Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306532 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 66 B


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 23:04:24

Bu kim birinchi? mavzusini, endi kim birinchi bo'lib, yozmay tashlab ketadi, o'rtoq birinchilar?
Zerikkanda yozadiganu, ammo sira oxiri ko'rinmaydigan mavzu ekan...

on:
Birinchi marta o'zimcha romanini ham bir o'qib quyaylik deb o'qiganimda 2- yoki 3- sinfda edim. Maktabga bormasdanoq hijjam chiqqani uchun, ravon o'qirdium.
Oti yodimda yo'g'u, lekin qahramonlaridan birining ismi Yulduz edi (va keyin eslashimcha u ishq-muhabbat haqidagi roman edi). Hali bunaqa jiddiy mazmundagi kitobni tushunish darajasida bo'lmaganim va yana qishlog'imizda birorta ham Yulduz ismli insonni uchratmaganim uchun, kitobda yulduz dialoglarda qatnashsa, osmondagi yulduzni gapirayapti deb o'ylaganman...  ;D

Keyinchalik (hozir ham) shuni eslasam doim kulgim qistaydi...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  23 Oktyabr 2009, 23:12:57

Mening binchi o'qituvchim
Fotima opa edilar.

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 23:50:38

1 chi marta shampunni Universitetga kirganimda ishlatganman : )
undan oldin qatiq, sovun ishlatardik, lekin sochimiz yanayam sog'lom edi.
Baribir ximikat ximikat-da...

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 23:53:03

Hayotimda 1 chi marta Xurmoni 9-10 yoshlarimda Toshkentga amakimlarnikiga kelganimda yeganman. Lekin hech yoqmagan. Shakli pomidroga o'hshagani uchun balki shirin bo'lishi birdan g'alati kelgan bo'lsa kerak. Xozir rosa yaxshi ko'raman. Ayniqsa tarkibida yod borligini bilganimdan keyin yanham ko'proq yeyishga harakat qilaman : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Oktyabr 2009, 23:54:37

1 chi marta internet bilan 1999 chi yilda tanishganman. Dugonam meni ismimda hotmail adresimni ochgan edi : )
Hotmailimni shu kundan beri ishlataman...

Qayd etilgan


Mas'ud  24 Oktyabr 2009, 01:46:45

Birinchi yodlagan suram - Fotiha surasi... 4,5 - 5 yosligimda yodlagan ekanman...

Birinchi o'qituvchim - onajonim....

Maktabdagi birinchi o'qituvchim esa  - Ulfatoy opa... Alloh rozi bo'lsin ulardan, juda mehribon insonlar...

Birinchi o'qigan o'zbekcha kitobim  -Mirmuhsinning "Ildizlar va yaproqlar" asari... Adashmasam, 9 yoshimda o'qigan edim... :-)

Chet el adabiyotidan birinchi o'qigan asarim esa - Aleksandr Dyumaning 2 tomlik "Graf Monte Kristo" kitobi

Birinchi yodlagan she'rim - Abdulla Oripovning "Globus" she'ri edi... 5 yoshligimda yodlagan...uzuuuuun she'r edi... :-)

Birinchi olgan ish haqim - ukam bilan 10 yoshimda bog'da o'rik terib olingan :-)

Hayotda erishgan ilk muvaffaqiyatim - 14 yoshimda Matematika fanidan Respublika olimpiadasida 3 o'rinni qo'lga kiritganim...

Birinchi yozgan she'rim esa... adashmasam, "Kimnidir o'ylayman..." deb nomlanadi... 1998-1999 yillarda yozilgan bo'lsa kerak

Birinchi talabalik xissini esa 16 yoshimda -1997 yili xis qilganman... :-)

Birinchi mualliflik ilmiy maqolam - 2006 yilda "Bozor, pul va kredit" jurnalida chop etilgan

Birinchi tutgan telefonim - Motorola rusumida edi

Birinchi mingan mashinam - Zaporojets

Birinchi chalgan musiqam - rubobda "Andijon polkasi"... 12-13 yoshda edim, adashmasam...

Birinchi do'stlashgan o'rtog'im - Baxtiyor... 6 yoshda do'stlashgandik...Hozirgacha juda inoq do'stmiz...

Birinchi o'rgangan o'yinim - shaxmat... 6 yoshimda o'rganganman... Hozirgacha, bo'sh vaqtimda o'ynab turaman...

Birinchi organishni boshlagan chet tilim - rus tili... 1987 yildan boshlab...(aslida u paytda chet tili sanalmas edi)...

Birinchi yoqtirgan qizim  - sinfdoshim Kumush... :-)

Birinchi bor kompyuter saboqlarini maktabda - Pravets rusumli kompyuterdan boshlangan...

Birinchi tushgan rasmim - 3 oyligimda tushilgan ekan ... Hozirda ham menda o'sha rasm mavjud,..
 
yana bunaqa "birinchi"larni ancha davom etish mumkin-ku...lekin ko'p narsa esimga kelmayapti ... :-)... Hozircha mana shu


Qayd etilgan


G_u_l_i  24 Oktyabr 2009, 06:32:43

    :as:
     Mavzuni o'qib birinchi marta ovqat qilganim esimga tushdi :) Birinchi marta kartoshka qovurgandim, ayam o'rgatib turgandilar. U paytda bo'yim qozonga yetmasdi. Oyoqlarim tagiga stul qo'yib unga chiqib ovqatni qovurardim :D Bo'yim qozonga yetguncha shunday ovqat qilardim :D
Meniyam birinchi marta ovqat qilganim esimga tushib ketti, honim qilmoqchiydim, afsus hamir yoyganda orasiga un sepish esimdan chiqib qolgan, :D :D :D
Birinchi maoshni esa yaqindagina oldim.Summasini yozmay."Ko`z tegib" qoladi :D :D :D
Birinchi o`qigan islomga oid kitobim, turk yozuvchisining romani edi, "Qaynona". Judayam boshqacha ta`sir qilgan.Shu kitobni menga o`qishga bergan birodarimizdan Alloh rozi bo`lsin.

Qayd etilgan


siddiqa  24 Oktyabr 2009, 08:26:35

 :as:

ha birinchi bo'lgan narsalar qadrlimi deyman  :o

birinchi martta qo'shnimiz Ozodni boshini 2 sinfligimda yorib qo'yganman . :D

birinchi o'qigan asarim P.Qodirov yulduzli tunlar ......
birinchi martta meni kasal qilib qo'ygan ,Tinmay yig'latgan asar S.Ahmad Ufq.(7 sinfda)

hayotimni o'zgartirishga aaaancha sabab bo'lgan birinchi asar A.Lutfiy Qozonchi .Saodat asri qissalari .
  
ha ........bir oycha oldin birinchi martta unversitetdan gruppavoy haydashmoqchi bo'lishgan .......... ;) ;) ;) ;) ;) ;)
Afruzani qo'rqib ketgani  esiga tushib ketdi ....... ;)

Qayd etilgan


siddiqa  24 Oktyabr 2009, 08:29:02

birinchi bor azo bo'lgan forumim shu forum qadrlisi ham .

Qayd etilgan


Afruza  24 Oktyabr 2009, 09:08:49

Birinchi marta mustaqil hufton namozini o'qigandim
Ziyouz - birinchi a'zo bo'lgan forumim.
Birinchi pishirgan ovqatim tuzsiz moshho'rda bo'lgan.
Universitetga birinchi bo'lib talaba sifatida kirib kelganimda darvozadan "bismillo" deb kirganim...
Birinchi maoshim
Birinchi marta o'quvchimdan olgan sovg'am... Barchasi menga qadrli.
Eh....bu birinchilar.... hayolimga eslashni hohlamagan birinchilarim ham keldi. Bular ham birinchi, ham ohirgisi bo'lsin

Qayd etilgan