Ilm izlash asoslari  ( 29226 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:22:49

8. Mukammallik

Ilm olayotgan inson ilm izlashga barcha bor harakatlarini xolisona sarf qilsa natijada olgan ilmini mukammal egallaydi hamda kuchaytiradi. Bu narsa uning ilmni yodlashida va to'g'ri tushunishida ko'rinadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:23:13

9. Ulamolardan ilm o'rganishlik

Ilm bu ulamolardan o'rganilishi lozimdir. Ulamolar Islom aqidasi, qonun-qoidalarini to'g'ri tushunishadi va uni bizlarga to'g'ri holda o'rgatishadi. Hamda bundan tashqari amal qilishlari orqali ham ulamolar boshqalarga juda foydali namunadir.

Quron va sahih hadislarni qanday qilib to'g'ri Salaflar tushungandek tushunishni biz Salaflar yo'lida bo'lgan ulamolardangina o'rgana olamiz.

Shu sabab ham doimo haqiqiy ulamolarni tanishlik, ularning kitoblari, maruza hamda maqolalari bilan tanishishga, ularni darslariga qatnashishga qiziqishlik va shunga yarasha ulardan ilm olishlik aqlli insonning ishidir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:23:45

10. Vaqt

Ilm izlayotgan inson ilm olishlik 1-2 kun yoki yilda tugaydi deb o'ylamasligi lozimir, balkim kop yillar ilm izlashni davom ettirishi zarur.

Solih insonlar doimo oxirgi nafaslarigacha ilm olish yo'lida bo'lganlar chunki ular ilm izlash yo'lida bo'lishlik bu Jannatga eng oson yo'l ekanligini haqqoniy ravishda tushunib yetganlar.

Albatta bu yerda sabrni alohida qayd qilib o'tishlik lozim. Shubhasiz, ilm olishlik ko'p yillar davom etadi va bu uchun inson sabr qilishga o'zini har tomonlama tayyor qilishi lozim.


Qayd etilgan