Muallif Mavzu: Birinchi marta yoki birinchi....  ( 167261 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #75 : 01 Noyabr 2009, 19:23:16 »
Kecha Afifaxonni bergan linklaridan birinchi marta Quroni Karim tarjimasini Afzal Rafiqovni ovozlaridan tingladim. Menga juda ta'sir qildi. Keyin Afzal akamizni ovozlarini eshitishim bilan birdaniga "Mahabhorat" esimga tushib ketdi : )
İnsonni hofizasi hech narsani unutmaydi, yillar oldin bu serialda Afzal akamizni ovozlari miyyamga yod bo'lib qolgan ekan...
Alloh u kishidan rozi bo'lsin, eshitmaganlarga ham tavsiya etaman....

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #76 : 01 Noyabr 2009, 21:12:20 »
Bugun Ziyouz yigitlari birinchi marta forumlararo futbol musobaqasiga qatnashishibdi. Birinchi marta bo'lishiga qaramay, eng asosiysi 4 kishi bo'lishlariga qaramay  : ) yaxshi natijalarni qo'lga kiritishibdi. Bundan keyingi o'yinlarda forumimizga yana ham ko'p futbolchi va yana ko'p go'l tilab qolaman : )

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #77 : 03 Noyabr 2009, 15:03:40 »
Bugun (to'g'rirog'i kecha oqshomdan boshlanib, bugun tugallangan) birinchi marta qovoq totlisi pishirdim : )

Turkchada "balkabag'ı" deyishadi. Rostdan ham bol-bol : )

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #78 : 07 Noyabr 2009, 01:37:55 »
Maktabda 4 sinfdaligimizda nimagadur ukol qilishgan hammaga.
O'shanda 1 marta hushimdan ketganman  :D

Shu shu o'zimni qonimni ko'rsam hushimdan ketadigan odat chiqarvoganman.  ;D

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #79 : 07 Noyabr 2009, 01:47:22 »
Birinchi marta maktabga 6 yoshimda, lekin tengdoshlarimdan kechroq, 1987 yilning 25 oktyabrida borgandim... (Tengdoshlarim o'qishni 1 sentyabrdan boshlashgan)... Keyin, sinfga kiriboq, o'qituvchiga salom ham bermasdan, qayerga o'tiray, degan edim... shunda mening mehribon o'qituvchim Ulfatoy opa, "o'glim, sinf xonasiga boshqattan kiring", - deb chiqarib yuborganlar... Shundan beri, qayerga kirsam ham, albatta salom berib kiraman... :-)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #80 : 08 Noyabr 2009, 12:29:28 »
Bugun nimagadir yarim kechasi esimga tushib ketdi bu voqea...

1 chi kursda hayotimda 1 chi marta "o'ldiraman seni" degan tahdit olgan edim.
Voqea shunday bo'lgandi. Uzoq-yaqin qishloqlardan kelgan qizlar asosan yotoqxonalarda qolardik. Chilonzordan Nizomiyga tramvayda kelib-ketardik. Bir kun qizlardan bir nechtasining sumkasini, paketini yon kesar kesib ketibdi. Hammani ichiga g'ulg'ula tushdi. Oson emas, o'zi bir amallab shaharga o'qishga kelgan, ota-onasi bergan pulini o'g'riga "yem" qilsinmi?

Yana bir kun ertalab soat 08.00larda tramvayda ketayabmiz, tiqilinch...Qizlar bir-birini pinjiga suqilgan. Birdan uzun bo'yli, gavdali bir odamning olazarak qarashlarini his qildim. Qiziquvchan emasmanmi, darrov sezdim, u ham usta psixolog, darrov menga qaradi, hatto menga qarashdan oldin qizlardan birining paketini kesib ulgurgandi. Oramizda 2-3 yo'lovchi bor edi. Menga hech kimsa sezdirmay, qo'lidagi lezviyasini ko'rsatdi, qarashlaridan "agar ovozingni chiqarsang, seni o'ldiraman" deganini his qildim. Damim ichimga tushib ketdi. Oradan 2 bekat o'tdi, o'g'ri tushib ketdi. Biz ham qizlar bilan 5-6 bekatdan keyin tushdik. Shunday qarasam, meni qo'limdagi paketim ham kattaaa qilib kesilgan:( Qizlardan bazilarini ham sumkalari kesilgan, bazilari yig'lamsiray boshladi....O'sha kuni hayotimda birinchi marta yonimdagilarga yordam bera olmaganim uchun qattiq hafa bo'lganman...

Mr.Twister

  • Mehmon
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #81 : 08 Noyabr 2009, 18:36:02 »
Imtihonda birinchi yozgan harfim "J" bo`lgan Jo`rayev Erkinni birinchi harfi

Mr.Twister

  • Mehmon
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #82 : 08 Noyabr 2009, 18:37:04 »
Universitetga kelgan guruhimizning birinchi talabasi ham men bo`lganman...

Mr.Twister

  • Mehmon
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #83 : 08 Noyabr 2009, 18:39:24 »
Bugungi o`yinda ziyouz darvozasiga kiritilgan birinchi golni ham men o`tkazib yubordim.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #84 : 08 Noyabr 2009, 18:42:53 »
Man birinchi marta 1987 16 fevralda tug'ilgan ekanman! ;D
Uzr agar off-top busa!

Sizday bola 1 chi marta shu tarixda dunyoga kelgan ekan-da:)

Har bir inson bir-biridan tamoman farq qilishini ilm-fan isbot etdi, har qancha bir-biriga o'hshaydi, desak ham.

Eng oddiy misol- Bosh barmoqdagi izlar butun dunyodagi insonlarda boshqa-boshqacha ekan... Otalarimiz bosh barmoqqa bo'yoq to'kib "imzo olishganda" qanchalar haq ekanlar aslida...

Ziyovuddin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3510
  • -oldi: 813
  • Xabarlar: 685
  • Jins: Erkak
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #85 : 09 Noyabr 2009, 11:18:12 »
Birinchi qor bilan!  :1

lolo

  • Mehmon
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #86 : 09 Noyabr 2009, 19:01:17 »
Ha, qor yog'di toshkentda! Balki boshqa joyladayam yoqqandir?! Lekin juda sovuq bo'lyapti, o'ziyam. Yoki to'sattan bo'lganiga o'rganish qiyin bo'vatganmikin?!

Muvahhid

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 679
  • -oldi: 249
  • Xabarlar: 72
  • Jins: Erkak
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #87 : 09 Noyabr 2009, 20:24:55 »
Assalomu alaykum ! Juda ham yaxshi mavzu ekan, ozroq "nostalgiya" mavjuddek unda... Mavzuni nomini o'qiganimdayoq hayolimga BIRINCHI quyidagi xotira keldi, negadir :

Birinchi marta Futbolga 1986 yilda Meksikada bo'lgan Jahon Chempionatidan boshlab qiziqa boshlaganman, ushanda roppa-rosa 10 yoshda edim. Sobiq SSSR terma jamoasiga muhlislik qilganman. Juda ham kuchli jamoa edi. Komanda tarkibidagi o'yinchilarni nomi va raqamlari haligacha yodimda.

SSSR terma jamoasi Belgiyaga 3-4 hisobida engilganda menga juda ham alam qilgan ( butun o'yin davomida Shvetsiyalik sud'ya Belgiyaga yon bosgan edi), chunki bu meni futbol ishqibozi sifatidagi BIRINCHI mag'lubiyatim bo'lgan...

Usha Jahon Chempionatida men BIRINCHI marta Maradonani taniganman...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19277
  • Jins: Ayol
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #88 : 09 Noyabr 2009, 20:52:53 »
Men ham 1 chi marta futbolist sifatida Maradonani tanigandim:)

Narkotik modda qo'llana boshlaganda esa rosa hafa bo'lganman, yig'lagan bo'lishim aniq, chunki suvli ko'zman:)

Lekin xozir ancha yaxshi bo'ldi, hatto trener deb eshitgandim bir yerda.

Ha inson bolasi ko'tara olmaydigan narsalardan biri ham : SHUHRAT!

Nоdirbek

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 503
  • -oldi: 838
  • Xabarlar: 471
  • Jins: Erkak
  • ...
    • Adobe Photoshop darslari, o'zbek tilida
Re: Birinchi marta yoki birinchi....
« Javob #89 : 09 Noyabr 2009, 22:47:01 »
Birinchi marta moshina minganimda moshina minishni o'rgatgan kishi rosa qo'rqqan o'shanda, rosa qo'rqtigandim-da (:

 

Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 180
Ko'rilgan: 62758
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:16:57
muallifi AbdulAziz
Ta'zimlarim sizga, mening birinchi muallimim!

Muallif ZiyoBo'lim Umumiy

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 16246
So'nggi javob 01 Oktyabr 2009, 12:23:20
muallifi Ansora
Tohir Malik. Shaytanat (birinchi kitob)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 506
Ko'rilgan: 210178
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:52:04
muallifi AbdulAziz
Forumda birinchi bo'lib kim bilan tanishgansiz?

Muallif AsalBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 74
Ko'rilgan: 31320
So'nggi javob 25 Dekabr 2012, 13:37:43
muallifi Ansora
Birinchi taomlar.

Muallif RukhiyaBo'lim Suyuq taomlar

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 9174
So'nggi javob 21 Yanvar 2012, 10:54:43
muallifi Ansora