1 chi marta ayam meni Quron o'rgansin deb, 7 yoshimda sinfdoshimni ayasiga jo'natgandilar. Lekin ko'p o'tmay ular ko'chib ketishgandi, sababini hech bila olmadik.
Ayam hech kimga aytmagin, deb tayinlagandilar, chunki hali u paytlar Mustaqil emasdik.
Sinf rahbarimiz oilamizni yaqindan taniydigan Fotima opa edilar. Bolaman-da o'qituvchimizni yoniga bordim bir kun: "Fotima opa, dedim, men Arapcha o'rganyapman, bu mumkinmasmi:)
Fotima opa bechora rosa qo'rqib ketgandilar, "menga aytding, boshqa hech kimga aytma", deb tayinlagandilar.