ODDIY HAQIQATLAR...  ( 76093 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 B


Mahdiyah  11 Iyul 2012, 03:49:53

Tug'ruqxonada hamma lol  :o
Bir ayol farzandini dunyoga keltirib, shu yerning o'zida farzandidan voz kechibdi.
Hammani og'zida shu gap...
Keyin bilsak qiz hali turmushga chiqmagan... viloyatdan kelib Toshkentdagi oliy o'quv yurtida 2 kursda taxsil olarkan...

Shunaqa qilib OLIY MA'LUMOTLI bo'lgandan ko'ra...
Xor qilgan zor bo'ladi!
Lekin eng katta xorlik bu farzandga zorlik!

Dunyoga yig'lab kelgan bu go'dakning umri yig'lash bn o'tmasin ishqilib...
Xarom ishni qilganlar boshqa-yu, "xaromi"san degan tandex bn katta bo'lmasin ishqilib...
ENG ASOSIYSI vaqti kelib o'zi ham onasi, YO'Q ONASI EMAS TUQQANI qilgan ishni QILMASIN!

Qayd etilgan


Хадича  20 Sentyabr 2012, 10:14:53

Ko'proq odamlarni kuzatishni yoqtiraman,aralashib yurgandan ko'ra,eshitaman,ko'raman... Shuni kuzatdimki,shuni bildimki, inson kimni gapirsa,kimni g'iybat qilsa,yomon ko'rsa ,shu narsa bir kun o'ziga qaytadi.... Alloh bir nimani sabab etib,shuni o'zini hayotida mavjud etib qo'yarkan. Darhaqiqat, Alloh eng adolatli zot...
Bir kelin erini akasini yomon ko'rardi...garchi,ichida saqlasa ham hammasini... Qiz tug'di... Uchinchi farzandi... Shu qiz xuddi quyib qo'yganday o'sha yomon ko'rgan qaynakasiga o'xshadi...ko'rganlar " Vay,xuddi Fazliddinga o'xshiydiyaaa"... Kelin xijolat bo'lar edi bu gaplardan...

Yana bir kelin mahallada bir maymoq bolani yoqtirmasdi... "shuni yurishi hech yoqmaydida,to'g'ri yursa bo'lmasmikan"
Yillar o'tib o'g'illik bo'ldi,o'g'li xuddi shunday yuradigan bo'ldi. Ming marotaba urushib,tanbeh berib ham o'zgartirolmadi... O'g'il: " O'zim shunaqa tug'ilgan bo'lsam,shunaqa yursam nima qilay" dedi... :(

Bir ayol o'zi katta hovlida yashashar edi. 3 xonalik tor uyda yashaydigan oilani gapirgan edi... " Tor uyda shuncha odam yashaydi. Meni yuragim siqilib ketadi..."
Yillar o'tib bittayu bitta qizi xuddi shunday 3 xonalik uyga kelin bo'ldi... Xonalari ham xuddi shunday...ajabo...

Misollar ko'p... Inson o'zi bilmay qolarkan goho hayotida uchrayotgan,kelayotgan nasibalariga,risqiga qaysidur ma'noda o'zi ham sababchi bo'layotganini... Ko'ngil pokligiga hech nima yetmas ekan...
Bular ham ko'zimizga ko'rinmas, e'tiborimizda ko'p hollarda chetda qolayotgan  oddiy haqiqatlar...


Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Yanvar 2013, 15:17:27


Inson boshiga qiyinchiliklar tushganida, yoki qiyin bir vaziyatda yashayotganida negadir bu narsa butun umr davom etadigandek tuyiladi...
Shu bn insonda noshukurlik, sabrsizlik paydo bo'ladi.
Aql yritilsa... o'zidanda qiyinroq axvolda qolganlar ham bu dunyoda talaygina ekanligini yodga olish, anglash bilan inson bu sabrizlik, noshukurlikni to'htatib qo'yishi mumkin.

"Hali shunday kunlar keladiki, bugungi kunimizni kulib-kulib eslaymiz..." InshaAlloh.

Alloh aql atalmish ne'matni berganiga qanchalar shukrona keltirsak shuncha oz!

Qayd etilgan


Muxsiya  28 Fevral 2013, 17:24:04

Qaytar dunyo
 Kunlardan bir kun ishxonaga yangi xodim keldi. U avval yuqori organda ishlab hozirda nafaqada ekan va bizga ishga kelibdi. Kelgan kunidanoq hech kimni mensimas(hatto rahbarniyam) o'zini hammadan ustun qo'yar edi. yoniga ish bilan kirgan odamlarni jerkib, mensimay hatto vazifasi bo'lsa ham bajarmas edi. Ishxonamizda rahbar har doim bizning xonamizni maqtar eng shinam va ozoda xona deb aytardi. chunki xonamizni o'zimizning 2-uyimiz bilib ishga kelib avvalo xonani tartiblar tozalab(garchi farroshlar tozalagan bo'lsa ham) keyin ishni boshlardik. Nima bo'ldiyu o'sha yuqori tashkilotda ishlagan odam bizning xonamizga ko'z tikdi. Rahbarni qanday ko'ndirdi bilmayman har qalay biz boshqa xonaga ko'chishga majbur bo'ldik. Bundan judayam achchiqlandim chunki yangi xona tor bo'lib aksariyat jihozlarimiz avvalgi xonada qolib ketdiva bir odam kompda ishlayotganda ikkinchisi o'tirib kutish kerak edi. Yangi xonani artib narsalarimizni joylar ekanman judayam jahlim chiqdi kelganiga bir oy bo'lmagan xodim bizni sarson qilganiga. oradan hech qancha vaqt o'tmadi, yangi xodimni qanchalik bizni xonamizda ishlagisi kelmasin, buyurmagan ekan. Uni o'sh o'zi ishlagan yuqori organ odamlari o'sha xonadan kishanlab "olib ketishdi" hozir hammasi iziga tushib ketgan lekin baribir har safar shu voqea esimga tushsa bu dunyoning qaytar dunyo ekanligini yana bir bor yodga olaman.

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  11 Mart 2013, 01:51:05


Inson oziq ovqatlarsiz 2- oy yashar olar ekan.
Oziq ovqatlar bilan tahminan 80- yil...

Inson suvsiz uch kun yashay oladi ekan.
Suv bilan tahminan 80 yil...

Inson havosiz bir necha daqiqa yashay oladi ekan.
Havo bilan tahminan 80 yil....

Inson Allohsiz 80 yil yashay oladi ekan
Alloh bilan esa abadiy....!

Qayd etilgan


Muxsiya  11 Mart 2013, 09:06:24

yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha qilmoqchiman
Ona bolasidan har daqiqa havotir olib, bolasi haqida qayg'uradi
Bola esa onasini Aqalli bir kunda bir marta ham eslamasligi mumkin

Qayd etilgan


Muxsiya  11 Mart 2013, 09:17:07

jiringlayotgan paytida telefondan uzoqroqda bo'lsangiz telefon yoniga yetib borishingiz bilan chaqiruv to'xtaydi

Qayd etilgan


Muxsiya  11 Mart 2013, 09:20:15

to'liq ko'rolmagan serialingizni takror namoyishidayam aynan kecha ko'rgan joyingizdan boshlab ko'rasiz

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  13 Mart 2013, 00:11:17

Quyosh sistemasini Kim yaratgan bo'lsa, pashshani qornidagi ovqat hazm qilishni sistemasini ham U yaratgan.

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  16 Mart 2013, 09:35:47

Hali qiyomatda SubhanAlloh degan so'zni ham savobiga zor bo'lamiz

Qayd etilgan