Bugun nimagadir yarim kechasi esimga tushib ketdi bu voqea...
1 chi kursda hayotimda 1 chi marta "o'ldiraman seni" degan tahdit olgan edim.
Voqea shunday bo'lgandi. Uzoq-yaqin qishloqlardan kelgan qizlar asosan yotoqxonalarda qolardik. Chilonzordan Nizomiyga tramvayda kelib-ketardik. Bir kun qizlardan bir nechtasining sumkasini, paketini yon kesar kesib ketibdi. Hammani ichiga g'ulg'ula tushdi. Oson emas, o'zi bir amallab shaharga o'qishga kelgan, ota-onasi bergan pulini o'g'riga "yem" qilsinmi?
Yana bir kun ertalab soat 08.00larda tramvayda ketayabmiz, tiqilinch...Qizlar bir-birini pinjiga suqilgan. Birdan uzun bo'yli, gavdali bir odamning olazarak qarashlarini his qildim. Qiziquvchan emasmanmi, darrov sezdim, u ham usta psixolog, darrov menga qaradi, hatto menga qarashdan oldin qizlardan birining paketini kesib ulgurgandi. Oramizda 2-3 yo'lovchi bor edi. Menga hech kimsa sezdirmay, qo'lidagi lezviyasini ko'rsatdi, qarashlaridan "agar ovozingni chiqarsang, seni o'ldiraman" deganini his qildim. Damim ichimga tushib ketdi. Oradan 2 bekat o'tdi, o'g'ri tushib ketdi. Biz ham qizlar bilan 5-6 bekatdan keyin tushdik. Shunday qarasam, meni qo'limdagi paketim ham kattaaa qilib kesilgan:( Qizlardan bazilarini ham sumkalari kesilgan, bazilari yig'lamsiray boshladi....O'sha kuni hayotimda birinchi marta yonimdagilarga yordam bera olmaganim uchun qattiq hafa bo'lganman...