ODDIY HAQIQATLAR...  ( 109769 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 19 B


Mahdiyah  06 Noyabr 2009, 07:34:14


Bu mavzu oldin ham bor edi...
Lekin topa olmaganimiz sababidan qaytadan ochdik  :)

Bu mavzuda hayotimizda biz ko'pincha e'tibor bermaydigan, balki qiziqarli, balki kulgili, balki achchiq ODDIYGINA HAQIQATLARNI yozamiz.
Bu o'z fikringiz, bo'layotgan voqealarga o'z qarashlaringiz yoki boshqa bir odamning fikrilari ham bo'lishi mumkin.

Unda boshladik...

"Qalbimda bo'lsa bo'ldi" ga qarab ish tutilganida,
Rasululloh  :sw: kechasi turib namoz o'qimasdilar...
Ramazonni intiqlik bilan kutmasdilar...,
kuniga 70 marotaba Allohdan avf so'rab duoi-iltijo qilmasdilar...,
xatto o'lim yoqasida ham ummatga "namozga e'tiborli bo'ling, namozga e'tiborli bo'ling, namozga e'tiborli bo'ling" deb qayta qayta ta'kidlamasdilar....

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Noyabr 2009, 07:35:35

3 oyat bo'lsin, 10 oyat bo'lsin, yodlanayotgan surani Zam qilmaguningizcha baribir yodlay ololmasakansiz  
(hayotiy tajribadan) :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Noyabr 2009, 01:34:56

Тикилинч автобусга чикким келмай маршруткани кутдим. Маршрутка келгунича 2 та автобус утиб кетди.
Хулоса: Дараги йук маршруткадан бурнингни тагида тухтаган накд автобус схши :)))

 :D  :D  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Noyabr 2009, 01:59:09

Qiziq holat, qabristonga kirsak qo'rquv bosadi...

KImdur etganakan o'liklardan emas, tiriklardan qo'rqqin dib

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Noyabr 2009, 02:04:34

Alloh rahmat qilsin Hijiboy Tojiboyevning ko'p gaplarida oddiygina HAQIQATLAR juda ko'p edi

-Hojiboyaka 1 bilet tashab ketin...
-San ko'chada balon ko'tarib yurmisanku, man ham bilet ko'tarib yurmiman
Man balon olish uchun bozorga tushdimmi?
shuning uchun san ham bilet kere bo'sa Halqlar do'stligi saroyi kassasiga borasan
 ;D


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=EsMmphHLQag" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=EsMmphHLQag</a>

Qayd etilgan


Kumush  07 Noyabr 2009, 11:58:30

А аҳматлик самимий инсон сди. Лекин унинг ҳажвлари, қолдирган саънати абадий бархаёт.

Сснгги манзилга кузатиш...

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Muvahhid  07 Noyabr 2009, 18:41:28

"Ota-ona bilan Vatanni tanlab bo'lmaydi !!!"

Agar ALLOH taolo shularni ham tanlash imkoniyatini berganda edi,odamlar nima ishlar qilmasdi !!?...

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Noyabr 2009, 07:11:50

Ilk ko'rgan insoningizni tashqi ko'rinishiga qarab ".... inson bo'lsa kerak" deb baho berasiza?
Lekin man shuni bildimki bu narsa 90% xatto undan ham ko'p xolda yolg'on ya'ni aksi bo'lib chiqarkan.

Balki Alloh bu bilan insonni sinasa kerak?
Chunki tashqi ko'rinish ming chiroyli bo'lsin, aql, aytganiga amal, muomila odobi bo'masa hammasi bekor ekan.

Xulosalarda shoshilmaylik...

Qayd etilgan


lolo  10 Noyabr 2009, 07:32:49

Assalamu alaikoum!
Darhaqiqat, Hojiboy Tojiboy (Alloh rahm qilsin) ning gaplari oddiy haqiqatlar edi. Uning gaplari kulgili ko'ringani bn aslida odamlar juda soddaligi, qiziqligi, yoki ularning ahvoli achinarli ekani va hokazolar ko'rsatiladi.
Masalan, hozirgi yoshlarga berilgan savol va uning javobi:
- Isming nima?
- Variantlar bormi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Noyabr 2009, 05:43:58

Yana bir oddiy haqiqat...

"Ro'mol o'ravoptide gapirishini qaren...
Kecha masjidda ko'rgandim tuppa tuzuk yigitga o'xshagandi, o'zi g'irt bezori ekan...
Azon etadide ham sigaretni kanda qimidi...

Kecha yurudi dovdirab, bugun dindor bo'b qopti..."


Shunaqa gaplarni ko'p eshitamiza?

Lekin bir narsani unutamiz...
Ro'molli bo'gani bilan, namozxon bo'gani bilan, muazzinlik qilgani bilan u ham bir INSON!
FARISHTA EMAS!
Unda ham nafs bor, unda ham jaxl atalmish minnima bor...

Hamma ro'molliyam namozhon ham ideal bo'lavermaydi.
Unda dunyoni qizig'i qatta qoladi?
Inson farishta bn teng bo'b qoladiku!

Bu bilan muazzin sigaretini tortib yuruvirsin, namozxon so'kib yuruvirsin, ro'molli og'ziga keganini gapiruvirsin dimayabman.

Shunchaki uni tashqi ko'rinishiyu, amaliga baho bergandan ko'ra o'zimizni o'nglaylik avvalo, chunki amali uchun ertaga qiyomatda u sizga otchyot topshirmidi...
Qo'rqmang bu g'am sizni bo'ynizga tushmidi!

Undan hisob-kitob qiladigan ZOT bor.


Qayd etilgan