Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306692 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 66 B


Ansora  24 Oktyabr 2009, 13:30:51

1 chi Maqtov yorlig'imni 1 chi sinfda olganman....

Xozir Maqtov yorlig'i bor-mi bilmadim.

Shu o'rinda bir narsa esimga tushib ketdi. Singlim Nargiza 4 chi sinfda o'qirdi, undan keyingi singlim Nafisa esa 2 chi sinfda. Ohirgi qo'ng'iroqda hammaga "Maqtov yorlig'i tarqatishar ekan", Nargizani ismini Nafisa, deb o'qib yuborishdi,familya bir hil,  birdan singlim Nafisa yugirib chiqib, Maqtov yorlig'ini olgandi : ) Nargiz bechora rosa yig'lagandi. Haligacha Napini ustidan kulaman, "Maqtov yorlig'ini ohhh, deb bag'ingga bosgansan", deb :7

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2009, 13:45:37

Oilamizda akam 1 chi farzand va 1 chi o'g'il, men esa qizlarni 1 chisiman...

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2009, 14:47:54

Jokey Frank Hayes , 1953 yilda ot musobaqasiga qatnashayotgan paytida yurak hurujidan o'ladi. Lekin oti musobaqadan to'htamaydi va ustidagi egasining jasadi bilan musobaqani birinchilik bilan bitiradi.
Hayes-ot musobaqalarida o'lik holda 1 chi bo'lgan birinchi va ohirgi jokeydir....



Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  24 Oktyabr 2009, 15:01:00

Биринчи марта уйдан узокка чикишим 9-синфда булган. Андижон-Душанбе поезди билан. водийга. Лоездга хам биринчи чикишим булган.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  24 Oktyabr 2009, 15:02:26

Биринчи ишлаб топган пулим хам 9-синфда булган. Лахта пулига костюм шим сотиб олганман узим. Жуда кадрли булган :))..
факат подбор тергандик.. черт.. кулларни дабдала килиб...

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  24 Oktyabr 2009, 15:06:44

Тошкентга биринчи марта келганимда кариндошим бозордан банан олиб берган (биринчи банан ейишим) :))
с шуми банани, пишмаган (хомак) ковунга ухшарканку деганман :)))

Qayd etilgan


Shokirbek  24 Oktyabr 2009, 15:07:39

Birinchilarni ko'p sanash mumkin. Men uchun eng qadrli birinchilardan biri - birinchi bor Abdulhakim qori dada bilan 1977 yilda uchrashganman. Uyimizga kelganlarida qo'llariga suv quyib turganman, shunda yaxshilab duo qilganlari esimda.


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  24 Oktyabr 2009, 15:10:27

Онам биринчи ойлигингдан пайпок (носки) олиб берасан дерди доим. Онама-онам...бутун топганим, жону-жаҳоним сизники бслсин!

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2009, 15:14:49

Men uyga 1 chi oyligimdan non ham olib borgandim. Ayam bilan dadam uzundan uzun duo qilishgandi. Ayam nonni ko'zlariga surtib, sindirgandilar. Jiyanim Habibulloh buni ko'rib turgan ekan. Endigina 3-4 yoshlarda edi. Duolardan biroz o'tgandan keyin dasturhondagi nondan bir burda olibdi-da ayamni yonlariga olib borib: "Buva buni sizga olib keldim", degan ekan....Bola bo'lsa ham buvisini nima uchun duo qilganini tushunibdi shumtaka : )
Ayam rosa ta'sirlangandilar....jiyanimga ham uzundan uzun duo qilgandilar....

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2009, 15:18:38

Bugun Turkiyada 1 chi marta "qaynatma sho'rva" qilyabman.

Sho'rvaga marhamat forumdoshlar  : )

Qayd etilgan