Birinchi marta yoki birinchi....  ( 219799 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 66 B


Ansora  08 Noyabr 2009, 12:29:28

Bugun nimagadir yarim kechasi esimga tushib ketdi bu voqea...

1 chi kursda hayotimda 1 chi marta "o'ldiraman seni" degan tahdit olgan edim.
Voqea shunday bo'lgandi. Uzoq-yaqin qishloqlardan kelgan qizlar asosan yotoqxonalarda qolardik. Chilonzordan Nizomiyga tramvayda kelib-ketardik. Bir kun qizlardan bir nechtasining sumkasini, paketini yon kesar kesib ketibdi. Hammani ichiga g'ulg'ula tushdi. Oson emas, o'zi bir amallab shaharga o'qishga kelgan, ota-onasi bergan pulini o'g'riga "yem" qilsinmi?

Yana bir kun ertalab soat 08.00larda tramvayda ketayabmiz, tiqilinch...Qizlar bir-birini pinjiga suqilgan. Birdan uzun bo'yli, gavdali bir odamning olazarak qarashlarini his qildim. Qiziquvchan emasmanmi, darrov sezdim, u ham usta psixolog, darrov menga qaradi, hatto menga qarashdan oldin qizlardan birining paketini kesib ulgurgandi. Oramizda 2-3 yo'lovchi bor edi. Menga hech kimsa sezdirmay, qo'lidagi lezviyasini ko'rsatdi, qarashlaridan "agar ovozingni chiqarsang, seni o'ldiraman" deganini his qildim. Damim ichimga tushib ketdi. Oradan 2 bekat o'tdi, o'g'ri tushib ketdi. Biz ham qizlar bilan 5-6 bekatdan keyin tushdik. Shunday qarasam, meni qo'limdagi paketim ham kattaaa qilib kesilgan:( Qizlardan bazilarini ham sumkalari kesilgan, bazilari yig'lamsiray boshladi....O'sha kuni hayotimda birinchi marta yonimdagilarga yordam bera olmaganim uchun qattiq hafa bo'lganman...

Qayd etilgan


Mr.Twister  08 Noyabr 2009, 18:36:02

Imtihonda birinchi yozgan harfim "J" bo`lgan Jo`rayev Erkinni birinchi harfi

Qayd etilgan


Mr.Twister  08 Noyabr 2009, 18:37:04

Universitetga kelgan guruhimizning birinchi talabasi ham men bo`lganman...

Qayd etilgan


Mr.Twister  08 Noyabr 2009, 18:39:24

Bugungi o`yinda ziyouz darvozasiga kiritilgan birinchi golni ham men o`tkazib yubordim.

Qayd etilgan


Ansora  08 Noyabr 2009, 18:42:53

Man birinchi marta 1987 16 fevralda tug'ilgan ekanman! ;D
Uzr agar off-top busa!

Sizday bola 1 chi marta shu tarixda dunyoga kelgan ekan-da:)

Har bir inson bir-biridan tamoman farq qilishini ilm-fan isbot etdi, har qancha bir-biriga o'hshaydi, desak ham.

Eng oddiy misol- Bosh barmoqdagi izlar butun dunyodagi insonlarda boshqa-boshqacha ekan... Otalarimiz bosh barmoqqa bo'yoq to'kib "imzo olishganda" qanchalar haq ekanlar aslida...

Qayd etilgan


Ziyovuddin  09 Noyabr 2009, 11:18:12

Birinchi qor bilan!  :1

Qayd etilgan


lolo  09 Noyabr 2009, 19:01:17

Ha, qor yog'di toshkentda! Balki boshqa joyladayam yoqqandir?! Lekin juda sovuq bo'lyapti, o'ziyam. Yoki to'sattan bo'lganiga o'rganish qiyin bo'vatganmikin?!

Qayd etilgan


Muvahhid  09 Noyabr 2009, 20:24:55

Assalomu alaykum ! Juda ham yaxshi mavzu ekan, ozroq "nostalgiya" mavjuddek unda... Mavzuni nomini o'qiganimdayoq hayolimga BIRINCHI quyidagi xotira keldi, negadir :

Birinchi marta Futbolga 1986 yilda Meksikada bo'lgan Jahon Chempionatidan boshlab qiziqa boshlaganman, ushanda roppa-rosa 10 yoshda edim. Sobiq SSSR terma jamoasiga muhlislik qilganman. Juda ham kuchli jamoa edi. Komanda tarkibidagi o'yinchilarni nomi va raqamlari haligacha yodimda.

SSSR terma jamoasi Belgiyaga 3-4 hisobida engilganda menga juda ham alam qilgan ( butun o'yin davomida Shvetsiyalik sud'ya Belgiyaga yon bosgan edi), chunki bu meni futbol ishqibozi sifatidagi BIRINCHI mag'lubiyatim bo'lgan...

Usha Jahon Chempionatida men BIRINCHI marta Maradonani taniganman...

Qayd etilgan


Ansora  09 Noyabr 2009, 20:52:53

Men ham 1 chi marta futbolist sifatida Maradonani tanigandim:)

Narkotik modda qo'llana boshlaganda esa rosa hafa bo'lganman, yig'lagan bo'lishim aniq, chunki suvli ko'zman:)

Lekin xozir ancha yaxshi bo'ldi, hatto trener deb eshitgandim bir yerda.

Ha inson bolasi ko'tara olmaydigan narsalardan biri ham : SHUHRAT!

Qayd etilgan


Nоdirbek  09 Noyabr 2009, 22:47:01

Birinchi marta moshina minganimda moshina minishni o'rgatgan kishi rosa qo'rqqan o'shanda, rosa qo'rqtigandim-da (:

Qayd etilgan