Birinchi yodlagan suram - Fotiha surasi... 4,5 - 5 yosligimda yodlagan ekanman...
Birinchi o'qituvchim - onajonim....
Maktabdagi birinchi o'qituvchim esa - Ulfatoy opa... Alloh rozi bo'lsin ulardan, juda mehribon insonlar...
Birinchi o'qigan o'zbekcha kitobim -Mirmuhsinning "Ildizlar va yaproqlar" asari... Adashmasam, 9 yoshimda o'qigan edim... :-)
Chet el adabiyotidan birinchi o'qigan asarim esa - Aleksandr Dyumaning 2 tomlik "Graf Monte Kristo" kitobi
Birinchi yodlagan she'rim - Abdulla Oripovning "Globus" she'ri edi... 5 yoshligimda yodlagan...uzuuuuun she'r edi... :-)
Birinchi olgan ish haqim - ukam bilan 10 yoshimda bog'da o'rik terib olingan :-)
Hayotda erishgan ilk muvaffaqiyatim - 14 yoshimda Matematika fanidan Respublika olimpiadasida 3 o'rinni qo'lga kiritganim...
Birinchi yozgan she'rim esa... adashmasam, "Kimnidir o'ylayman..." deb nomlanadi... 1998-1999 yillarda yozilgan bo'lsa kerak
Birinchi talabalik xissini esa 16 yoshimda -1997 yili xis qilganman... :-)
Birinchi mualliflik ilmiy maqolam - 2006 yilda "Bozor, pul va kredit" jurnalida chop etilgan
Birinchi tutgan telefonim - Motorola rusumida edi
Birinchi mingan mashinam - Zaporojets
Birinchi chalgan musiqam - rubobda "Andijon polkasi"... 12-13 yoshda edim, adashmasam...
Birinchi do'stlashgan o'rtog'im - Baxtiyor... 6 yoshda do'stlashgandik...Hozirgacha juda inoq do'stmiz...
Birinchi o'rgangan o'yinim - shaxmat... 6 yoshimda o'rganganman... Hozirgacha, bo'sh vaqtimda o'ynab turaman...
Birinchi organishni boshlagan chet tilim - rus tili... 1987 yildan boshlab...(aslida u paytda chet tili sanalmas edi)...
Birinchi yoqtirgan qizim - sinfdoshim Kumush... :-)
Birinchi bor kompyuter saboqlarini maktabda - Pravets rusumli kompyuterdan boshlangan...
Birinchi tushgan rasmim - 3 oyligimda tushilgan ekan ... Hozirda ham menda o'sha rasm mavjud,..
yana bunaqa "birinchi"larni ancha davom etish mumkin-ku...lekin ko'p narsa esimga kelmayapti ... :-)... Hozircha mana shu
Quvonch baxsh etuvchi malumotlar...
Allohim Siz kabi hayotlarini jiddiy tarzda o'tkazadigan yigitlarimizni ziyoda qilsin!
on:
Birinchi o'rgangan chet tillarim forscha va arabcha bo'lgan.
Chet elga birinchi bor ilm talabi uchun chiqqanimda 21 yoshda bo'lgan ekanman.
Birinchi o'qituvchilik qilganim doktarantura talabasi bo'lgan davrimga to'g'ri keladi.
Birinchi ilmiy maqolam 2005 yilda, ilmiy majalla yuzini ko'rgan.
Birinchi nashrdan chiqqan kitobim (bira to'la ikkita) esa 2008 yil boshida o'quvchilar va tanqidchilar qo'liga tekkan.
Birinchi uchratganim va unda mixlanib qolganim forum bu Tarvuziston.
ps. Mas'ud, Szini nega Tarvuz LBsida kamnamo desam, yangi hovliga ko'chib o'tgan ekansizdaa ...