda :)
2002 yilnung iyun oyi edi adashmasam, Abuturientlik vaqtlar, Toshkenti azimda me va bir sinfdoshimiz huvvilab yotgan kvartiradamiz, birinchi marta bunday holatda qolishim
o'rtog'im ham uyidan hech ajralmagan bo'la, ovqat pishirish tugul menimcha oshhonaga ham kirmagan bo'lsa kerak :)

Hulas, produkta bor, Osh qilaman dedim
O'zimcha fantaziya qilib oshga unadim, shu suv soladiga joyiga kelganda fantaziyamiz sustlik qilib qoldida, nima qilishimni bilmiyman, sinfdoshimdan maslaxat so'rasam guruchni ustida ikki enlik suv bo'lishi kerak oshni damlashdan oldin deb qoldi

ikki enlik bo'lsa mana deb suv quyvoribmizda :D

lekin osh rosa shirin chiqqandi, mazasi og'zimda qlgan haliyam, ammo oshdan ko'ra shovlaga ox'shab qolgandi o'shanda ;D

Qayd etilgan


Mufazzala  05 Avgust 2012, 02:34:49

 :asl3:

"Puli kuygan qirg'iz qalampir chaynabdi", deganlaridek
shovla bo'lsayam maqtab-maqtab yebsizlarda :)

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  05 Avgust 2012, 04:37:56

meni birinch marta kasha qilganim uydagilrdi esidan chiqmaydi. Tahmiman 1995 yillar edi shekilli, uyda ukam ikkovimiz qogandik bir kasha eymiz deb 1 litarcha sutni qozoncha ga solib ikki kishiga ikki chini kasha solibman, o'zimga ko'proq bo'sin deb yana uch to'rt qoshiq yana sovoribman, bir vaqt kasha tiqilib qotib qolyapti ustiga ozgina sut quydim qozoncha to'lib tiqilib qolo'vdi katta qozonga ag'darib yana sut quydim, hullas 5 litrlik idishdagi sut tugadi ahvol yana chatoq ustiga suv ham quyib tashadim, ohiri kotta qozonda kasha tayyoru. Butun mahallagd tarqatib qogani bir hafta eganmiz. Keyin bilsam 2 chini kasha tayyorlash uchun 2 qoshiq kifoya ekan :D

Qayd etilgan


Mufazzala  05 Avgust 2012, 04:43:16

 :asl3:

Masha kashani sizdan o'rganganakanda :)

Kichkinam shu seriyasini qayta-qayta ko'radi.

Qayd etilgan


Lu`lu`  05 Avgust 2012, 04:49:16

:asl3:

Masha kashani sizdan o'rganganakanda :)

Kichkinam shu seriyasini qayta-qayta ko'radi.

Манам биринчи пиширган таомим укам учун тайерлаган манний каша сди, демокчийдиму, "Уша Маша сиз скснсизда деманг деб узимни схтиетимни килдим ;)

Qayd etilgan


Maysara  09 Avgust 2012, 01:40:41

Balki köpchiliga kulgili tuyular, lekin man uchun juda g'aroyib hodisadir. Tuhumi uchun tovuq olib boqayotgandik bir tovuq kurk bölib qoldi, tuhumlar opkelib bostirdik. Negadir ishonmadim jöja chiqishiga. 20 kunda jöjalar chiqa boshladi, umrimda birinchi marta körishim haqiqiy jöjani, huddi multiklarday pushistik bölarkan, rostdan ham tuhumdan chiqar ekan! Mashaallah! 7 ta jöja onasini ichiga kirvagan, qanaqa sig'ishyapti hayronman?! Tag'in yetmaganday, göyo derazadan qaraganday onasini qanotidan faqat kallasini chiqarib qarab turishadi. Tomosha qilib töymaydi odam..

Qayd etilgan


BilmasOY  09 Avgust 2012, 13:51:51

meni birinch marta kasha qilganim uydagilrdi esidan chiqmaydi. Tahmiman 1995 yillar edi shekilli, uyda ukam ikkovimiz qogandik bir kasha eymiz deb 1 litarcha sutni qozoncha ga solib ikki kishiga ikki chini kasha solibman, o'zimga ko'proq bo'sin deb yana uch to'rt qoshiq yana sovoribman, bir vaqt kasha tiqilib qotib qolyapti ustiga ozgina sut quydim qozoncha to'lib tiqilib qolo'vdi katta qozonga ag'darib yana sut quydim, hullas 5 litrlik idishdagi sut tugadi ahvol yana chatoq ustiga suv ham quyib tashadim, ohiri kotta qozonda kasha tayyoru. Butun mahallagd tarqatib qogani bir hafta eganmiz. Keyin bilsam 2 chini kasha tayyorlash uchun 2 qoshiq kifoya ekan :D

 Men birinchi marta mastava pishirganimda xuddi shunga o'xshash vaziyat yuz bergandi :) bir kosa guruchni juda bir boshqacha ixlos bilan solganman... pishganidan keyin ne ko'z bilan ko'rayki qozonda mastavamas tuppa tuzuk shavla turibdi :3

Qayd etilgan


Sadulla  11 Oktyabr 2012, 10:50:54

 :asl3:

Birinchi marta paxta terib ko'rdim.O'ylaganimchalik oson ish emas ekan  :)

Qayd etilgan


_IYMONA_  15 Oktyabr 2012, 14:55:07

Birinchi marta farzandimni bag'rimga bosganimda qalbimni ajib bir tuyg'u egalladi...
Shunda o'zimni dunyodagi eng baxtli "ONA" hisobladim  : )
Onalik baxtini har bir qizga tilayman.

Qayd etilgan