ODDIY HAQIQATLAR...  ( 109764 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 19 B


Mahdiyah  03 Yanvar 2010, 12:26:22

Bir kuni Umayya ibn Xalaf Bilolni yoniga chaqirdi-da so'radi:
"Mana men senga uy-joy berdim, kiyim-kechak berdim. Qorning to'q usting but yuribsan. Lekin Muhammad senga nima berdi?"
Bilol roziyallohu anhu javob berdilar: "HOTIRJAMLIK"


Bizda esa bu hotirjamlik ko'p narsalarda yetmayotganligi bilinmoqda...

Qayd etilgan


Hadija  03 Yanvar 2010, 20:35:32

Allohga sevimli ishlar uchta:  Qasos  olishga qodir bo‘laturib  kechirish , g‘azabi kelganda o‘zini bosish, Allohning bandalariga muloyim bo‘lish. Kim Allohning bandalariga muloyim bo‘lsa unga ham muloyim bo‘linadi. (Umar ibn Abdulaziz)

Ҳозиргина форум.ислом.уз да бир мавзу сқистганимда юқоридаги ҳикматли ссзларни сқиб қолдим!
Ааҳотки Аллоҳга севимли бслишимиз шунчалик қийин, наҳотки бир-бировимизни кечиришимиз, тушунишимиз, сшитишимиз қийин?

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Yanvar 2010, 08:07:08

Aslida hayotta shunaqa yashash kerak ekan...
Dardi boru... Baxtiyor
....


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=cuT7Mw3bhQw" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=cuT7Mw3bhQw</a>

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  11 Yanvar 2010, 17:03:28

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Eng oddiy haqiqatlar: eng shirin narsa bu - so'z, eng achchiq narsa ham - so'z;
Afsuslanarlisi shuki, bu so'zlar og'iz atalmish maskandan chiqib keladi. Bu ikki so'z bir-biriga naqadar yaqin, buning ustiga hech ajralmaydi. Mana shu "hech ajralmaydi" degan so'zimiz qiyomatgachadir. Bu - haqiqat!
                              Mavjudotlar ichida eng yovuzi ham - odam bolasi, eng yaxshisi ham - odam bolasi. Odam bolasi qilgan ishlarni qilishga hattoki Iblis ham ikkilanadi. Yana ham Olloh mehribondir! Bu - haqiqat! Haqiqat bo'lganda ham oddiy haqiqatlardir. ( Mening shaxsiy fikrim )

Ushbu fikrlarimni ommaga taqdim etganimdan so'ng, meni bir narsa yana yozishga, qo'shimcha qilishga majbur qildi. Oddiy haqiqatlar yana biri insonning insonligidir. Inson o'z nomi bilan insondir, ya'ni esdan chiqaruvchidir. Biz har bir narsani, har holatda esdan chiqaramiz. Xoh u yaxshilik bo'lsin, xoh yomonlik... ! Hattoki umr bo'yi orzu qilgan narsamizni ham vaqti kelsa unutamiz. Bilsangiz edi talaba bo'lishni qanchalik orzu qilgan edim, ayni damlarda esa talaba so'zi menga shunchaki oddiy holat, bo'lishi oson bo'lgan narsadek xolos. Bu hislarni yana jonlantirishim va buning qadriga etishim uchun o'sha davrga qaytishim va yurakdan his qila olashim kerak. Bu nima bo'libdi, bundanda dahshatlirog'i bor. U ham bo'lsa kishi o'zini kimligini unutib qo'yishidir. Ba'zida unutib qo'yamiz kimligimizni! Yoki yolg'onmi? Bir-birimizga bo'lar bo'lmas so'zlar aytishimiz, tortishishimiz, buning ustiga bir-birimizni haqoratlashimiz. Mana shu kimligimizni unutib qo'yganligimiz emasmi? Mana qayerda oddiy haqiqatlar.

Mening shaxsiy fikrim: Xamma bir biridan haqiqat talab qiladi, haqman deb da'vo qiladi. Haq aslida siz ham emas, biz ham emas, xoh siz yaxshi bo'ling, xoh biz yaxshi bo'laylik, baribir biz haq emasmiz. Haq bitta ,u ham bo'lsa OLLOHdir. Mana bu - haqiqiy HAQIQAT! Nima dedingiz aziz yurtdoshim!
 

Ollohim har bir bandani hidoyat sari boshlasin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


Shokir63  11 Yanvar 2010, 20:09:31

Oddiy narsa buzilsa, natijasi ham oddiy bo'ladi. Murakkab narsa buzilsa natijasi ham murakkab bo'ladi. Masalan, sut buzilsa ham ishlatish mumkin, lekin buzilishi qiyin bo'lgan yog' buzilsa, zaharga aylanadi.

Insonni hayvon bilan solishtirilganini ko'ramiz. Hayvon buzilsa nari borsa qutirgan hayvon bo'ladi. Inson buzilsa hayvondan battar bo'ladi.

Odam bolasi eng yovuz mavjudot deb umumiy gapirmay, odamiyligini yo'qotganlar eng yovuz mavjudot desak, yaxshiroqdek nazarimda, chunki odam bolasi orasida yovuzlikdan sira nasiba olmaganlar ham ko'p, ularning sultoni Payg'ambarimiz (s.a.v), hech qachon hech kimga yovuzlik qilmagan edilar. U kishining yo'llarida bo'lganlarni ham Alloh hivzu panohida asrab, yovuzlikdan yiroq tutsin.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Yanvar 2010, 07:10:22

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Oddiy haqiqatlar haqida o'y sura turib, bir narsa esimga tushib ketdi. Shu holat meni juda hafa qiladi.
    Issiq jonda isitma bo'ladi deganlaridek, hamma ham kasal bo'ladi. Keyingi paytlarda, ya'ni esimni taniganimdan beri desam ham mubolag'a qilmayman, odamlar og'zida yangi atama paydo bo'lgan, balkim avvaldan bordir, lekin men yaqindan beri bilaman. Birov kasal bo'lsa yoki uzoqroq yotib qolsa,

     - " Duxtirga ko'rsatdilaringmi "? - deb so'rashishadi.
     - " Ha ko'rsatdik, duxtir qurg'ur ham topa olmayapti dardini, bilmasam eskicha qildirsakmikan." - deb javob bergandek bo'lishadi. Xol so'ragich ham,
     - " Ha, eskicha ham qildirib ko'ringlarchi, zora tuzalib ketdi. " - deb qo'shimcha qilib qo'yadi.

    Kundalik hayotimizdan bir parcha keltirdim xolos. Va "Eskichasi" qanaqa bo'lar ekan deb, o'zimga o'zim savol berib qo'yaman. Bunday e'tibor berib qarasam, ular eskicha qildiraylikchi deb mullo huzuriga olib borishar ekan. Olloh davosini bersin har dardni, hech kim kasal bo'lmasin Ilohim! Biz o'sha mullolarimiz o'qigan kalomlarni eskicha deyapmizmi? Dinimiz eskicha bo'ldimi? Islom eskicha bo'ldimi?  Balkim men noto'g'ri anglagandirman. Ilohim, noto'g'ri anglagan bo'layda ishqilib!

Biz bandalaringni Ilohim hidoyat sari boshlagin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Yanvar 2010, 07:36:54

O'shnaqa diganlarni o'zi ESKI!

Man ham ko'p eshitaman bunaqa gaplarni yoshligimdan.
O'ylab qarasak o'zlari eskicha fikrlaydilar.
Sobiq tizim davridan qolgan "odatlarini" maqullashdan uyog'iga o'tishmaydi.

ISLOM ESA HAR DOIM HAQ VA YAGONA DIN BO'LGAN VA QIYOMATGA QADAR SHUNDAY BO'LIB QOLADI! U ESKIRMAYDI, U HAMMA ZAMONGA MOS, HAMISHA YANGI (boshqa dinlarga o'xshab o'zgartirilmagan)LIGICHA QOLADI

P.S. Hichqanaqa mulloham, doktor ham insonni Alloh hoxlamasa davolay olmaydi.
Ko'pchiligimiz shu narsaga ahamiyat bermaymiz aslida (bu diganim kasal bolib o'ranvolib yotish kerak degani emas)

Qayd etilgan


Hadija  24 Yanvar 2010, 05:21:16

Inson qachon bir odam halok bo’lib, yo’q bo’lib ketganidan keyin ko’zi ochiladi.
Ba’zi insonlar bo’ladi ko’zi yumilgandan keyin ochiladi va ba’zi odamlar bo’ladi ko’zi yumilganda ham ochiq bo’ladi. Insonlar bor o’lgandan keyin tiriladi, insonlar bo’ladi o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi.Hayotda ohiratga intilib yashagan odam o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi. Chunki nomi doim yaxshilik bilan zikr qilinadi.
"¦ va biram-biram odamlar bor, dunyoni ketidan quvgan, ular tirikligida ham birovga foydasi tekkanmas, tirikligida o’lik bo’lgan"¦
Alloh subhanahu taolo ibrat olishga nasib qilgan bo’lsin!
Abdug'ani qori ma'ruzalaridan

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Yanvar 2010, 08:05:11

Inson qachon bir odam halok bo’lib, yo’q bo’lib ketganidan keyin ko’zi ochiladi.
Ba’zi insonlar bo’ladi ko’zi yumilgandan keyin ochiladi va ba’zi odamlar bo’ladi ko’zi yumilganda ham ochiq bo’ladi. Insonlar bor o’lgandan keyin tiriladi, insonlar bo’ladi o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi.Hayotda ohiratga intilib yashagan odam o’lgandan keyin ham tirik bo’ladi. Chunki nomi doim yaxshilik bilan zikr qilinadi.
"¦ va biram-biram odamlar bor, dunyoni ketidan quvgan, ular tirikligida ham birovga foydasi tekkanmas, tirikligida o’lik bo’lgan"¦
Alloh subhanahu taolo ibrat olishga nasib qilgan bo’lsin!
Abdug'ani qori ma'ruzalaridan


Shu maruzani davomida o'lib lekin hamon tirik yashayotgan insonlardan biri imomi Al Buxoriy ekanligi aytiladi.
Shu inson hayoti davomida hozirgilarga o'xshab qasrlar qurmadi, xatto 1 gina uy ham ko'tarmadi, oxirat uchun yashadi... pul yig'madi...
Lekin hamon TIRIK

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 06:49:58

Xayot bir teatrdir, insonlar undagi akterlardir.
Shekspir


Shekspir akaning gapida ham jon bor. Bu yerda ham har xil rollar bor: biri yaxshi, biri yomon, biri qiziq, yana boshqasi...
Ba'zi insonlar rolni qoyilmaqom bajaradilar. yuz ifodalaridan esa soxta nur, ichkarilari esa...
Kimdir rolni sidqidildan ado etadi, kimdir yuzaki.
Kimdir o'zini ming xil qiyofada namoyon qiladi, yana kimningdir o'z qiyofasi ham yo'q.
Kimdir tomoshatalab, boshqasi qarsakboz...

Qayd etilgan