Birinchi marta yoki birinchi....  ( 306709 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 66 B


Ansora  05 Yanvar 2011, 16:37:06

1-yanvar kuni 1-marta Robiyaxon bilan telefonda gaplashdik:)

Qayd etilgan


_IYMONA_  05 Yanvar 2011, 16:43:28

opajon man ham buni eshitib juda hursand bo'ldim. Sog'-salomat ekansiz bundan hursand bo'dim opajonim hamisha sog' bo'ling.

 

Qayd etilgan


Abdu1981  05 Yanvar 2011, 18:32:14

Assalomu alaykum Kapalak,

sizga bitta katta rahmat jo'natdik, olgandirsiz? Albatta bu mana shu postni ochganingiz uchun.

Haqiqatan ham odam kundalik tashvishu muammolar bilan bo'lib hech "moziy"ni eslashga, ortga nazar tashlab, o'tgan umrini sarhisob qilishga, yoinki uni eslab maroq olishiga vaqt ham topolmay turganda mana bunday post jonga oro bo'lmay ne bo'lsin. Juda xursand bo'ldik. Qolaversa bugun menig forumga qabul qilinganimning birinchi kuni, birinchi yozishmam, birinchi bora. Xali nasib qilsa albatta o'zimning birinchi postimni ham chop etarman.

Umr yo'l. Uning adog'i esa...
Adog'i bor albatta. Uning adog'ini sezmay qolamiz. Kim oshani oshab, yana kim yoshini yashab, ayrimlar yasholmay umri adog'iga kelganini bilmay qolyapti. Mana shunday ekan undagi lahzalarni, ya'ni birinchilarni eslash, ulardan maroq olish, yaqinlarni xotirlash naqadar yaxshi.

Birinchi sinfga borganimni eslayman: Buni qarangki, 1- o'rta maktabga 1-sinfga o'qishga qabul qilinish uchun borganimda surat soldirishgan edi, shunda birnchi traktorimni chizgan edim. O'zimga ham, o'qituvchiga ham yoqqan edi. Bu traktor aslida katta amakimning traktorlari edi. Alloh rahmat qilsin, amakimlarning birinchilari edilar.

Birinchi o'qituvchim Abdusalom aka bo'lgan. Kitob o'qishni ularda saboq olganmiz. Soatga qarab 1 minutda qancha so'z o'qishimizni hisoblar edik o'qish darsida. Doim birinchi edim.

Yoshligimda, menimcha 8-9 yoshlarda edim, birinchi bor yozgan sherim ona haqida edi. Onamlar o'qib yig'lagan edilar o'sha sherni. Afsus shundan keyin yirtib yo'qotib yuborgan edim.

Oh maza qildim.  : )



Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Yanvar 2011, 21:03:39

Bugun birinchi marta... Bir yigitni avtohalokatga uchraganini o'z ko'zim bn ko'rdim... Alloh shifo bersin... Odamlar to'planib ulgurmasdan shofyor yigit o'zini o'nglab, jabrdiydani mashinashiga oldida, kasalxonaga olib ketdi. Kasalxona ham yaqingina edi... Hech ko'z oldidan ketmaydi, birinchi ko'rishin bo'lgani uchun... Tuppa tuzuk yurgan yigit soniyalar ichida havoga ko'tarilib tushdiyu, hushidan ketdi... Bir qadam oldinda bizni nima kutayotganini faqat Allohning o'zigina biladi... Kechgacha kayfiyatim bo'lmadi. Ko'nglim bosh-da, juda g'alati bo'p ketyapman... Yaqinda bir Xudo asragandi, oldimizda ketayotgan neksiyani bir moskvich yon tomondan urib yuborgandi, bizning shofyor xushyor ekan, bo'lmasa bizga ham ta'sir qilardi, Alloh asragan ekan... Alhamdulillah. Astag'firullah. La ilaha illAlloh!

Qayd etilgan


Ansora  28 Yanvar 2011, 16:31:29

Abdulaziz Ensarni 1-mashinasi:)


Qayd etilgan


Nurdinboy  28 Yanvar 2011, 18:39:57

Kecha birinchi marta o'qiganlarimga, shu kunga qadar ozmi-ko'pmi bo'lsada olgan ilmimga amal qildim va amal qilishga ham o'rgandim. Bilasizlarmi, bu... Nima desamikan, xullas o'qish o'rganiw bowqa, unga amal qiliw bowqa ekan. O'zlikni tarbiyalaw masalasi... Bu undanda muwkul. Lekin amal qiliw wu qadar go'zal narsa ekanki odamning qalbi poklanib, ruhi engillawarkan. Mana bugun wu qalb hotirjamligi his qildim.
Alhamdulillah ala kulli hol. (har qanday holda ham Allohga hamd bo'lsin)

Qayd etilgan


Abu Muso  28 Yanvar 2011, 22:14:29

 :as:

2011 yil hisobidan, bugun birinchi marta gullab turgan qoqigulni ko'rdim... :D

Qayd etilgan


siddiqa  28 Yanvar 2011, 22:52:47

Kecha birinchi marta o'qiganlarimga, shu kunga qadar ozmi-ko'pmi bo'lsada olgan ilmimga amal qildim va amal qilishga ham o'rgandim. Bilasizlarmi, bu... Nima desamikan, xullas o'qish o'rganiw bowqa, unga amal qiliw bowqa ekan. O'zlikni tarbiyalaw masalasi... Bu undanda muwkul. Lekin amal qiliw wu qadar go'zal narsa ekanki odamning qalbi poklanib, ruhi engillawarkan. Mana bugun wu qalb hotirjamligi his qildim.
Alhamdulillah ala kulli hol. (har qanday holda ham Allohga hamd bo'lsin)

Allah o'zining zikri bilan poklangan qalb hotirijamligi va sakinatini barchamizga nasib qilsin.

Qayd etilgan


siddiqa  28 Yanvar 2011, 22:58:06



Sport kanalidan hozirgina meni bir vaqtlar shahmat musobaqasiga oborgan ))))))))) litseydagi o'qituvchimni ko'rdim . g'alati bop kettim .(yutkizib yig'lab ,ikkinchi turni kutmay quyonni rasmini chizganlarim  esimga tushib ketti ) Rabbim yillar suv kabi oqdi .

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2011, 19:55:01

Abdulaziz Ensar bugun 1-marta qorni ushlab ko'rdi:) qo'liga bergandiki boshda qiziqib ushlab turdi, sovqotdi shekilli tashladi:) hayron bo'ldi, qo'limda nimalar bo'lyabdi o'zi, deb:)

Qayd etilgan