Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306534 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 66 B


Aqoid  19 Noyabr 2010, 05:51:29

Birinchi marta Gergous nickini forumda ko'rib eski bir forumimiz bo'lardi uzlive.net ning o'shandagi Turkiyadagi qiz deb o'ylaganman. Keyin bir postlarida muslimlar uchrashuviga tayyor ekanliklarini o'qib hayron qolganman, iye bu forumda yigitlar qizlar bilan uchrashuv qilmasligini bilmasmikan deb. Adminimiz shu postning tagidan tel nomerizni yuborvoring deganini o'qib undanda hayron qolganman. Uchrashuv taassurotlarini o'qib keyin bildim bu nick erkak a'zomizniki ekanligini :)
Bu eski nikda 1- marta meni ayol userka deb o'ylagan Robiyahon bo'ladilar. Siz 2 chi bo'ldingiz. Shunday bo'lmasin deya nikimizni o'zgaptirvoldik.

Qayd etilgan


_IYMONA_  20 Noyabr 2010, 22:22:07

Hijob bog'lashimdan bir kun oldin hijob kiyim va ro'molimni o'rab kiyib ko'rsatsam, ukam va adajonim xursand holda duo qilishganini eslasam ko'zlarimga sevinch yoshlari quyilib kelaveradi... Sababi hijob o'rash haqida og'iz ochdim deguncha jahl otidan tushmaydigan yaqinlarimni birdan ko'ngillarini yumshatib qo'ygan Robbimga ming bora shukronalar bo'lsin. Ayniqsa, yana ham ajablanarli holat (bu ish Robbim uchun muammo emas) onam o'zlari hijob, ko'ylak ro'mol olib berganlarida o'zimni yo'qotib qo'ygandim... Hech kim ishonmasdi bunga. Necha yillik duolar, iltijolar ro'yobga chiqqandi. Allohimga behisob shukronalar bo'lsin!

Qayd etilgan


Aqoid  21 Noyabr 2010, 00:32:04

Ko'paysin! Judayam ko'paysin shu mavzuga 1-marta hijob o'raganini,namoz o'qiganini, ro'za tutganini sevinch yoshlari b-n eslaydigan muslimalar

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 10:21:31

Birinchi marta samolyotga 2009 yil avgust oyida chiqqanman. Yonimda birinchi marta chiqqanlar o'tirgan ekan. Ular judayam qo'rqishib menga "Siz birinchi marta samolyotga chiqishizmasmi deyman judayam spokoyniy o'tiribsiz" deyishgan. :)

Qayd etilgan


AL_laziz87  21 Noyabr 2010, 11:08:29

Birinchi MartdaHavoning Sovuq Paytida Muzdek Suv BIlan Mashina Yuvdim,Alam Qiladigani O'sha Ham Brovning Mashinasi edi...
Alam bilan emas Xavas bilan ishlang...Yaxshi niyat bilan xarakat qiling vaqitlar kelib Sizni moshinayizni yuvishsin.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 21:23:19

Birinchi marta yaqindan beri ochki taqishni boshladim. G'alati bo'ldi boshida, yechganimda ko'zlarim jimirlab, boshim aylandi, ancha o'rgandim.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 21:24:17

Birinchi marta bugun gumma degan taom yedim.

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Noyabr 2010, 07:19:16

 :as:

Bugun birinchi marta avatarimni almashtirdim.

Qayd etilgan


Dilafruza  22 Noyabr 2010, 09:59:28

kecha birinchi marta baliqning tili bo'lishini eshitdim.
(hecham o'ylab ko'rmagan ekanman de  ::) ::) ::))

Qayd etilgan


Margiloniy  23 Noyabr 2010, 07:31:13

Birinchi marta yaqindan beri ochki taqishni boshladim. G'alati bo'ldi boshida, yechganimda ko'zlarim jimirlab, boshim aylandi, ancha o'rgandim.

Anu kotta qora ochkidanmi yuzi yarmiga tushib turadigan ?! :D

Qayd etilgan