ODDIY HAQIQATLAR...  ( 74777 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 19 B


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 15:02:55

-   Salaflarga ergashamiz deya olamni buzayotganimizda beshak tillarimiz yolg’on so’zladi. Salaflar bizdan bezorlar. Biz bu pok nomga hali beri loyiq emasmiz"¦Chunki biz ular bilan faqatgina eshakning kuchi halolu, go’shti harom qabilida muomala qilmoqdamiz halos"¦
-   Ey, mangina to’g’ri yo’ldaman deya bong urayotgan bechora!.. Ko’zingni och!.. Dushmaning qolib do’stinnga tosh otma!.. Ahmadu Nu’mondek salaflaringni esla!.. Ibrat ol!.. Payg’ambarning ashobi hayotiga nazar sol, undan keyin o’zingga bir bora nazar sol, so’ngra yana bir bora ko’zlaringni o’zingga qaytar! Ko’zlaring noumid bo’lib o’zingga qaytmasin!..
-   Ilmni chuqurroq egalla!.. Kecha chiqqan, adolatini shubha bo’lgan mutaolimlar og’zidan chiqayotgan safsata-yu ig’volar karnayiga aylanib qolishdan ehtiyot bo’l!.. Salaflarga ergashaman desang kam gapirib ko’proq ilm ol. Ularni odobidan namuna ol. Taqvosidan bahra ol. Qalbingni ihlos suvi ila polka. Aks holda, bechoraligingcha qolib ketasan"¦
-   Senga ne bo’ldi-ki tiling zahridan, qiliching qahridan, nayzang saxmidan faqatgina musulmon birodarlaringgina ozor topmoqda?!..
-   O’zing ersan-u, osmonni qoralaysan!!! Hali o’zing qiyomatda qanday muomala ko’rishingni bilmaysan, gunohlaringga yig’lamaysan, biroq, gunoh ustiga gunohni shodlik ila orttirasan"¦ Ulamolar qabriga g’isht tahlaysan, va buni risolat mohiyati deb o’ylaysan"¦

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Yanvar 2010, 22:33:36

Nomoz qilaverib oyoqlari shishgan Payg'ambarimiz :sw:ning, Uhlayverib ko'zlari shishgan Ummatimiz (Alloh :jl: O'zi asrasin. :amn:

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Yanvar 2010, 22:07:56

Mana shu fikrlar manga juda yoqdi...

Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu dunyo otini hayot deydi.
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Tog'ay Murod


Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Fevral 2010, 08:22:18

"Qo'shiq - qalbda munofiqlikni xuddi suv sabzavotlarni o'stirganidek o'stiradi"
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu

Qayd etilgan


JaviK  22 Fevral 2010, 11:29:27

Oddiy haqiqat bu o`zimi, lekin biz bilgan haqiqatni aytishga haqqimiz yo`q

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  08 Mart 2010, 19:04:12

Bissmillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Har bir odam aziz. Har biringiz aziz. Olloh aziz qilgan aziz!!!
Odam bo'lib bino bo'lganimga ham mana chorak asr bo'libdi. Albatta bizning hisobda. O'lim yaqin, juda yaqin, ammo qachon? O'lim so'zini eshitganda kishining tanasidan sovuq ter chiqib ketadi. Ammo nega? Nega bunchalik qo'rqamiz? Qo'rquv!!! Kim qo'rqadi aslida? Mana shu fikrga kelgunimcha eshitganlarim :kishi Ollohdan qo'rqadi, mol - davlatini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi, aziz kishisini yo'qotib qo'yishdan qo'rqadi, obro'i to'kilsihidan qo'rqadi va hakozolar. Birma bir sanasam adog'i yo'q. Men ham mana shu odamlar orasida o'sdim, ulg'aydim, ta'lim oldim, oq va qorani tanidim, o'qib o'rgandim va hozir ham o'rganyapman. Ammo bunday fikrga nega men yoki ba'zilar kelishdi, hamma emas. Chunki shunday bo'lishi kerak edi, shuning uchun shunday bo'ldi. Buni taqdir deydilar. Nega aynan siz ushbu postni o'qiyapsiz, boshqa emas. Aynan siz ushbu postni o'qib o'zingizga nimadir oldingiz-u, boshqa esa yo'q
Kim qo'rqadi? Nimaga qo'rqishadi degan savolga men javob topdim.Aslida Ollohning ko'p suygan bandalari bu savolga javob topishgan. Demoqchimanki men ham shunday fíkrga keldim. Iymonsiz odam qo'rqar ekan. Qo'rqoq odam iymonsiz bo'lar ekan. Agar men iymonli bo'lsam, nima uchun o'limdan qo'rqishim kerak ekan. Aslida odamlar qo'rqayotgan narsalari arzimagan  narsa. (ODDIY HAQIQAT)Qo'rqishimiz kerak bo'lgan narsadan qo'rqmay, qo'rqmasligimiz kerak bo'lganlaridan qo'rqyapmiz.(ODDIY HAQIQAT) Ollohdan qo'rqish emas, aksincha uni sevish kerak. Biz esa unga yaqinlashishdan qo'rqamiz. O'lim desa zir-zir titraymiz. Olloh qahridan shaytonga ergashganlar qo'rqsin, biz esa sevishni o'rgananaylik.Menimcha qo'rqan odam seva olmaydi.
Men dunyoimni mushohada qilib, tafakkur qilib shunday bir fikrga keldimki, men o'lib qolishimdan emas, tirikligimdan qo'rqib ketayapman. O'zimdan o'zim, yashayotganligimdan qo'rqib ketayapman. Bu bir burda tanada mening ojiz ruhim va shayton vasvasasi borligidan qo'rqim ketyapman. Shaytonga ergashib ketishdan qo'rqayapman, ammo Ollohning shaytondan ko'ra menga yaqinroq bo'lganligi taskinlik berib turadi. Bu bilan shaytondan qo'rqaman demoqchi emasman, balki unga buysunib qolishdan, buzuq ,Olloh harom qilgan ishlarga qo'l urib qo'yishimdan qo'rqayapman.  Ollohdan emas, Olloh qahriga duchor bo'lishlikdan qo'rqishmiz kerak.

Salomat bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Mart 2010, 05:55:21

Abdug'ani qori domlani bir gapi juda yoqdi.

Bandadagi barcha narsa Allohniki, barchasini Alloh bergan, faqat 1 narsagina o'zinikidir. U nima?

Boylikmi? Yoq, boylikni ham Alloh beradi.
Mansabmi? Uni ham Alloh beradi, xohlasa tortib oladi.
Farzandmi? Uni ham Alloh xohlasa beradi, xohlamasa yo'q.
...

Bandadagi o'ziniki bo'lgan narsa bu uni GUNOHLARIdir.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Aprel 2010, 07:08:46

Onasizlik ... Barcha baxtsizliklarning boshi...

Buni balki onasi borlar tushunmaslar... balki his qila olmaslar...

Onasi yo'qning nigohiga qarasangiz ko'zidagi nam yo'q bo'lsada ichi yonib turadi...

Hamma narsa yarimtadek tuyuladi...

Bir she'rda "Onasi bor insonlar hech qarimaydi" deyiladi.
O'ylab qarasak haqiqatdan ham shunday.
Bir tanishimning hayotidan... Onam borligida boshim osmonda, bilganimcha yurardim, sho'x, quvnoq gohida qo'rs qiz edim. Onamdan ayrildik 1 kunda KATTA ODAM bo'ldim...


Qayd etilgan


BelleQizcha  21 Aprel 2010, 07:22:43

Ertalab yerga yottgan qog'ozni kechasi ham korishimiz mumkin,,, lekin Ertalab korgan insoni har doim ham kechasi korolmaymiz.. Qattandur oqib qogandim.

Qayd etilgan


Muzayyana  24 Aprel 2010, 15:16:33

Bir suhbatdan:
-Avvallari nega insonlarda hozirgiday kasalliklarni turi ko'p bo'lmagan , vaholanki avvalli bunchalik ne'matlar ko'p bo'lmaganku?
-...
-Insonlar bir burda nonni yesa ham, hotirjamlik va shukrona bilan yegan, shuningchun shuni o'zginasi ham kifoya qilgan, hozirchi, hozir? Yangi tug'ilayotgan chaqaloq ham Astag'firullo asabiy bo'lib tug'ilayotgan emish.

Qayd etilgan