Birinchi marta adolatsizlik uchun birinchi kurs davrimda yig'laganman. Sessiya paytida domlamiz ballarim yetib turgan bo'lsa ham bahoing yetmaydi deb rosa ovora qilgan. Men unaqa past bahoga o'qimaymanku deb yig'laganman.
Necha marotaba qatnaganimdan keyin aytishga "iymanib turgan" maqsadini aytgan. Ertasiga olib borib bergandim.(Hozirda ham u kishini ko'rganimda shu shu esimga tushaveradi. Ilm berish savob deyishdi. Shuncha savob yig'ib, ohirida bu misqollab yig'ilgan savobni nimalardir evaziga sotib yuborish...)
Bunaqa odatlarni avval ko'rmagandim. (Mahallamdagi maktabimdan boshqasini bilmasdim) Hammaga ham ishonib bo'lmasligi, hamma ham do'st bo'la olmasligini ham
birinchi marotaba universitetga kelib chuqur his qilgandim. Shuncha orzu qilib yetishgan o'quv dargohim shumidi deb
birinchi marotaba afsuslanganman