O'g'lim birinchi marta "yoqtirgan qizi" haqida menga gapirib berganda
juda g'alati bo'ldim rosti. Yo xursand bo'lishni bilmadim yo hafa bo'lishni.
Ichimdan o'tgan, bu o'tkinchi va arzimas tuyg'uga o'ta berilib ketmasligini
unga aytolmadim. Balki meni tushunmas, deb andisha qildim.