Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306671 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 66 B


Shuhrat_88  25 Oktyabr 2009, 00:37:51

Салом,  Манда биринчи муҳаббат бслган. Лекин у армонли скун топган. Чунки ман шаҳарлик қизни севиб қолганман. Мани сзим сса қишлоқи йигитман. Манга айтингларчи дсстларим, нима шаҳарлик қизлар биринчи муҳаббатни тушунмайдими? Уларда юрак ёқми, Ахир ман шаҳарлик қизни севдим, айбим нима қишлоқданлигимми. Ахир у мани биринчи муҳаббатим сдику, Дсстларим жавоб беринглар.

Qayd etilgan


Ulugbek75  25 Oktyabr 2009, 09:45:00

Birinchi yodlagan suram - Fotiha surasi... 4,5 - 5 yosligimda yodlagan ekanman...

Birinchi o'qituvchim - onajonim....

Maktabdagi birinchi o'qituvchim esa  - Ulfatoy opa... Alloh rozi bo'lsin ulardan, juda mehribon insonlar...

Birinchi o'qigan o'zbekcha kitobim  -Mirmuhsinning "Ildizlar va yaproqlar" asari... Adashmasam, 9 yoshimda o'qigan edim... :-)

Chet el adabiyotidan birinchi o'qigan asarim esa - Aleksandr Dyumaning 2 tomlik "Graf Monte Kristo" kitobi

Birinchi yodlagan she'rim - Abdulla Oripovning "Globus" she'ri edi... 5 yoshligimda yodlagan...uzuuuuun she'r edi... :-)

Birinchi olgan ish haqim - ukam bilan 10 yoshimda bog'da o'rik terib olingan :-)

Hayotda erishgan ilk muvaffaqiyatim - 14 yoshimda Matematika fanidan Respublika olimpiadasida 3 o'rinni qo'lga kiritganim...

Birinchi yozgan she'rim esa... adashmasam, "Kimnidir o'ylayman..." deb nomlanadi... 1998-1999 yillarda yozilgan bo'lsa kerak

Birinchi talabalik xissini esa 16 yoshimda -1997 yili xis qilganman... :-)

Birinchi mualliflik ilmiy maqolam - 2006 yilda "Bozor, pul va kredit" jurnalida chop etilgan

Birinchi tutgan telefonim - Motorola rusumida edi

Birinchi mingan mashinam - Zaporojets

Birinchi chalgan musiqam - rubobda "Andijon polkasi"... 12-13 yoshda edim, adashmasam...

Birinchi do'stlashgan o'rtog'im - Baxtiyor... 6 yoshda do'stlashgandik...Hozirgacha juda inoq do'stmiz...

Birinchi o'rgangan o'yinim - shaxmat... 6 yoshimda o'rganganman... Hozirgacha, bo'sh vaqtimda o'ynab turaman...

Birinchi organishni boshlagan chet tilim - rus tili... 1987 yildan boshlab...(aslida u paytda chet tili sanalmas edi)...

Birinchi yoqtirgan qizim  - sinfdoshim Kumush... :-)

Birinchi bor kompyuter saboqlarini maktabda - Pravets rusumli kompyuterdan boshlangan...

Birinchi tushgan rasmim - 3 oyligimda tushilgan ekan ... Hozirda ham menda o'sha rasm mavjud,..
 
yana bunaqa "birinchi"larni ancha davom etish mumkin-ku...lekin ko'p narsa esimga kelmayapti ... :-)... Hozircha mana shu



Quvonch baxsh etuvchi malumotlar...

Allohim Siz kabi hayotlarini jiddiy tarzda o'tkazadigan yigitlarimizni ziyoda qilsin!

on:
Birinchi o'rgangan chet tillarim forscha va arabcha bo'lgan.
Chet elga birinchi bor ilm talabi uchun chiqqanimda 21 yoshda bo'lgan ekanman.
Birinchi o'qituvchilik qilganim doktarantura talabasi bo'lgan davrimga to'g'ri keladi.
Birinchi ilmiy maqolam 2005 yilda, ilmiy majalla yuzini ko'rgan.
Birinchi nashrdan chiqqan kitobim (bira to'la ikkita) esa 2008 yil boshida o'quvchilar va tanqidchilar qo'liga tekkan.
Birinchi uchratganim va unda mixlanib qolganim forum bu Tarvuziston.

ps. Mas'ud, Szini nega Tarvuz LBsida kamnamo desam, yangi hovliga ko'chib o'tgan ekansizdaa ... :)

Qayd etilgan


_NOSTRA_  25 Oktyabr 2009, 11:02:14

Birinchi marta sotoviy telefoni 2006-yilda  dadam olib berishgandi markasi siemens c60

Qayd etilgan


_NOSTRA_  25 Oktyabr 2009, 11:24:07

Man birinchi ishlagan joyim bozor edi!!! Qo'qondegi optom
Mani ham birinchi ish joyim Qo'qonda optom bozor E'ron qatordagi paynet dan boshlangan va birinchi oylikni shu yerdan olganman.)

Qayd etilgan


Ansora  25 Oktyabr 2009, 12:40:26

1 chi maqolam-"Navro'z" edi....

Qayd etilgan


Ansora  25 Oktyabr 2009, 20:54:16

1 chi olgan stipendiyamga shokolad olib to'yib yeganman  : )
1 chi kursning boshlarida ovqat yeyish o'rniga Parkentlik dugonam bilan tushlikda muzqaymoq yer edik : ), bir kuni ikkalamizni ham oshqozonimiz og'riy boshladi, lekin tashladik bu odatni : )

Qayd etilgan


Ansora  25 Oktyabr 2009, 20:57:45

1 chi bo'lib Ulugbek-Uz'ni tanigandim, endi esa Ulugbek75 akamizni tanidik : )

Qayd etilgan


Ansora  25 Oktyabr 2009, 20:59:28

Bunaqasini 1 chi marta ko'rishim:  : )


Robiya  20:58:15 Yashirin foydalanuvchi. Ko'rish mumkin emas.   : )

Qayd etilgan


siddiqa  26 Oktyabr 2009, 02:34:35

bugun birinchi martta onamdan qon bosimni o'lchashni o'rgandim  :5

va onajonim birinchi martta meni shifokor qilmaganliklariga shukr qildilar  ;) ;) ;) ;)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Oktyabr 2009, 14:10:41

Kecha manam forumdoshlarim bilan birinchi martta diydorlashdim!

Qayd etilgan