Muallif Mavzu: ODDIY HAQIQATLAR...  ( 69077 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #60 : 25 Yanvar 2010, 06:50:31 »
Hojiboy Tojiboyevdan:

Bir Yangiqishloqlik yigit Moskvaga borgan ekan. Qattiq sovuqda dildirab, qaltirab, ostanovkada tursa, bir us yigiti kastyumchan bo’volib, marojniypurushni oldiga borvolib, qarsillatib qattiq sovuqda marojniy yeyaptikanmish.
O’zi – 40 C sovuq, yana marojniy yeyaptikanmish.
Haligi o’zbek yigitini jaxli chiqib:
-Manga qara, san nima odmni ustidan kulyapsanmi? Shundoq ham sovuq, san boyadan beri mani ro’paramda turib qarsillatib marojniy yeyabsan, - debdi.
Rus yigiti:
-Nima qipti? San qayerdansan o’zi? – deb so’rabdi.
O’zbek yigiti:
-O’rta Osiyodan. Yangiqishloqni bilasanmi?
Rus yigiti:
- Yangiqishloqni bilmimanu, lekin agar O’rta Osiyodan bo’lsang eshit: Sizlar yozda, jaziramada + 50 C issiqdayam qaynagan choy ichaslayu, biz indamayapmizku – debdi.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #61 : 25 Yanvar 2010, 06:55:49 »
ILOJNOMA


Xastaning ismi sharifi: Muhammad ummati
Yashash manzili: Yer yuzi
Yoshi: 1400
Xastalik sabablari: Hasad, g’iybat, shirk, dushmanlik, kibr, yolg’on, riyo, hirs, zulm, shaytonga bo’ysunmoq, qo’rqoqlik va hokazo
Muolaja va tavsiyalar:
1. Sog’lom imon va amali solih (doim).
2. Qur’on o’qimoq va anglamoq (har kuni uch mahal).
3. Namozni xushu’ va xuzu’ bilan ado etmoq (har kuni 5 mahal).
4. Ilm olmoq (har kuni 2 soat).
5. Allohni yod etmoq, zikr qilmoq (doim).
6. Faqat halol yemoq (har kuni 3 mahal).
7. Oz yemoq, oz gapirmoq va oz uxlamoq (doim).Va boshqa “salomatlik qoidalari” ga amal qilmoq.
Bosh tabib: Quro’ni Karim va hadisi sharif.

“San kimsan” kitobidan :D
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #62 : 25 Yanvar 2010, 14:55:16 »
OXIRAT HAVO YO’LLARI

Parvoz joyi: Dunyo
Qo’nish joyi: Oxirat
Uchish soati: Doimiy
Yo’lovchining ismi: Inson
Jinsi: Tuproq
Manzili: Dunyo
Chiptalar faqat borishi uchun.
Birga olib ketishi mumkin bo’lgan narsalar:
-5 metr oq mato;
-Solih amal;
-Foydali ilm.
Yo’lovchilar bundan boshqa narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur’oni karim va hadisi sharifdagi ko’rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi.
Safar davomida kun tartibiga qo’yiladigan masalalar: umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o’tkazding, mol-dunyoni qaysi yo’l bilan topib, qayerga xarjlading va ALLOH UCHUN NIMA QILDING???
Eslatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog’laganlar uchun safar bexatar bo’lishi kafolatlanadi!

Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishdi.
Boylik aytdi:
- Agar men yo’qolib qolsam saroyda bo’laman.
Ilm aytdi:
- Agar men yo’qolib qolsam masjid va madrasada bo’laman, o’sha yerdan izlang
- Agar men yo’qolib qolsam, - dedi Or-nomus, - izlab o’tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.

Musulmonlar taqvim kitobi 2003 (1424) III chorak
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #63 : 25 Yanvar 2010, 14:57:22 »
Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o‘lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lur edi:

57 osiyolik
21 yevropalik
14 amerikalik (shimoliy va janubiy)
8 afrikalik

ularning
52 nafari ayol
48 nafari erkak

70 tasi oq bo‘lmagan tanli kishi
30 tasi oq tanli kishi

6 kishi dunyodagi ja’mi boylikning 59%iga egalik qiladi va ularning bari AQShlik kishilar bo‘ladi

80 kishida yetarli uy-joy sharoiti bo‘lmaydi
70 kishi savodsiz
50 tasi to‘yib ovqatlanmaydi
1 tasi o‘ladi
2 tasi tug‘adi
1 kishi kompyuterga ega
1 kishi oliy ma’lumotli bo‘ladi.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #64 : 25 Yanvar 2010, 14:57:57 »
Agar dunyoga shu nuqtai nazar bilan qaralsa, birdamlik, bir-birini tushunish, sabru qanoat va ma’lumotga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ladi, bu haqda o‘ylab ko‘ring;

Agar tongda ikki muchangiz sog‘-omon uyg‘ongan esangiz, demak, siz ko‘zini bundan buyon ocholmaydigan 1 million kishidan baxtiyorroqsiz.;

Agar boshingizga urush olovi, turmadagi yolg‘izlik azobi, qiynoq va ochlik talvasasi tushmagan bo‘lsa, demak siz bu dunyodagi 500 million odamdan ba’tiyorroqsiz;

Agar siz ibodat qilishga hayiqmay borayotgan, hibsga olinish yoki o‘lim sharpasini sezmayotgan ekansiz, demak, dunyodagi 3 milliard odamdan baxtliroqsiz;

Agar muzlatgichingizda yeyishga ovqatingiz, kiyishga kiyimingiz va yotishga yotog‘ingiz bo‘lsa, demak, dunyodagi 5% kishidan boyroqdirsiz;

Agar bankda hisobingiz, cho‘ntakda pulingiz va ozroq jamg‘rmangiz bo‘lsa, demak, bu dunyodagi badavlat 8 % odamlar toifasiga kirasiz;

Agar siz ushbu matnni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, yana ikki karra baxti kulgan insonlardan biri ekansiz, negaki
1)    kimdir siz haqingzida o‘ylaydi
2)    siz dunyodagi o‘qishni bilmaydigan 2 milliard odam sirasiga kirmaysiz va
3)    sizning kompyuteringiz bor!
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #65 : 25 Yanvar 2010, 14:59:04 »
Kimdir qachonlardir shunday degan ekan:

-    xuddi pul kerak emasday ishla
-    hech kim senga hech qachon ozor bermaydiganday sevishda davom et
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #66 : 25 Yanvar 2010, 14:59:38 »
Ayol kuchlimi Erkakmi!??
- Ayol kuchli, chunkli ayol kishida qirq tuyaning yuki bo'ladi.
Erkak kuchlimi Ayolmi!???
- Erkak kuchli, chunki qirq tuyaning yukini orqalab chopqillab ketaveradi. 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #67 : 25 Yanvar 2010, 15:00:17 »
Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz;

Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz;

Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz;

Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz;

Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz;

Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz;

Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz;

Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz;

Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz;

Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz.

Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz;

Biz ideal odamlar mavjudligiga ishonmaymiz va har kuni omma ichidan o'zimizni idealimizni qidiramiz;

Bizni metrodagi ertalabki tiqilinchdan ko'nglimiz ozadi, va biz har kuni platformada sabr qilib poyezd kutamiz;

Biz nima eshitishni o'zimiz tanlaymiz, va ko'chada ixtiyorsiz qandaydir "fabrikaga" jo'r bo'lamiz;

Biz har doim o'ylaganimizni gapiramiz va chin dildan tabassum qilishni deyarli unutdik;

Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz;

Biz dono gaplarni yaxshi ko'ramiz va o'zimizni o'zimiz tushunmaymiz;

Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz;

Biz tug'ilgan kunlarni yomon ko'ramiz va har doim ularni nishonlaymiz;

Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz;

Biz har doim hohlagan narsamizga erishamiz va hech kimga kerakmas bo'lib qolishga qo'rqamiz;

Biz shaxsiy kundaliklar tutamiz, va ular o'qilishini hohlaymiz;
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #68 : 25 Yanvar 2010, 15:01:18 »
Ey, haqiqiqiy risolat bulog’I qolib, sarob sari intilayotgan odam!… Ko’zingni och, g’aflat uyqusidan uyg’on…Etti qavat samolar uzra olamlar Xojasi tomonidan indirilgan mukammal dinga mukammal nigoh ila nazar sol… Islomni tor va beo’hshov, noqisu nomavzun qolipingga solib qo’yma…
   Ey, payg’ambar hadisiga ergashaman deya da’vo qilayotgan tolibi ilm!…
Da’voingni bir tekshirib ko’r. Hadisi shariflarning matni qolib sanadi bilan o’ralashmayotganmikin-san!.. Ichidagi ma’no qolib rijjolar qolibilangina mashg’ul bo’lmayotganmikin-san?!… Hadislar kitoblarini faqatgina tirnoqni ostidan kir qidirish, yahshilar nomini bulg’ash maqsadida titkilamayotganmikin-san?!
   Ey, Qur’on mening qonunim deya da’vo qilayotgan do’stim… Har safar Qur’on o’qiganingda o’zingni imtihon qil… Qur’onning hududlari g’olib huruflarini qoim qilmayotganmikan-san!?….
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #69 : 25 Yanvar 2010, 15:01:54 »
-   Ajabo, bir necha daqiqa masjidda naqadar  uzoq-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz.
-   Ajabo, qo’lingdagi ming so’m masjidga naqadar ko’p-u, bozorga naqadar oz.
-   Ajabo, duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi.
-   Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tadigan bo’lsa, naqadar hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz.
-   Ajabo, odamlarga juma ma’ruzasini esda saqlab, boshqalarga etkazish naqadar og’ir-u, ig’voyu mish – mishlarni tashib yurish naqadar engil.
-   Ajabo, bo’lar – bo’lmas mish mishlarga, cho’pchaklarga ishonamiz – u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz.
-   Ajabo, sevimli ko’rsatuv oldidan tayyorlanib, har qancha kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham, unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz.
-   Ajabo, serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib – pishib muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimaymiz.
-   Ajabo, har kim jannatga kirishni har qancha tama’ qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini qancha o’ylamaydi.
-   Ajabo! – O’zimizni to’g’ri  yo’ldamiz  deb bonglar uramiz-u, aslida to’g’ri yo’ldagilarga tosh otamiz!!!
-   Ajabo! – Din uchun biron narsa qilmadigu, lekin tinmayin dinga hizmat qilayotganlarga tosh otamiz!!!
-   Ajabo! – Ilmimiz hech vale, ulamolar go’shtini eymiz!!!
-   Ajabo! – Jannatning kalitini qo’lga kiritdik-mi, yo, eng to’g’ri yo’lda ekanimiz haqida vasiha oldikmi, va yohud Allohning rahmatini taqsimlovchilarga aylandikmi-ki, odamlarni anavi adashgan, manavi zalolatda deya sinflarga ajratishga tushdik?!.. Ajabo, buning o’rniga o’z nafsimiz bilan shug’ullansak bo’masmidi?!..
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #70 : 25 Yanvar 2010, 15:02:55 »
-   Salaflarga ergashamiz deya olamni buzayotganimizda beshak tillarimiz yolg’on so’zladi. Salaflar bizdan bezorlar. Biz bu pok nomga hali beri loyiq emasmiz…Chunki biz ular bilan faqatgina eshakning kuchi halolu, go’shti harom qabilida muomala qilmoqdamiz halos…
-   Ey, mangina to’g’ri yo’ldaman deya bong urayotgan bechora!.. Ko’zingni och!.. Dushmaning qolib do’stinnga tosh otma!.. Ahmadu Nu’mondek salaflaringni esla!.. Ibrat ol!.. Payg’ambarning ashobi hayotiga nazar sol, undan keyin o’zingga bir bora nazar sol, so’ngra yana bir bora ko’zlaringni o’zingga qaytar! Ko’zlaring noumid bo’lib o’zingga qaytmasin!..
-   Ilmni chuqurroq egalla!.. Kecha chiqqan, adolatini shubha bo’lgan mutaolimlar og’zidan chiqayotgan safsata-yu ig’volar karnayiga aylanib qolishdan ehtiyot bo’l!.. Salaflarga ergashaman desang kam gapirib ko’proq ilm ol. Ularni odobidan namuna ol. Taqvosidan bahra ol. Qalbingni ihlos suvi ila polka. Aks holda, bechoraligingcha qolib ketasan…
-   Senga ne bo’ldi-ki tiling zahridan, qiliching qahridan, nayzang saxmidan faqatgina musulmon birodarlaringgina ozor topmoqda?!..
-   O’zing ersan-u, osmonni qoralaysan!!! Hali o’zing qiyomatda qanday muomala ko’rishingni bilmaysan, gunohlaringga yig’lamaysan, biroq, gunoh ustiga gunohni shodlik ila orttirasan… Ulamolar qabriga g’isht tahlaysan, va buni risolat mohiyati deb o’ylaysan…
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #71 : 29 Yanvar 2010, 22:33:36 »
Nomoz qilaverib oyoqlari shishgan Payg'ambarimiz :sw:ning, Uhlayverib ko'zlari shishgan Ummatimiz (Alloh :jl: O'zi asrasin. :amn:

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #72 : 31 Yanvar 2010, 22:07:56 »
Mana shu fikrlar manga juda yoqdi...

Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu dunyo otini hayot deydi.
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Tog'ay Murod


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #73 : 10 Fevral 2010, 08:22:18 »
"Qo'shiq - qalbda munofiqlikni xuddi suv sabzavotlarni o'stirganidek o'stiradi"
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: ODDIY HAQIQATLAR...
« Javob #74 : 22 Fevral 2010, 11:29:27 »
Oddiy haqiqat bu o`zimi, lekin biz bilgan haqiqatni aytishga haqqimiz yo`q
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

 

Zamonaviy haqiqatlar (IRFON blogi)

Muallif IRFON-2012Bo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 15028
So'nggi javob 14 Fevral 2016, 09:46:13
muallifi IRFON-2012
Photoshop dasturida Oddiy biznes sayt chizish

Muallif NоdirbekBo'lim Dizayn

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 6862
So'nggi javob 11 Avgust 2013, 05:18:18
muallifi كوثر
G'ayri oddiy hodisalar!

Muallif As-SamarqandiyBo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3090
So'nggi javob 06 Fevral 2011, 04:17:31
muallifi As-Samarqandiy
HAYVONLAR HAQIDA HAYRATLI HAQIQATLAR

Muallif HumayroBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 14967
So'nggi javob 08 Dekabr 2011, 14:38:39
muallifi Humayro
Oddiy blinchiklar

Muallif AnsoraBo'lim Nonushta dasturxoni uchun yeguliklar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 20406
So'nggi javob 11 Mart 2013, 01:58:24
muallifi Bechora_Bandang_