Birinchi marta yoki birinchi....  ( 307188 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 B


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:07:28

birinchi marta tandir turadigan ayvonni o'zim mustaqil 10 yoshimda oqlaganman keyin ishim ko'zimga  chiroyli ko'rinib har safar yonidan o'tganimda qarab o'tardim

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:08:58

bolaligimda idish yuvishni yaxshi ko'rardimu lekin hecham toza yuvmas edim ayam indamey orqamdan o'zi tozalab yuvib kelardi birinchi marta 5 yoshimda ayam yuvgan idishlarimni qaytadan yuvmagan va mukofot tarzida yuppi olganman

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:11:08

birinchi marta alifboni 5 yoshimda o'rganganman ayam hozirdan o'rganib ol maktabda qiynalmesan deb butun harflarni erinmey o'rgatgan edi kiril alifbosida o'qish kitobini bexato o'qiy oladigan bo'lib 6 yoshimda maktabga borganimda .... birinchi marta lotin alifbosi joriy etilgan va hamma qatori "bilmasvoy" sifatida savodimni chiqarganman

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:11:53

birinchi chizgan rasmim yulduzcha edi

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:14:24

ziyouzga birinchi marta Nokia 2690 telimdan kirgandim oradan bir oy ham o'tmay uni o'g'irlatganman

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:15:39

Ziyouzda birinchi o'qigan postim Nodi ning muhabbat mavzusida dugonasiga yozgan posti edi keyin bu mavzuni qaytib topa olmadim

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:17:11

Ziyouzga birinchi a'zo bo'lganimda Davronbek Tojialiyevni forum adminstratori sifatida bilganman keyinchalik  AbdulAzizni postlarini o'qib bu forumning admini 2 ta ekanku deb o'ylagan edim

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:18:37

Forumda birinchi marta Kapalak rahmat aytdi jumlasini o'qib tushuna olmay, hayron bo'lganman qande qilib kapalak rahmat aytadi deb keyin bilsam bu o'zimizning kapalak opa ekan

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:19:13

birinchi postimga javobni Belle qizchadan olgandim Sami yusuf mavzusiga

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Aprel 2013, 10:20:33

ziyouz oshxonasida olgan maslahat va tavsiyalar asosida birinchi marta uyda mustaqil duxovkada qilgan nonlarim yumshoq chiqqan

Qayd etilgan