Bu forumga a'zo bo'lganimdan beri bugun birinchi marta qalbimdagi sir bo'lgan so'zlarni yozmoqchiman:
Ilk a'zo bo'lgan kunim :
a'zolar po'stlarini o'qidm, ular haqida ijobiy fikrlarim ortib bordi . . .
Keyingi kunlarim :
Nimagadir , men ham ulardan qolishmayman degan fikr paydo bo'ldi. . . .
Bugungi kun :
Ollohga hamd bo'lsin. Bunday narsalarni qalbimdan chiqarib tashladi.
Har bir forumdoshni hurmat qilaman va ularning barchalarini har narsada o'zimdan ustun deb bilaman.
Shu o'rinda :
Juda oz sir qoldi mavhum bo'lmagan
Bilimim haqida chuqur o'ylasam
Bildimki hech narsa ma'lum bo'lmagan.
Abu Ali ibn Sino.
Gar qalbingda ilmdan g'urur
Yo'llaringni yoritmagay nur
Musulmonman deb shodlanmay tur
Yig'la gunohimni avf etgin deb !