IYMON ZINALARI  ( 29145 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


ЖАМШИДЖОН  31 Oktyabr 2009, 19:55:18

Kohinlar). Muhammad ibn Fazl bunday degan: "œBir kishi kohinni tasdiqlasa kofir bo’ladi. Bir hadisi sharifda bunday deyilgan: "œBir kishi kohinni keltirib, aytganlarini tasdiqlasa, Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilingan narsaga (Qur’oni karimga) kufr keltirgan bo’lur". G’aybni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, na ins biladi, na jin biladi. Bu hususdagi dalilimiz ushbu oyati jaliladir: "Bas, qachonki, u (aso) qulab tushgach, jinlarga aniq bo’ldiki, agar ular g’aybni bilguvchi bo’lganlarida, bu hor qilguvchi azobda-mehnatda qolmagan bo’lur edilar". (Saba’ surasi, 14-oyat)".
Avliyo zotlar orqali zohir bo’lgan kashflar esa joizdir.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  31 Oktyabr 2009, 19:55:55

Imom Navaviy aytadilar, "œOsmonlarda bo’lib o’tgan narsalarni eshitaman" deb iddao qilgan, "œYerdagi yashirin narsalarni bilaman" deb da’vo qilgan kishi va shunga o’xshagan munajjim hamda sehrgarlarning harakatlari kohinlik tarkibiga kiradi".
Payg’ambar (s.a.v.) bir hadisi shariflarida: "œYulduzlar bilan mashg’ul bo’lgan kimsa sehrgardir. Bu mashg’ulotni orttirgan sari uning gunohi ortib boradi", deb bayon etganlar.
O’g’irlangan narsalarni, dafinalarni, insonlarning umrini, qahatchilikni, mo’l-ko’lchilikni, tinchlikni, urushni, shamolni, qor va yomg’irning ko’p yog’ajagini, oyning va quyoshning tutilajagini, zilzilani va g’aybga taaluqli bo’lgan barcha narsalarni habar beradigan kimsalar kohindirlar. Shariat kohinlikni man’ etgan. Uni o’rganish va o’rgatish harom. Bu narsa dinga zararli; qalbni hasta qiladi, e’tiqodni buzadi. "œJomi’ us-sag’ir"da: "œKohinni keltirib, undan savol so’ragan kishining qirq kun tavbasi qabul bo’lmaydi" deyilgan. Agar kohinning so’ralgan savolga bergan javobini tasdiqlasa, kofir bo’ladi

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  31 Oktyabr 2009, 19:56:24

Farishtalar (esa) faqat Allohning izni, ilhomi va bildirishi bilan g’aybni bilishi mumkin.

Ahmad Ziyouddin al-Kumushxonaviy
"œJomi’ ul-mutun"

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Noyabr 2009, 11:43:46

Iso alayhissalom ko`p kulardi, Yahyo alayhissalom esa ko`p yig`lardi. Yahyo Isoga "œSen Tangrining nozik hiylalaridan uzoq bo`lganing uchun kulyapsanmi?" dedi. Bunga javoban Iso "œSen (esa) Tangrining inja, latif va ajoyib lutflaridan habaring bo`lmagani uchun yig`layapsanmi?" dedi. Hodisadan voqif bir avliyo Allohdan "œBulardan qay birining maqomi yuksakroqdir?" deb so`ragach, "œMenga nisbatan yaxshi niyatda bo`lgani afzalroqdir"(Qudsiy hadis) javobini oldi. "œMen qulim hayol qilgan joydaman"(Qudsiy hadis), ya`ni men bandamning tahmini bor yerdaman. Har bir qulimning ichida mening bir hayolim va suratim bordir. U meni qanday tahayyul(tasavvur) etsa, men o`sha hayoldaman. Ey mening qullarim! Hayollaringizni poklangizki, u yer mening maqomim va yerimdir, demakdir. Men Tangri bor bo`lgan shu hayolning bandasiman. Haq mavjud bo`lmagan haqiqatdan siqilaman.
 

Jalolliddin Rumiy, "œIchingdagi ichingdadur" 

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  12 Noyabr 2009, 10:37:35

1. Inson iymoni shunchalik kuchli bolishi mumkinki, aytishi mumkin:" men Alloh uchun o'zimni 7chi qawatdan tashlab yuboraman". Bir qarashda kishi aytishi mumkin, Ooo, Mashaallah qara qanday baquwwat  iymon  egasi ekan. Ammo shariat nima deydi? " ey insonlar o'z nafslaringizga zulm qilmanglar"deydi. Bu bilan tamam, Kishi ozini ozi oldirishga haqqi YOQ!!!

2. Inson aqli, zakowati shunchalik kuchli bolishi mumkinki, aytishi mumkin, " men sehr ilmini organib, odamlarni insonlarga foydali  bir ish qilishga harakat qilaman". Bir qarashda niyat yaxshilik qilish, odamlarga komak berish, ammo shariat nima deydi, sehr bu harom wa shayton amallaridandir.

3. inson ehtirosi shunchalik kuchli bolishi mumkinki, e man 24 soat, 365 kun, butun umr, uylanmasdan, uyimdan tashqariga chiqmasdan, rizq-nasiba qilmasdan ro'za tutib ibodat qilaman deb. Bir korishda Mashaallah, bu haqiqiy muttaqin deyishiz mumkin. Ammo shariatchi. Shariat Rasululloh SAw basharning eng xairlisi bo'la turib, ham odamlar orasida yashaganlar, ham uylanib bola chaqa ortirganlar (annikahu min sunnat - nikoh mening sunnatimdandir), jihod qilganlar, ayollari bilan qoshilganlar, wa roza ham tutganlar wa ogizlari ochiq ham bolgan.

Qayd etilgan