Unda dunyoni qizig'i qatta qoladi?
Inson farishta bn teng bo'b qoladiku!
Subhanalloh! Mahdiyah ?!
O'zizmisiz? Sizzi tanimayamman!!!
Qaysi kalla bn fikr yuritvas? Nima manbalar asosida gaprvas?
Kim etti dunyo qiziqarli ekanini?
Nima qipti farishtaga o'xshab qosak?
Farishta bn odamni farqini bilasizmi?
Sizga maslahatim "Ahli sunna val jamoa ADIQASI"ni o'qib o'rganin!
Shunda inshaalloh ko'chadagi g'iybatlar bn ishiz bo'miy qoladi.
Assalamu alaykum.
Suhbatlaringizga aralashganim uchun uzr...
Mahdiyah bu yerda umuman boshqacha ma'noda yozganla, lolo siz to'g'ri tushunishga harakat qiling. Ko'chadagi g'iybatlar siz, unga, menga har bir ro'mollikka qaratilgan. Nima ishimiz bor deb yuraversak, biz hech qachon yaxshi tomonga o'zgarmaymiz. Dunyoni qizig'i qolmaydi, degan ibora esa, keng ma'noda aytilgan. Alloh bu dunyoni imtihon dunyosi qilgan. Kimdir farishadek yashaydi, kimdir hayvonsifat umr kechiradi. Agar hamma insonlar ham farishtadek yashaganda edi, bu dunyoda Islom,Iymon,Ibodat tushunchalarini qadri bo'lmasdi. Shu ma'noda aytilgan. Dunyo haqiqatan qiziq, bu yerda dunyoga muhabbat qo'yish haqida gapirilmagan. Shunchaki qiziqligi haqida gap ketgan. Allohning karomatu mo'jizalarni ko'rib, ulardan ibrat olishlik qiziq. Bolalarning beg'ubor ko'zlariga tikilib, ularni shirin so'zlarini eshitishlik va kulgilariga guvoh bo'lishlik qiziq. Xullas, bu dunyoni qiziq tomonlarini sanasak juda ko'p.
Keyin bu yerda biror manbaa asosida gap aytilmagan. Faqat shaxsiy fikr o'rtaga tashlangan. Ko'chadagi oddiy haqiqatlar aytilgan bu yerda. Siz ham guvoh bo'lgan bo'lsangiz kerak bunday narsalarga. Insonlar bir ro'mol o'ragan qizni ko'rishadi, ularni odob chegaralaridan (ISlom chegaralarini hali ular bilmaydilar)chiqqanini ko'radilar va:"MAna ro'mol o'raganni ahvoli, hammasi ham shu ro'mol o'rganlarni. Shuncha ro'mol o'raganni ko'rdim hali birorta tuzukrog'iga uchramadim...." bunday gaplarga biz juda ko'p guvoh bo'lganmiz. Bu kishiga juda og'ir botadi. Albatta, bu gapni gapirgan kishini saviyasi past. Lekin biz hammamiz bu narsaga ahamiyatsiz ketsak, ertaga hamma ishonadi ro'mollanganlarni shundayligiga. Biz birinchi bo'lib, o'sha kamchilik, u qilayotgan xato bizda yo'qmi deb o'zimzini isloh qilishimiz lozim. Ikkinchidan, shu gapni gapirgan ksihiga e'tirozimizni go'zal yo'l bilan tushuntirib, uni fikrini o'zgartirishga harakat qilishimiz lozim.
Xullas, gapirsa gap ko'p. Alloh barchamizni go'zal xulqlilar sohibasi qilsin.
Qiyomat kunida Hisob onida yuzimizni yorug' qilsin. Amiyn.