Birinchi marta maktabga 6 yoshimda, lekin tengdoshlarimdan kechroq, 1987 yilning 25 oktyabrida borgandim... (Tengdoshlarim o'qishni 1 sentyabrdan boshlashgan)... Keyin, sinfga kiriboq, o'qituvchiga salom ham bermasdan, qayerga o'tiray, degan edim... shunda mening mehribon o'qituvchim Ulfatoy opa, "o'glim, sinf xonasiga boshqattan kiring", - deb chiqarib yuborganlar... Shundan beri, qayerga kirsam ham, albatta salom berib kiraman... :-)