ODDIY HAQIQATLAR...  ( 109777 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 B


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 06:50:31

Hojiboy Tojiboyevdan:

Bir Yangiqishloqlik yigit Moskvaga borgan ekan. Qattiq sovuqda dildirab, qaltirab, ostanovkada tursa, bir us yigiti kastyumchan bo’volib, marojniypurushni oldiga borvolib, qarsillatib qattiq sovuqda marojniy yeyaptikanmish.
O’zi — 40 C sovuq, yana marojniy yeyaptikanmish.
Haligi o’zbek yigitini jaxli chiqib:
-Manga qara, san nima odmni ustidan kulyapsanmi? Shundoq ham sovuq, san boyadan beri mani ro’paramda turib qarsillatib marojniy yeyabsan, - debdi.
Rus yigiti:
-Nima qipti? San qayerdansan o’zi? — deb so’rabdi.
O’zbek yigiti:
-O’rta Osiyodan. Yangiqishloqni bilasanmi?
Rus yigiti:
- Yangiqishloqni bilmimanu, lekin agar O’rta Osiyodan bo’lsang eshit: Sizlar yozda, jaziramada + 50 C issiqdayam qaynagan choy ichaslayu, biz indamayapmizku — debdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 06:55:49

ILOJNOMA


Xastaning ismi sharifi: Muhammad ummati
Yashash manzili: Yer yuzi
Yoshi: 1400
Xastalik sabablari: Hasad, g’iybat, shirk, dushmanlik, kibr, yolg’on, riyo, hirs, zulm, shaytonga bo’ysunmoq, qo’rqoqlik va hokazo
Muolaja va tavsiyalar:
1. Sog’lom imon va amali solih (doim).
2. Qur’on o’qimoq va anglamoq (har kuni uch mahal).
3. Namozni xushu’ va xuzu’ bilan ado etmoq (har kuni 5 mahal).
4. Ilm olmoq (har kuni 2 soat).
5. Allohni yod etmoq, zikr qilmoq (doim).
6. Faqat halol yemoq (har kuni 3 mahal).
7. Oz yemoq, oz gapirmoq va oz uxlamoq (doim).Va boshqa "œsalomatlik qoidalari" ga amal qilmoq.
Bosh tabib: Quro’ni Karim va hadisi sharif.

"œSan kimsan" kitobidan :D

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 14:55:16

OXIRAT HAVO YO’LLARI

Parvoz joyi: Dunyo
Qo’nish joyi: Oxirat
Uchish soati: Doimiy
Yo’lovchining ismi: Inson
Jinsi: Tuproq
Manzili: Dunyo
Chiptalar faqat borishi uchun.
Birga olib ketishi mumkin bo’lgan narsalar:
-5 metr oq mato;
-Solih amal;
-Foydali ilm.
Yo’lovchilar bundan boshqa narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur’oni karim va hadisi sharifdagi ko’rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi.
Safar davomida kun tartibiga qo’yiladigan masalalar: umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o’tkazding, mol-dunyoni qaysi yo’l bilan topib, qayerga xarjlading va ALLOH UCHUN NIMA QILDING???
Eslatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog’laganlar uchun safar bexatar bo’lishi kafolatlanadi!

Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishdi.
Boylik aytdi:
- Agar men yo’qolib qolsam saroyda bo’laman.
Ilm aytdi:
- Agar men yo’qolib qolsam masjid va madrasada bo’laman, o’sha yerdan izlang
- Agar men yo’qolib qolsam, - dedi Or-nomus, - izlab o’tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.

Musulmonlar taqvim kitobi 2003 (1424) III chorak

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 14:57:22

Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o‘lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lur edi:

57 osiyolik
21 yevropalik
14 amerikalik (shimoliy va janubiy)
8 afrikalik

ularning
52 nafari ayol
48 nafari erkak

70 tasi oq bo‘lmagan tanli kishi
30 tasi oq tanli kishi

6 kishi dunyodagi ja’mi boylikning 59%iga egalik qiladi va ularning bari AQShlik kishilar bo‘ladi

80 kishida yetarli uy-joy sharoiti bo‘lmaydi
70 kishi savodsiz
50 tasi to‘yib ovqatlanmaydi
1 tasi o‘ladi
2 tasi tug‘adi
1 kishi kompyuterga ega
1 kishi oliy ma’lumotli bo‘ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 14:57:57

Agar dunyoga shu nuqtai nazar bilan qaralsa, birdamlik, bir-birini tushunish, sabru qanoat va ma’lumotga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ladi, bu haqda o‘ylab ko‘ring;

Agar tongda ikki muchangiz sog‘-omon uyg‘ongan esangiz, demak, siz ko‘zini bundan buyon ocholmaydigan 1 million kishidan baxtiyorroqsiz.;

Agar boshingizga urush olovi, turmadagi yolg‘izlik azobi, qiynoq va ochlik talvasasi tushmagan bo‘lsa, demak siz bu dunyodagi 500 million odamdan ba’tiyorroqsiz;

Agar siz ibodat qilishga hayiqmay borayotgan, hibsga olinish yoki o‘lim sharpasini sezmayotgan ekansiz, demak, dunyodagi 3 milliard odamdan baxtliroqsiz;

Agar muzlatgichingizda yeyishga ovqatingiz, kiyishga kiyimingiz va yotishga yotog‘ingiz bo‘lsa, demak, dunyodagi 5% kishidan boyroqdirsiz;

Agar bankda hisobingiz, cho‘ntakda pulingiz va ozroq jamg‘rmangiz bo‘lsa, demak, bu dunyodagi badavlat 8 % odamlar toifasiga kirasiz;

Agar siz ushbu matnni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, yana ikki karra baxti kulgan insonlardan biri ekansiz, negaki
1)    kimdir siz haqingzida o‘ylaydi
2)    siz dunyodagi o‘qishni bilmaydigan 2 milliard odam sirasiga kirmaysiz va
3)    sizning kompyuteringiz bor!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 14:59:04

Kimdir qachonlardir shunday degan ekan:

-    xuddi pul kerak emasday ishla
-    hech kim senga hech qachon ozor bermaydiganday sevishda davom et

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 14:59:38

Ayol kuchlimi Erkakmi!??
- Ayol kuchli, chunkli ayol kishida qirq tuyaning yuki bo'ladi.
Erkak kuchlimi Ayolmi!???
- Erkak kuchli, chunki qirq tuyaning yukini orqalab chopqillab ketaveradi. 


Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 15:00:17

Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz;

Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz;

Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz;

Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz;

Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz;

Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz;

Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz;

Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz;

Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz;

Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz.

Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz;

Biz ideal odamlar mavjudligiga ishonmaymiz va har kuni omma ichidan o'zimizni idealimizni qidiramiz;

Bizni metrodagi ertalabki tiqilinchdan ko'nglimiz ozadi, va biz har kuni platformada sabr qilib poyezd kutamiz;

Biz nima eshitishni o'zimiz tanlaymiz, va ko'chada ixtiyorsiz qandaydir "fabrikaga" jo'r bo'lamiz;

Biz har doim o'ylaganimizni gapiramiz va chin dildan tabassum qilishni deyarli unutdik;

Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz;

Biz dono gaplarni yaxshi ko'ramiz va o'zimizni o'zimiz tushunmaymiz;

Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz;

Biz tug'ilgan kunlarni yomon ko'ramiz va har doim ularni nishonlaymiz;

Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz;

Biz har doim hohlagan narsamizga erishamiz va hech kimga kerakmas bo'lib qolishga qo'rqamiz;

Biz shaxsiy kundaliklar tutamiz, va ular o'qilishini hohlaymiz;

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 15:01:18

Ey, haqiqiqiy risolat bulog’I qolib, sarob sari intilayotgan odam!"¦ Ko’zingni och, g’aflat uyqusidan uyg’on"¦Etti qavat samolar uzra olamlar Xojasi tomonidan indirilgan mukammal dinga mukammal nigoh ila nazar sol"¦ Islomni tor va beo’hshov, noqisu nomavzun qolipingga solib qo’yma"¦
   Ey, payg’ambar hadisiga ergashaman deya da’vo qilayotgan tolibi ilm!"¦
Da’voingni bir tekshirib ko’r. Hadisi shariflarning matni qolib sanadi bilan o’ralashmayotganmikin-san!.. Ichidagi ma’no qolib rijjolar qolibilangina mashg’ul bo’lmayotganmikin-san?!"¦ Hadislar kitoblarini faqatgina tirnoqni ostidan kir qidirish, yahshilar nomini bulg’ash maqsadida titkilamayotganmikin-san?!
   Ey, Qur’on mening qonunim deya da’vo qilayotgan do’stim"¦ Har safar Qur’on o’qiganingda o’zingni imtihon qil"¦ Qur’onning hududlari g’olib huruflarini qoim qilmayotganmikan-san!?"¦.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 15:01:54

-   Ajabo, bir necha daqiqa masjidda naqadar  uzoq-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz.
-   Ajabo, qo’lingdagi ming so’m masjidga naqadar ko’p-u, bozorga naqadar oz.
-   Ajabo, duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi.
-   Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tadigan bo’lsa, naqadar hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz.
-   Ajabo, odamlarga juma ma’ruzasini esda saqlab, boshqalarga etkazish naqadar og’ir-u, ig’voyu mish — mishlarni tashib yurish naqadar engil.
-   Ajabo, bo’lar — bo’lmas mish mishlarga, cho’pchaklarga ishonamiz — u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz.
-   Ajabo, sevimli ko’rsatuv oldidan tayyorlanib, har qancha kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham, unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz.
-   Ajabo, serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib — pishib muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimaymiz.
-   Ajabo, har kim jannatga kirishni har qancha tama’ qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini qancha o’ylamaydi.
-   Ajabo! — O’zimizni to’g’ri  yo’ldamiz  deb bonglar uramiz-u, aslida to’g’ri yo’ldagilarga tosh otamiz!!!
-   Ajabo! — Din uchun biron narsa qilmadigu, lekin tinmayin dinga hizmat qilayotganlarga tosh otamiz!!!
-   Ajabo! — Ilmimiz hech vale, ulamolar go’shtini eymiz!!!
-   Ajabo! — Jannatning kalitini qo’lga kiritdik-mi, yo, eng to’g’ri yo’lda ekanimiz haqida vasiha oldikmi, va yohud Allohning rahmatini taqsimlovchilarga aylandikmi-ki, odamlarni anavi adashgan, manavi zalolatda deya sinflarga ajratishga tushdik?!.. Ajabo, buning o’rniga o’z nafsimiz bilan shug’ullansak bo’masmidi?!..

Qayd etilgan