Umumiy bo'lim > Islom

Ilm izlash asoslari

(1/3) > >>

Muhammad Amin:
Al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:[/color]

1.Allohdan yordam so’rashlik

Inson o'zi kuchsiz va agar Alloh kuch qudrat bermasa o'zida na kuch na quvvat bor. Agar inson ishlarini faqatgina o'ziga  topshirib qo'ysa, u holda halokatga uchraydi. Ammo U ishlarini Allohga topshirsa ya'ni Allohga tavakkul qilsa va ilm izlashda Allohdan yordam so'rasa Alloh unga yordam beradi.
 
Alloh taolo aytadiki: 5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz!  (Fotiha surasi , 1:5)
 
3. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O'zi unga kifoya qilar(Taloq surasi, 65:3)
 
23.Agar mo'min bo'lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!(Al Moida surasi 5:23)

Muhammad Amin:
Agar biz Allohga ixlos bilan tavakkul qilsak Alloh bizga xuddi qushlarga rizq bergani kabi bizlarga ham rizq ato qiladi. Qushlar inlaridan och qorin bilan chiqib qaytganlarida esa qorinlari to'q bo'lib qaytishadi.

Alloh bergan eng katta rizq nima? Bu ilmdir.  Muhammad sallallahu alayhi va sallam barcha ishlarda Allohga tavakkul qilib, Allohdan yordam so'rar edilar.

Demak biz ham xususan foydali ilm izlashda Allohga tavakkul qilishimiz hamda Undan yordam so'rashimiz kerak bo'ladi.

Muhammad Amin:
2.Yaxshi niyat.

Musulmon ilm izlashda niyatni faqatgina Alloh uchun qilmoqligi lozimdir, ya'ni boshqalar "Bu ilm olmoqda ekan, zo’r ekan, ilmli ekan va h.k" deyishlari uchun emas balkim Alloh uchun ilm izlash lozim bo'ladi.

Kimki niyatini Alloh uchun qilsa, Alloh unga o'sha ishda yutuq beradi va mukofotlaydi.  Ilm bu  ibodat turidir. Haqiqatda, ilm bu ibodat turlarining eng kattalaridandir.

Ibodatning qabul bo'lish shartlari esa 2tadir:
a). Ixlos ya'ni Alloh uchun qilishlik
b) Muhammad sallalalhu alayhi va sallam ko'rsatmalariga ko'ra qilishlik

Muhammad Amin:
Alloh taolo aytadiki: 
128. Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir.(An Nahl surasi 16:128)

Taqvoning eng ulug' turi bu niyatni xolis Alloh uchun qilishlikdir.

Kimki riyo uchun ya'ni boshqalar ko'rishligi uchun, maqtashlari uchun ilm izlasa , shu holatida vafot etsa u holda u tushkunlikka tushganlardan hisoblanadi va Qiyomatda u azoblanadi. Alloh barchamizni bundan asrasin.

Muhammad Amin:
3. O'zini Alloh oldida kamtarin his qilishlik va Allohdan ilmini oshirishlikni so'rashlik.

Musulmon doimo Allohdan ilmini oshirishlikni so'rashligi zarurdir, chunki u doimo Allohga, Uning yordamiga muhtojdir. Shuning uchun ham Alloh bandalarini Unga duo qilib yordam so'rashlikka chaqirgan

Alloh taolo aytadi: 

60. Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar(Al-G'aafir surasi 40:60)
 
114.ayting: "Ey, Rabbim, menga ilmni ziyoda et!"  (Taha surasi 20:114)

Quronda Ibrohim alayhis salom shunday deganligi aytiladi: 
83. Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin!(Ash-Shuaa'raa surasi 26:83)

(Bu yerda hikmatdan murod bu ilmdir.)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version