Ilm izlash asoslari  ( 24591 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:16:01

Al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:
[/color]

1.Allohdan yordam so’rashlik

Inson o'zi kuchsiz va agar Alloh kuch qudrat bermasa o'zida na kuch na quvvat bor. Agar inson ishlarini faqatgina o'ziga  topshirib qo'ysa, u holda halokatga uchraydi. Ammo U ishlarini Allohga topshirsa ya'ni Allohga tavakkul qilsa va ilm izlashda Allohdan yordam so'rasa Alloh unga yordam beradi.
 
Alloh taolo aytadiki: 5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz!  (Fotiha surasi , 1:5)
 
3. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O'zi unga kifoya qilar(Taloq surasi, 65:3)
 
23.Agar mo'min bo'lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!(Al Moida surasi 5:23)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:16:49

Agar biz Allohga ixlos bilan tavakkul qilsak Alloh bizga xuddi qushlarga rizq bergani kabi bizlarga ham rizq ato qiladi. Qushlar inlaridan och qorin bilan chiqib qaytganlarida esa qorinlari to'q bo'lib qaytishadi.

Alloh bergan eng katta rizq nima? Bu ilmdir.  Muhammad sallallahu alayhi va sallam barcha ishlarda Allohga tavakkul qilib, Allohdan yordam so'rar edilar.

Demak biz ham xususan foydali ilm izlashda Allohga tavakkul qilishimiz hamda Undan yordam so'rashimiz kerak bo'ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:17:23

2.Yaxshi niyat.

Musulmon ilm izlashda niyatni faqatgina Alloh uchun qilmoqligi lozimdir, ya'ni boshqalar "Bu ilm olmoqda ekan, zo’r ekan, ilmli ekan va h.k" deyishlari uchun emas balkim Alloh uchun ilm izlash lozim bo'ladi.

Kimki niyatini Alloh uchun qilsa, Alloh unga o'sha ishda yutuq beradi va mukofotlaydi.  Ilm bu  ibodat turidir. Haqiqatda, ilm bu ibodat turlarining eng kattalaridandir.

Ibodatning qabul bo'lish shartlari esa 2tadir:
a). Ixlos ya'ni Alloh uchun qilishlik
b) Muhammad sallalalhu alayhi va sallam ko'rsatmalariga ko'ra qilishlik

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:18:04

Alloh taolo aytadiki: 
128. Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir.(An Nahl surasi 16:128)

Taqvoning eng ulug' turi bu niyatni xolis Alloh uchun qilishlikdir.

Kimki riyo uchun ya'ni boshqalar ko'rishligi uchun, maqtashlari uchun ilm izlasa , shu holatida vafot etsa u holda u tushkunlikka tushganlardan hisoblanadi va Qiyomatda u azoblanadi. Alloh barchamizni bundan asrasin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:19:19

3. O'zini Alloh oldida kamtarin his qilishlik va Allohdan ilmini oshirishlikni so'rashlik.

Musulmon doimo Allohdan ilmini oshirishlikni so'rashligi zarurdir, chunki u doimo Allohga, Uning yordamiga muhtojdir. Shuning uchun ham Alloh bandalarini Unga duo qilib yordam so'rashlikka chaqirgan

Alloh taolo aytadi: 

60. Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar(Al-G'aafir surasi 40:60)
 
114.ayting: "Ey, Rabbim, menga ilmni ziyoda et!"  (Taha surasi 20:114)

Quronda Ibrohim alayhis salom shunday deganligi aytiladi: 
83. Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin!(Ash-Shuaa'raa surasi 26:83)

(Bu yerda hikmatdan murod bu ilmdir.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:20:05

Muhammad sallallahu alayhi va sallam Allohdan Abu Hurayra radiallahu anhuning xotirasini kuchli qilishlikni so'ragan edilar. Hamda Ibn Abbos radiallahu anhuga ilm ato qilishlikni ham surab duo qilgan edilar.

Alloh Muhammad sallallahu alayhi wa sallamning duosini qabul qildi , Abu Hurayra radiallahu anhu eshitgan narsasini yodlaydigan, Ibn Abbos radiallahu anhu esa bu Ummatning katta ulamolaridan hamda Quronni tafsir qiluvchilardan bo'ldi.

Ulamolar ham Muhammad sallallahu alayhi va sallam yo'llariga ergashib doimo Allohdan ilmlarini ziyoda qilishlikni so'rab kelganlar. Masalan, Shayhul Islom Ibn Taymiyyah rahimahullah masjidlarga borib, sajda qilib sajdada "Ey Ibrohimga ilm bergan, Ey Sulaymonga ilm bergan, menda dinni tushunishlikni nasib qil" Alloh taolo Ibn Taymiyyah rahimahullahning duosini ham qabul qildi va Islom olamidagi eng katta ulamolarga aylandi.

Demak, biz o'zimizni Alloh oldida kamtarin his qilib, doimo Allohdan ilmimizni ziyoda qilishlikni so'rashimiz bu Muhammad sallallahu alayhi va sallam, sahobalar hamda ularga ergashgan ulamolar yo'li ekan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:21:01

4. To'g'ri, sog'lom qalb.

Qalb bu ilm saqlanadigan joydir. Agar bu joy mustahkam bo'lsa u holda ichida bo'lgan narsani saqlay oladi, agar bu joy mustahkam bo'lmasa u holda u joyda bo'lgan narsalar yo'qoladi.

Badanning shunday bir qismi, joyi borki agar usha joy to'g'ri, sog'lom bo'lsa butun badan ham sog'lom bo'ladi, agar u joy to'g'ri bo'lmasa, sog'lom bo'lmasa butun badan ham shunday bo'ladi.

Mana shu badanning qismi nima? U qalb, yurakdir.
Qanday qilib inson sog'lom qalbga ega bo'la oladi?

Sog'lom qalbga ega bo'lishlik Allohni aniq tanishlik, Uning Go'zal Ismlari va Komil Sifatlarini bilish orqali boshlanadi. Bundan tashqari Allohning alomatlari va yaratgani(butun olam) haqida , hamda Quron haqida ham tafakkur qilishlik sog'lom qalbga olib boradigan amallardandir.Namozni to'kis ado qilishlik, tahajjud namozini ham o'qishlik sog'lom qalbga eltuvchi amallarga kiradi.

Inson qalbini kasal qiluvchi, buzuvchi narsalardan, joylardan o'zini yiroq qilishi zarur. Agar bu narsalar qalbida bo'lsa u holda unday qalbga ilm kirmaydi, ilm u yerga joylasha olmaydi. Hattoki joylashsa ham, u ilmni tushuna olmaysiz. Alloh taolo munofiqlar ya'ni qalbi kasal bo'lganlar haqida shunday deydi:
 
159.Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan anglamaydilar.(Al-Arof surasi, 7:159)

Endi savol: Insonning qalbi qanday qilib kasal, buzilgan qalbga aylanadi?
2 xil yo'l bilan: shahvat va shubhalarga ergashishlik
Demak Buzilgan, kasal qalb 2 xil ekan.

Shahvatlarga ergashishlik degani bu: bu dunyo hayoti,
mayishatliklarini sevishlik va shu narsalar bilan ovora bo'lishlik, harom bo'lgan rasmlarni sevishlik, harom narsalarni eshitishlik, hamda harom narsalarga qarashlik

Shubhalarga ergashishlik bu adashgan aqidalarni o'rganishlik, bid'at amallarini qilishlik, bid'at ahlidan bo'lishlik.

Bundan tashqari rashq hamda kibr, ko'p uxlashlik, ko'p gapirishlik ham ko'p ovqat yeyishlik ham qalbni buzuvchi amallardandir.

Shuning uchun ham inson qalbni buzuvchi narsalardan o'zini yiroq qilib, qalbini soflovchi amallarni qilishi va natijada esa sog'lom qalbga ega bo'lishga intilishi lozimdir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:21:23

5.Aql

Insonda o'qigan narsasini tez tushunish,yodlash qobiliyati tabiiy bo'lishi mumkin yoki bu narsaga o'zi harakat qilib erishishi mumkin.

Agar inson tabiiy jihatdan aqlli bo'lsa u holda aqlini kuchliroq qilish bilan shug'ullanishi agar aqlli bo'lmasa u holda aqlli bo'lishga intilish uchun o'ziga sharoit yaratishi lozim bo'ladi.

Insonning ilm olish, tushunish hamda yodlash qobiliyati juda ham zarur hamda kuchli usullardan biridir. Bu narsa uning har xil fiqhiy fikrlarni , ularning dalillarini  ham tushunishiga yordam beradi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:21:56

6. Ilm olishga ishtiyoqning kuchli bo'lishi ilmni o'zlashtirishga hamda Allohning yordamini olishga sabab bo'ladi.

Alloh taolo aytadiki: 
128. Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir.(An Nahl surasi,16:128)

Agar inson bir narsaning muhimligini tushunib yetsa, usha narsaga erishishga harakat qiladi. Ilm esa muhim narsalarning eng muhimidir.

Shuning uchun har bir ilm izlovchi insonning ilmni yodlashga, tushunishga hamda ulamolar bilan o'tirishga, ulardan ilm olishga bo'lgan ishtiyoqi kuchli bo'lishi lozimdir.

Bu ishlarni amalga oshirishda albatta u vaqtini nimaga sarf qilishini rejalashtirishi zarur.Ya'ni vaqtini bekorchi narsalarga emas foydali narsalarga ajratishi kerak bo'ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:22:27

7. Ilm izlashda jiddiylik, ahd hamda sabr

Kishi dangasalikdan, erinishdan o'zini yiroq tutishi  hamda shahvat hamda Shaytonga qarshi kurashishi lozimdir.

Chunki shahvat hamda Shayton ilm olishga, izlashga tos'qinlik qiluvchi 2ta narsa.

Ilm izlashga moyillikni, ahdini kuchaytiruvchi amallardan biri bu: ulamolar hayoti haqida o'qishlik, ularning qanday qilib qiyinchiliklar bo'lganda sabr qilganliklari haqida bilishlik.Bunga ularning qanday qilib uzoq-uzoq o'lkalarga ilm izlash uchun safar qilganliklari ham kiradi.

Qayd etilgan