Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306857 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 66 B


Afruza  15 Noyabr 2009, 13:10:30

Birinchi marta adolatsizlik uchun birinchi kurs davrimda yig'laganman. Sessiya paytida domlamiz ballarim yetib turgan bo'lsa ham bahoing yetmaydi deb rosa ovora qilgan. Men unaqa past bahoga o'qimaymanku deb yig'laganman. :2 Necha marotaba qatnaganimdan keyin aytishga "iymanib turgan" maqsadini aytgan. Ertasiga olib borib bergandim.(Hozirda ham u kishini ko'rganimda shu shu esimga tushaveradi. Ilm berish savob deyishdi. Shuncha savob yig'ib, ohirida bu misqollab yig'ilgan savobni nimalardir evaziga sotib yuborish...)
Bunaqa odatlarni avval ko'rmagandim. (Mahallamdagi maktabimdan boshqasini bilmasdim) Hammaga ham ishonib bo'lmasligi, hamma ham do'st bo'la olmasligini ham birinchi marotaba universitetga kelib chuqur his qilgandim. Shuncha orzu qilib yetishgan o'quv dargohim shumidi deb birinchi marotaba afsuslanganman

Qayd etilgan


Mr.Twister  20 Noyabr 2009, 11:12:08

Birinchi marta oliy matematika fanidan past baho oldim 15 balldan 2 ball (kulmang).
Birinchi marta menenjerlik qilyapman.
Birinchi marta ish ustida janjanlashib qoldim.
Birinchi marta stipendiyani rosa katta navbatda turib oldim.
Birinchi marta yotoqxonada iymonlashdim.

Bularning barchasi shu haftada bölib o'tdi.

Qayd etilgan


Nurzoda  20 Noyabr 2009, 12:53:23

Birinchi marta Moskvaga 2008 yil 12-sentyabrda keganman
Birinchi marta kankida 2009 yil 5 yanvarda uchganman (o'ziyam rosa yiqilganman o'rgangunimcha  :( )

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 17:41:32

Birinchi marta 8 yoshimda tog`a bo`lganman

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 17:56:24

Birinvhi marta 16 yoshimda amaki darajasiga yetdim!

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 17:59:49

birinchi marta 8 yoshimda Taekwondo bo`yicha Buxoro viloyatida chempion bo`lib Respublika chempionatida qatnashganman!

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 18:01:25

Birinchi telefonim Siemens c35 bo`lgan

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 18:03:56

Forumdoshlar bilan birinchi marta Buxoroda o`tkazilgan tadbirda uchrashganman,

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Noyabr 2009, 18:54:15

Qo`shilib ketyapti shu uchun shunaqa qildim!!! Birinchisi bo`lsa ham oxirgisi bo`lmasin

Bu sizga mening birinchi maslahatim.

Qayd etilgan


Ansora  26 Noyabr 2009, 12:59:42

Birinchi marta "Husni-hat" kursiga 2006 chi  yilda borgandim. Arab harflarini qamish qalam bilan yozish juda hayajonli edi. Nasib bo'lsa Husni hat namunalarimdan joylayman...Keyinchalik darslarim va ishim sababli bora olmadim. Mana xozir vaqtim bor lekin bu kurs yo'q yon-atrofda. Bir kam dunyo, deb shunga aytishadi-da...

Qayd etilgan