4. To'g'ri, sog'lom qalb.
Qalb bu ilm saqlanadigan joydir. Agar bu joy mustahkam bo'lsa u holda ichida bo'lgan narsani saqlay oladi, agar bu joy mustahkam bo'lmasa u holda u joyda bo'lgan narsalar yo'qoladi.
Badanning shunday bir qismi, joyi borki agar usha joy to'g'ri, sog'lom bo'lsa butun badan ham sog'lom bo'ladi, agar u joy to'g'ri bo'lmasa, sog'lom bo'lmasa butun badan ham shunday bo'ladi.
Mana shu badanning qismi nima? U qalb, yurakdir.
Qanday qilib inson sog'lom qalbga ega bo'la oladi?
Sog'lom qalbga ega bo'lishlik Allohni aniq tanishlik, Uning Go'zal Ismlari va Komil Sifatlarini bilish orqali boshlanadi. Bundan tashqari Allohning alomatlari va yaratgani(butun olam) haqida , hamda Quron haqida ham tafakkur qilishlik sog'lom qalbga olib boradigan amallardandir.Namozni to'kis ado qilishlik, tahajjud namozini ham o'qishlik sog'lom qalbga eltuvchi amallarga kiradi.
Inson qalbini kasal qiluvchi, buzuvchi narsalardan, joylardan o'zini yiroq qilishi zarur. Agar bu narsalar qalbida bo'lsa u holda unday qalbga ilm kirmaydi, ilm u yerga joylasha olmaydi. Hattoki joylashsa ham, u ilmni tushuna olmaysiz. Alloh taolo munofiqlar ya'ni qalbi kasal bo'lganlar haqida shunday deydi:
159.Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan anglamaydilar.(Al-Arof surasi, 7:159)
Endi savol: Insonning qalbi qanday qilib kasal, buzilgan qalbga aylanadi?
2 xil yo'l bilan: shahvat va shubhalarga ergashishlik
Demak Buzilgan, kasal qalb 2 xil ekan.
Shahvatlarga ergashishlik degani bu: bu dunyo hayoti,
mayishatliklarini sevishlik va shu narsalar bilan ovora bo'lishlik, harom bo'lgan rasmlarni sevishlik, harom narsalarni eshitishlik, hamda harom narsalarga qarashlik
Shubhalarga ergashishlik bu adashgan aqidalarni o'rganishlik, bid'at amallarini qilishlik, bid'at ahlidan bo'lishlik.
Bundan tashqari rashq hamda kibr, ko'p uxlashlik, ko'p gapirishlik ham ko'p ovqat yeyishlik ham qalbni buzuvchi amallardandir.
Shuning uchun ham inson qalbni buzuvchi narsalardan o'zini yiroq qilib, qalbini soflovchi amallarni qilishi va natijada esa sog'lom qalbga ega bo'lishga intilishi lozimdir.