Yaxshi yigit, tanishsak boʻladimi?  ( 27936 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


shoir  05 Noyabr 2009, 12:49:55

HAYO DEGAN SO’Z BOR

— Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi, ismingiz nima?
Bu kabi turli murojatnamo gaplarni ko‘cha-ko‘yda ko‘p eshitamiz. Tabiiyki, bunday tashabbus bugungi kungacha faqat yigitlar tomonidan ko‘tarilgan bo‘lib, bu vaziyatda qizlar uyalganidan yerga qarashgan. Ammo, bugun...
Ko‘pgina yangi urf bo‘lgan «an’ana»lar qatorida yigitlarga "œgap" otadigan qizlar toifasi ham shakllanib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. To‘g‘risi, bu haqda yozishga oldiniga andisha qildim. Ammo baribir kimdir gapirishi kerak, aks holda bundan ham ko‘ngilsizroq voqelar sodir bo‘lmasin, degan niyatda qo‘limga qalam oldim.
Keling, yaxshisi o‘zim bevosita guvohi bo‘lgan bir voqeani aytib bera qolay. Balki ayrim dugonalarim bundan o‘zlariga kerakli xulosani chiqarib olishsa.
Odatdagidek kechki payt ishdan chiqib, metroga tushdim. Metro poezdini kutib o‘rindiqda bir pas o‘tirdim. Yonimda 18-19 yoshlar chamasi ikkita chiroyli qiz ham gaplashib o‘tirishibdi. Shu payt bir yigit kelib yonimizdagi ustunga suyanib turdi. Uni ko‘rgan haligi ikki qiz bir-birini sekin turtib qo‘ydi: "Qara, Nilu, kelishgan ekanmi". Ularning suhbati beixtiyor menga ham eshitilardi. (Bundan boshqa ilojim ham yo‘q edi).
 — Hozir ko‘rasan, men ana shu bola bilan tanishaman, telefon nomerini ham olaman, deb qoldi birinchi qiz o‘rtog‘iga. Unisi bo‘lsa, "œOlolmaysan Nilu, nima qilasan ovora bo‘lib" deganicha kulib qo‘ydi. Endi Nilu degani yigitdan ko‘z uzmasdan uning o‘ziga qarashini kuta boshladi. Va nihoyat, yigitning nigohi qizlarga tushdi. Fursatdan foydalangan qiz unga qarab ikkita barmog‘ini telefon shakliga keltirib qulog‘iga tutdi. Hech narsadan xabari yo‘q yigit avvaliga hayron bo‘lib qaradi va keyinroq nima demoqchiligini tushundi-yu, sekin kelib ularning yoniga o‘tirdi.
Shunday qilib, birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Qiz bolaning bunday tashabbusiga odatda kamdan-kam yigitgina rad javobini qaytaradi. Voqea davomini kuzata boshladim. Tanishganlariga endigina bir daqiqa bo‘lgan yigit bilan qiz eski tanishlardek suhbatini boshlaganlarida metro poezdi kelib qoldi-yu, voqeaning davomi qanday tugashiga bo‘lgan qiziqish qanchalik ustun bo‘lmasin, o‘z yo‘limda davom etdim.
Xafa bo‘lmasam ham bo‘larkan. Bu ko‘rganim ke¬yingilarining oldida hech narsa emas ekan. Endi har qadamda deyish sal noto‘g‘ri bo‘laru, lekin kunda bir necha bor bu kabi «noodatiy» hollarga duch kela boshladim. Yoshgina qizlarning bu darajada "œjasorati"dan hayratga tushasan ba’zida.
 — Voy, tavba, axir bu teskari zamon bo‘ldi-ku. Qizlar yigitlarga gap tashlab tursa-ya. O‘zbek qizining ibo, hayosi qaerda qoldi? Endi nabiralarimga qanday qilib to‘g‘ri tarbiya beraman. Ko‘chadagi bunday hangomalarga guvoh bo‘lib ul¬g‘ayayotgan qizaloqlarning balog‘atga yetganda qanday kelin bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rayapsizmi, qizim?! — deb gapirib qoldi navbatdagi tomoshaga men bilan guvoh bo‘lib qolgan onaxon.

Rayhona Xo‘jayeva,
"œMa’rifat" gazetasidan

Qayd etilgan


Ansora  05 Noyabr 2009, 13:20:01

80 yil Ruslarni tazyiqi ostida yashab, Milliy urf-odatlarimizni yo'qotmaslikka xarakat qilgandik. Hech bo'lmasa yuqorida yozilganday voqeaga men hech qachon shohid bo'lmaganman. Nima bo'ldi bizga? Yaqinda 6 yil bo'ladi Vatandan uzoqlashganimga, sizlarning yozganlaringizdan Vatandagi voqea-hodisalarni ko'rganday bo'laman. Ohiri bahayr bo'lsin. Balki o'sha qizlardan biri eng kamida bu forumdagilardan birining tanishi, hatto yaqini ham bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bu tur muammolarni u yoki bu deb huddi begonalar haqida gapirmasligimiz kerak. Chunki u qizlar ham Musulmon ham O'zbek. Befarq bo'lmaylik. Masalan mening ham singillarim bor. Jiyanlarim katta bo'lishyabdi. Boshqalar haqida gapirar ekanman, avvalo ular ko'z oldimga keladi. Alloh ko'rsatmasin, ular shunday bo'lishmasa ham yonidagi insonlardan ta'sirlanib ahloqlari buzilishi mumkin. Katta gapirma, deydi-ku Xalqimiz. Yon-atrofimizda ko'rganlarimizga barchamiz qo'limizdan kelguncha o'z fikrimizni bildirishimiz, noto'g'ri yo'lda bo'lganlarni ogohlantirishimiz kerak. Tabiiyki buni uslubi odobi bilan qilmasak teskari natija bilan qarshilashishimiz mumkin.

Musulmonlar -qardoshtir ,der ekanmiz, ko'cha ko'ydagi insonlarimizga ham shu ko'z bilan qarab, yondoshmas ekanmiz, na Dinimiz nada Jamiyatimiz rivojlanadi...

Qayd etilgan


Ansora  05 Noyabr 2009, 13:28:38

Joyida va uslubi bilan ogohlantirish yaxshi natija beradi. Shu o'rinda yilllar oldin boshimga kelgan voqeani aytib beray. 1 chi kursda edik va yotoqxonada qolardik qizlar bilan. Bir kuni tashqariga biroz yurish uchun chiqdik, hammamiz 17-18 yoshdagi qizlar, yotoqxonaga qaytishda birdan "Kim birinchi boradi", deb yugira boshladik. Hayajon bilan mendan oldinga ketayotgan onaxonni oldilaridan yugirib o'tdim. O'zim ham g'alati bo'lib ketdim. Onaxon kulimsirab, bolam menga shunday qildingiz, boshqa ayolga bunday qilmang, sizni onangizga ham shunday qilishsa qanday bo'lardi, dedilar....Men huddi yuzimga tarsaki yeganday yomon ta'sirlandim. Agar onaxon u yerda menga baqirganlarida balki men ham yomon javob bergan bo'lardim. Lekin ovozlaridagi mayinlik meni juda hijolat qildi va u kishidan uzr so'radim. Oradan yillar o'tdi. Hargal mendan oldinda hoh erkak hoha ayol bo'lsin, shoshilich ishim bo'lsa ham yo'lini kesmaslikka harakat qilaman, chunki onaxonni gaplari esimga tushaveradi.
Alloh o'sha ayoldan rozi bo'lsin, vaqtida kichik ko'rinsa ham meni bir xatoimni tuzatdilar. Chunki keyinchalik sabrsiz birining yo'lini to'sib,ko'ngilsiz voqealar boshimga kelishi mumkin edi....

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 14:01:30

Shu holatning sabablari haqida nima deya olasizlar?

Qayd etilgan


Ansora  05 Noyabr 2009, 14:12:43

Munira xonimning aforizmlar sahifasida yaxshi gaplari bor edi, "agar farzandlaringizda yomon odatlar boshlangan bo'lsa o'zingizni bir hisob-kitob qiling", degan. Nima uchun farzandlarimiz shunday yo'lga tushdilar, deb o'ylashimiz kerak. Takror aytaman, ko'cha ko'ydagi insonlar tamoman begona emas! Agar u to'g'ri yo'lni topa olmayotgan bo'lsa avvalo men nima qilyabman bu inson uchun, deb so'rashimiz kerak. Dinimizda : Qo'shnisi och ekan, to'q yotgan bizdan emas, degan Hadisi Sharif bor, hammamiz bilamiz. Qo'shnisining qizi yomon yo'lga tushishga boshlagan ekan, meni qizim uyda o'tiribdi-yu aqilligina deb o'ylamasligimiz kerak.
Balki siz shu qiz bilan imtihon qilinayotgandirsiz. Ustidan kulib, yoki g'iybatini qilib orqasidan gapirish ishning eng oson yo'li. Hech bo'lmasa (agar unga bir narsa desam noto'g'ri tushunadi, deb istihola qilsangiz) uning haqqi uchun duo qilib, ko'z yoshi to'kish qo'limizdan keladi-ku.
Yaqinda bir kino ko'rgandim. Rosa ta'sirlandim. Yomon yo'ldagi bir ayol mahalla iymomini yoniga yordam so'rab keladi. İymom ayolni bu yo'ldan qaytarish uchun, unga to'g'ri yo'lni ko'rsatish uchun qo'lidan kelgan hamma narsani qiladi. İymomning jamoati, oilasi unga dushman bo'lishadi. "Sen nima uchun u ayolga yaqin muomala qilyabsan", deb.

İymomni juda ta'sirli gapi bor edi: "Alloh butun gunohlarni avf etar ekan, men kimman. Meni vazifam insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatish"...

Qayd etilgan


Ansora  05 Noyabr 2009, 14:23:09

Shu holatning sabablari haqida nima deya olasizlar?

Sabablariga kelsak, men shunday deb o'ylayman: Avvalo halol-harom rizq masalasiga diqqat etmasligimiz. İnsonni me'dasiga harom kirsa, u insonga harom ish ishlatmaguncha badaniga butunlay singmas ekan...

Qolaversa- xozirgi kunda televizorda berilayotgan turfa hil kinolar ham yoshlarning odob-ahloqini buzyabdi. Biz ota-onamiz bilan birga o'tirib kino ham ko'ra olmasdik, kim biladi balki qahramonlar bir-biri bilan ortiqcha yaqinlashib yuborishar, deb qo'rqardik...


Qayd etilgan


Mas'ud  05 Noyabr 2009, 19:22:12

Buning sabablaridan yana biri oilada farzandlarga bo'lgan e'tibor, xususan tarbiyaga ot-onalarning vaqt topa olmasligidir... Agar tarbiya qila olmas ekan, nega keragi bor unday farzandlarni dunyoga keltirib? Ota-onalikning eng birinchi sharti - bu solih farzandlarni tarbiyalash-ku... Qandaydir yaraq-yuruq, sharaq-shuruqlar sotib olish uchun ishlaymiz-u, farzandlarga har kuni 1 soatgina vaqt ajrata olmasak, qanday musulmon bo'ldik?...

Ma'lumki, farzandning yurish turishi nafaqat oila, balki u mansub bo'lgan jamiyat (sinfdoshlar, dugonalar) muhiti ta'sirida ham bo'ladi... Agar mana shu kichik jamiyatning ta'siri oiladagidan kuchliroq bo'lsa, tarbiya buziladi... Shu sabab ham, farzandlarning do'stlari kim ekaniga ham katta e'tibor berishimiz kerak. Boshida unchalik ko'zga ko'rinmagan ushbu noqislikni tuzatmasak, kelgusida katta muammolar kelib chiqishi turgan gap... Kerak bo'lsa, o'sha yaqin dugonalar, dostlarning oilasi bilan ham tanishish kerak, va shu orqali ikki farzandning ham tarbiyasini to'grilash mumkin.

Yana bir masala, farzandlarning bo'sh vaqtini foydali saflashga bo'lgan e'tibordir... Ularning bo'sh vaqtlarini, kerak bo'lsa, majburiy tarzda kitob mutoala qilishga o'rgatish kerak... Chunki, buzilgan jamiyatdan ko'ra, kitobdan olinadigan ma'naviy foyda ko'proq va kerakiliroqdir... Hozirda yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishning susayib ketgani - bizning eng nozik nuqtalarimizdan biridir... Chunki, kitob o'qishdan to'xtgana odam fikrlashdan to'xtaydi... Fikrlashdan to'xtagan inson esa - manqurtdan o'zga narsa emas; o'zi tushib qolgan jirkanch jamiyatning abadiy a'zosizga aylanadi... (alloh shunday bo'lsihdan saqlasin)...

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Noyabr 2009, 19:51:48

Dolzarb mavzulardan biri...

JaruleUZB va Kapalak ning gaplariga qo'shilgan xolda man ham etmoqchimanki...
Ota-ona farzandiga kuniga 1-2 soat yoki payshanba-hapshanba kuni emas, balki har soniyada shu farzand bilan mashg'ul bo'lishi kerak.
Albatta ishdamiz, boshqa yumushlarimiz bor.
Lekin ota-ona avvalo Allohdan farzandini toparmand tutarmand bo'lishini emas, balki solih, ko'zni quvnatadigan farzand bo'lishini so'rab duo qilishi kerak.
Kngi o'rinda JaruleUZB aytganlaridek atrofida kimlar bilan muloqot qilayotganini nazorat qilishimiz zarur.
Kapalak opa aytganlaridek TV ga ham e'tibor berishimiz zarur.
Bolaning ko'zi qancha haromga ko'p tushsa, unga nisbatan qiziqish paydo bo'ladi.
Bu tabiiy hol bob qoladi u uchun.
Bekorchi qolishidan ehtiyot qilish kerak, hamma yomonliklar bekorchilikdan keb chiqadi...

Qisqasi bolamizni har soniyada nazorat qilishimiz kerak.
Yonida bo'lmagan vaqtimizda esa hech yo'qsa uning haqqiga, yani uning haq yo'lda yurishi uchun duoi-fotiha qilishimiz zarurdir.
Onaning farzandi uchun qilingan duosi qaytarilmaydi. (Hadisdan)

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Noyabr 2009, 15:33:27

Assalamu alaykum.
Shoir,Alloh sizdan rozi bo'lsin. Juda muhim muammo bu hozirda. Qizlarning hayodan yiroqlashishining sabablari juda ko'p. Eng birinchi sabab Kapalak aytganlaridek TV va ota-onalarning vaqti yo'qligidir. Ota-onasidan ololmagan narsani farzand Tvdan, ko'chadan, sinfdoshlaridan, do'stlaridan qidiradi. Va tabiiyki, o'z nafsiga ko'proq yoqqan tomonini oladi. Bu esa fojea.
Yaqinda bir voqeani guvohi bo'lgandim. Namangandan Toshknetga kelayotgandik, shaharga yetib keldik. Haydovchi mashinaga nimadir bo'lgani sabab tushdi, men ham bolalarim bilan oyoqni chigalini yozish uchun mashinadan tushib chetga chiqdik. Shunda birdan yo'l chetidan kelayotgan qizni dugonasiga baqirganidan hammamiz cho'chib tushdik. Nega baqirdi deb hamma o'sha tomonga qaradi. U qiz bechora yo'lni narigi tarafida bir koreys yigitini ko'rib, uni qaysidir serialni qahramoniga o'xshatib qichqirgan ekan....Yana gapi hammasidan o'tib tushdi:"SHu, koreys yigitlari muhabbatda zoooooo' bo'ladide" desa qotib qopman.
Bu qiz o'zi muhabbatni nimaligini tushunarmikin deb qoldim.
Shunaqa endi voyaga yetayotgan qizlarimiz oilasidan ibrat topolmasa, tarbiya topolmasa film qahramonlariga havas qiladi-da.
Buvilarimiz aytishardi:"Bolam, erkak ko'chani odami, ayol esa uyni..." "Erkak yursa yo'li ochiladi, ayol yursa....."
yoshligimda hayron qolardim bu gapni eshitib. Haqiqatan erkak kishi ko'chani odami ekan. Butun oila tashvishlari, moddiy tomondan ta'minlash erkak bechoralarni bo'ynida. Alloh bergan rizqni topaman, deb kechasiyu kunduzi jonlari xalak. Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Lekin ayol o'z vaqtini eng ko'p qismini bolasi uchun sarflamas ekan, undan o'zi orzu qilgan kishi yetishib chiqmaydi. Agar ONA bolasini haqiqiy INSON bo'lishini orzu qilsa albatta...


Qayd etilgan


Nоdirbek  16 Noyabr 2009, 21:48:51

Assalamu alaykum, mavzu muallifidan Alloh rozi bo'lsin, bugungi kunda uchraydigan xatarli shuningdek oldini olish kerak bo'lgan muammolardan birini ko'taribsiz.
Menimcha ota-onalar dunyo orqasidan yuguravermay farzand tarbiyasiga ozgina vaqt ajratishsa bunday holatlar umuman ro'y bermaydi, shuningdek akalar ham singillari ko'chada yurishiga e'tibor berishi kerak menimcha.

Qayd etilgan