Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306623 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 66 B


Ansora  26 Oktyabr 2009, 15:05:05

1 chi bo'lib bu forumda kimni ko'rish nasib qilarkin-a : )

Qayd etilgan


Muhseena  26 Oktyabr 2009, 17:56:07

Birinchi qilgan ovqatim moshxo'rda edi...Unda 7 sinf edim.Esimda qancha masalliq ketishi bilmay bir kosa mosh bilan bir kosa guruch solganman.Pishganida hayron bo'ganman,bu qanday ovqat bo'ldikan deb  ??? :D :D,adam ishdan kelganlarida qo'rqib suzib berganman,adam rooosa maqtab yeganla,birinchi marta qiganim uchunmi bilmadim.Oyim ishdan keganllaridan keyin....zo'r gap eshitganman  ::),ovqatim moshxo'rdayam emas,moshkichiri ham emas,yangicha ovqat bo'lgan....

Qayd etilgan


Ansora  27 Oktyabr 2009, 11:34:51

Gulining 1 chi marta hamir yoyishlarini o'qib turib esimga tushib ketdi.
Men ham 1 chi marta 12-13 yoshlarimda ugraga hamir ochgandim. Unini kam sepganim uchun hamir bir-biriga yopishgan, ayam ko'riba turgandilar. "Ke bolam, yaxshilab o'rganganingda ochasan", degandilar :3

Qayd etilgan


registan  27 Oktyabr 2009, 21:59:18

Bizda, maktabda o'qish darsidan birinchi marta komissiya kelganda birinchilikni olgandim. O'shanda hech yodimdan chiqmaydi, viloyatdan kelgan komissiya raisi: "Agar olti baho bo'lganda shu bolaga qo'yardim" deganlari. :)

Qayd etilgan


siddiqa  28 Oktyabr 2009, 09:41:26

 :as:

birinchi martta 6 sinfda hor gruppasida jo'r bo'lib qo'shiq aytgandim ,boshqa litseylarga oborishganida ,Mening uchun aziz bo'ston degan qo'shiq bo'lardi ,
mening uchun aziz bo'ston va hamma hor bo'lib o'zbekiston o'zbekiston diyishi keregidi .hammamiz baqirib ,hay'at a'zolariyuuu ,litseydagi talabalarni ham qo'rqitib yuborganmiz . :D :D :D :D

Qayd etilgan


Ansora  01 Noyabr 2009, 19:23:16

Kecha Afifaxonni bergan linklaridan birinchi marta Quroni Karim tarjimasini Afzal Rafiqovni ovozlaridan tingladim. Menga juda ta'sir qildi. Keyin Afzal akamizni ovozlarini eshitishim bilan birdaniga "Mahabhorat" esimga tushib ketdi : )
İnsonni hofizasi hech narsani unutmaydi, yillar oldin bu serialda Afzal akamizni ovozlari miyyamga yod bo'lib qolgan ekan...
Alloh u kishidan rozi bo'lsin, eshitmaganlarga ham tavsiya etaman....

Qayd etilgan


Ansora  01 Noyabr 2009, 21:12:20

Bugun Ziyouz yigitlari birinchi marta forumlararo futbol musobaqasiga qatnashishibdi. Birinchi marta bo'lishiga qaramay, eng asosiysi 4 kishi bo'lishlariga qaramay  : ) yaxshi natijalarni qo'lga kiritishibdi. Bundan keyingi o'yinlarda forumimizga yana ham ko'p futbolchi va yana ko'p go'l tilab qolaman : )

Qayd etilgan


Ansora  03 Noyabr 2009, 15:03:40

Bugun (to'g'rirog'i kecha oqshomdan boshlanib, bugun tugallangan) birinchi marta qovoq totlisi pishirdim : )

Turkchada "balkabag'ı" deyishadi. Rostdan ham bol-bol : )

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Noyabr 2009, 01:37:55

Maktabda 4 sinfdaligimizda nimagadur ukol qilishgan hammaga.
O'shanda 1 marta hushimdan ketganman  :D

Shu shu o'zimni qonimni ko'rsam hushimdan ketadigan odat chiqarvoganman.  ;D

Qayd etilgan


Mas'ud  07 Noyabr 2009, 01:47:22

Birinchi marta maktabga 6 yoshimda, lekin tengdoshlarimdan kechroq, 1987 yilning 25 oktyabrida borgandim... (Tengdoshlarim o'qishni 1 sentyabrdan boshlashgan)... Keyin, sinfga kiriboq, o'qituvchiga salom ham bermasdan, qayerga o'tiray, degan edim... shunda mening mehribon o'qituvchim Ulfatoy opa, "o'glim, sinf xonasiga boshqattan kiring", - deb chiqarib yuborganlar... Shundan beri, qayerga kirsam ham, albatta salom berib kiraman... :-)

Qayd etilgan