ODDIY HAQIQATLAR...  ( 109751 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 19 B


As-Samarqandiy  17 Avgust 2010, 19:39:57

Bismillohir rohmanir rohiym!

Oddiy haqiqat biz musulmonmiz. Namoz o'qimasak ham musulmonmiz, faqat gunohkor musulmonmiz. Yana bir oddiy haqiqat - Musulmon uchun dunyo qiziq ham emas, zerikarli ham emas. Unda nima? deb savol tug'ilishi tabiiy. Mening fikrimcha, bu dunyo yana jannatga kirishimiz (qaytishimiz) uchun bir imkoniyat.

Haligi imtihondan yiqilganlar uchun ham bir imkonyat berilgani kabi. E'tiborsizligi yoki boshqa sabablardan imtihondan o'taolmaganlarga, adolat yuzasidan yana bir bora imkon yaratiladi. Topshirsa o'tib ketadi, maqsadiga erishadi, topshiraolmasa yiqiladi, orqaga qaytadi, maqsadsiz, ya'ni jannatsiz qoladi. Imtihon na qiziqdir, na zerikarli. Ishonmasangizlar imtihon topshirganlardan so'ranglar.

Ollohim dangasa bo'lib qolishdan asrasin! Hamma narsa bekorchlikdan kelib chiqadi. Quvonsak, dunyoning qizig'i shundada deymiz, hafa bo'lsak dunyoning qizig'i shundada deymiz. Bekorchining hamrohi zerikishdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Avgust 2010, 00:19:13

:as:

Bir ayol so'radi:
- Quvonch nimayu, qayg'u nima?
Donishmand javob berdi:
- Siz quvonch degan narsa qayg'ungizni yashirish uchun niqobdir.

Kulgingiz ko'z yoshingiz bilan to'la quduq qalbingiz tubidan eshitiladi.

Shunday emasmi?

Qayg'u ruhingizga qancha ko'p singsa, shunchalik quvonchga muhtojsiz.

Ruhingizni quvontiruvchi tamburni usta daraxtni kesib va shilib yasamaganmi?

Qalbingiz tubiga diqqat bilan qarasangiz, kechagi qayg'ularingizni bugungi kulgilaringiz toshlari bosib turganini ko'rasiz.

Qayg'u kelganida esa kechagi quvonchlar uchun yig'layotgan bo'lasiz..


Jubron XALIL

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Avgust 2010, 20:52:23

Xamma o'z fikrini xaqiqat deb bilgan joyda xaqiqatni yuzaga chiqishi qiyin bo'ladi.

Qayd etilgan


UzMuslim  21 Avgust 2010, 18:26:38

Statistika:Musulmonlarning umumiy soni qancha?

Hozirgi kunda jahon aholisining har beshtasidan bittasi Islomga e’tiqod qiladi. Oxirgi 50 yillikda Yer yuzining musulmon aholisi soni 235% ga o‘sdi va hozirgi kunda 1.6 milliardni tashkil etmoqda. Islom e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan hatto, AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniyada ham ikkinchi dinga aylandi. Rossiyada esa 16 million musulmon istiqomat qiladi.(Britannica) (Boshqa manbalarda Rossiya musulmonlari soni bir qancha ko‘pdir.  Rossiyada 26 million musulmon istiqomat qiladi.)

* * * * *
Jahon mamlakatlarida musulmonlarning umumiy soni quyidagicha:
1. Indoneziya — 182,2 million;
2. Pokistan — 146,9 million;
3. Bangladesh — 116,0 million;
4. Hindiston — 109,6 million;
5. Eron — 63,9 million;
6. Turkiya — 61,0 million;
7. Misr — 51,6 million;
8. Nigeriya — 40,2 million;
9. Jazoir — 29,1 million;
10. Xitoy — 29,1 million (2,4%);
11. Marokash — 29,1 million;
12. Iroq — 21,4 million;
13. Sudan — 20,4 million;
14. Efiopiya — 18,3 million;
15. Afg‘oniston — 18 million;
16. Yaman — 16,1 million;
17. Rossiya — 16 million;
18. Saudiya Arabistoni — 16 million;
19. O‘zbekiston — 15,9 million;
20. Malayziya — 10,5 million;
21. Mali — 9,4 million;
22. Tunis — 9 million;
23. Somali — 8,5 million;
24. Senegal — 7,7 million;
25. Niger — 7,5 million;
26. AQSh — 7 million;
27. Qozog‘iston — 6,9 million;
28. Gvineya — 6,5 million;
29. Ozarbayjon — 6,1 million;
30. Kot-d’Ivuar — 5,9 million;
31. Frantsiya — 5,8 million;
32. Liviya — 5,2 million;
33. Tojikiston — 5,2 million;
34. Burkina-Faso — 5 million;
35. Iordaniya — 3,6 million;
36. Suriya — 3,5 million;
37. Kamerun — 3,1 million;
38. Turkmaniston — 3,1 million;
   39. Germaniya — 3 million;
40. Chad — 2,9 million;
41. Gana — 2,8 million;
42. Qirg‘iziston — 2,8 million;
43. Falastin — 2,4 million;
44. Mavritaniya — 2,3 million;
45. Mozambik — 2,3 million;
46. Serra-Leone - 2,0 million;
47. Bosniya — 1,8 million;
48. Serbiya — 1,8 million;
49. BAA — 1,8 million;
50. Livan — 1,7 million;
51. Ummon — 1,7 million;
52. Buyuk Britaniya — 1,6 million;
53. Malavi — 1,5 million;
54. Tanzaniya — 1,5 million;
55. Albaniya — 1,4 million;
56. Bolgariya — 1,3 million;
57. Bruney — 1,2 million;
58. Quvayt — 1,2 million;
59. Italiya — 1 million;
60. Benin — 0,95 million;
61. Gambiya — 0,94 million;
62. Togo - 0,85 million;
63. Makedoniya — 0,59 million;
64. Bahrayn — 0,51 million;
65. Komor orollari — 0,51 million;
66. Gvineya-Bisau — 0,49 million;
67. Qatar — 0,47 million;
68. Jibuti — 0,45 million;
69. Singapur — 0,44 million;
70. Liberiya — 0,40 million;
71. Maldiv orollari — 0,25 million;
72. Mavrikiy — 0,19 million;
73. Sahroi Kabir — 0,13 million;
74. Surinam — 0,10 million;
75. Kipr — 0,04 million;
76. Gibraltar — 0,003 million.
     
«Britannica» entsiklopediyasi.

manba: www.islam.ru

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 18:37:16

Allohning Qur’ondagi
matematik mo’jizalari.


Qur'onning biz shu paytgacha ko ‘rib chiqqan mo‘jizaviy xususiyatlaridan tashqari,
«matematik mo ‘jizalari»ham bordir. Qur'onning bunday ajoyib jihatiga ko ‘plab
misollar keltirish mumkin. Bu mo ‘jizalarga bir misol Qur'ondagi ba'zi so‘zlarning
takroriyligidir. Ba'zi so‘zlar esa hayratlanarli tarzda bir xil miqdorda takrorlanadi.
Quyida bunday so ‘zlarning ro‘yxati va ularning Qur'onda takrorlanish soni keltirilgan.
«Yetti osmonlar» (sab'a samaavaat) xabari yetti marta takrorlangan.
«Osmonlarning yaratilishi»(xolq as-samaavaat) ifodasi ham yetti marta
takrorlangan.
«Kun» (yavm) so‘zi 365 marta birlik shaklda takrorlangan bo ‘lsa, uning ko‘pligi va ikkilik shakli «kunlar»(ayyaam va yavmayn) birgalikda 30 marta takrorlangan. «Oy» (shahr) so ‘zi esa 12 marta takrorlangan.
«O'simlik» (nabat) va «daraxt» (shajar) so ‘zlarining takroriyligi bir xil - 26
tadandir.
«To‘lov yoki mukofot» (jazaa) 117 marta takrorlangan bo ‘lsa, Qur'onning asosiy
odoblaridan biri bo‘lgan «afv etish» (mag‘firoh) ifodasi bu raqamdan roppa-rosa 2 marta ko ‘p, ya'ni 234 marta takrorlangandir.
«Ayt» (qul) so‘zini sanasak,uning 332 marta uchrashini ko ‘ramiz. «Aytdilar»  (qolu)so‘zini sanaydigan bo‘lsak,unga ham shuncha marta duch kelamiz.
«Dunyo» (dunyaa) va «Oxirat» (aaxiroh) so ‘zlarining takrorlanishi ham bir xil - 115 martadandir.
Qur'onda «shayton»(shaytoon) so ‘zi xuddi «farishtalar» (malaaikah) so ‘zi kabi 88 marta ishlatilgan.
«Imon» (iimaan) va «kufr» (kufr) so ‘zlari Qur'onda 25 martadan qo‘llanilgan.
«Jannat» (jannah) va «jahannam» (jahannam) so ‘zlarining har biri 77 martadan takrorlangan.
«Zakot» (zakaah) so‘zi Qur'onda 32 marta takrorlangan, shuningdek,«barakot» (barokah) so ‘zi ham.
«Shafqatlilar» (al-abroor) ifodasi 6 marta, «gunoh-korlar» (al-fujjaar) ifodasi esa
uning yarmicha, ya'ni 3 marta ishlatilgan.
«Yoz-issiq» (sayf-harr) va «qish-sovuq» (shitaa-bard) so ‘zlarining takrorlanish
miqdori bir xil - 5 martadir.
«Sharob» (xamr) va «sarxupshik» (saqoro) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 6
martadan takrorlangan.
«Aql» (‘aql) va «nur» (nuur) so‘zlarining uchrashi 49 martadandir.
«Til» (lisan) va «va'z-nasihat» (mav'iza) so ‘zlarining har ikkalasi ham 25 martadan takrorlangan.
«Foyda» (naf) va «buzg ‘unchilik» (fasad) so‘zlari 50 martadan uchraydi.
«Mukofot» (ajr) va «qilmish» (fa'il) so ‘zlarining har biri 107 martadan takrorlangan.
 «Muhabbat» (al-mahabbah) va «itoat» (at-taa'ah) ifodalarining takrorlanishi 83
martadandir.
«Taqdir» (masiir) va «abadiy» (abadan) so ‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 28 martadan uchraydi.
«Musibat» (al-musiibah) va «shukr» (ash-shukr) so ‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda -75 martadan uchraydi.
«Quyosh» (shams) va «nur» (nuur) so ‘zlarining har biri Qur'onda 33 martadan
uchraydi.
«Nur» so ‘zi sanalganda faqatgina so ‘zning sodda shakllari hisobga olindi.
«To‘g‘ri yo‘lga boshlash» (al-hudaa) va «shafqat» (ar-rohmah) ifodalari 79
martadan uchraydi.
«G'am» (dayq) va «shodlanmoq» (tamaniyya) so ‘zlarining har biri Qur'onda
13 martadan takrorlangan.
«Erkak» (rojul) va «ayol»(mar'a) so ‘zlari teng miqdorda - 23 martadan ishlatilgan. «Erkak» va «ayol»so ‘zlarining Qur'onda takrorlanish soni bo‘lgan 23,
ayni zamonda inson embrionining shakllanishida tuxum va spermatozoiddagi
xromosomalar soni hamdir.Inson xromosa-malariningjami soni 46 ta bo ‘lib, ular
ayol va erkakning tuxum va spermatozoididagi xromosomalar sonining
yig ‘indisidir.
«Xiyonat» (xiyaanah) so‘zi 16 marta takrorlangan,shuningdek, «qabih» (xobis)
so ‘zi ham.
«Inson» (insan) so‘zi 65 marta qo‘llanilgan: insonning yaratilish bosqichlariga
ishoratlar soni ham aynan shuncha, ya'ni: tuproq 17 marta, nutfa 12 marta,
embrion (alaq) 6 marta,muzg'o 3 marta, et (lahm) 12 marta, suyak (izham) 17
marta ishlatilgan.
«Solavaat» so‘zi Qur'onda besh marta uchraydi va Alloh
insonlarga bir kunda 5 daf'a namoz (solat) o ‘qishni amr etdi.
«Quruqlik» (barr, yabas) so‘zi Qur'onda 13 marta, «dengiz»(bahr) so ‘zi esa 32 marta,ular jami bo‘lib 45 marta uchraydi. Agar quruqlikning Qur'onda ishorat etilishi sonini, ya'ni 13 ni 45 ga bo ‘lsak, 28,888888888889% raqami chiqadi.
Dengizlarning Qur'onda ishorat etilish soni bo ‘lgan 32 ni 45 ga bo‘lganimizda esa,
71,111111111111% hosil bo ‘ladi. G'ayrioddiy tarzda,bu raqam bugungi kunda
quruqlik va dengizning Yerdagi aniq nisbatlarini aks ettiradi.


Allohning Mo'jizasi...

Qayd etilgan


Fayzbek  04 Sentyabr 2010, 12:05:50

2009- sentyabr
Mana bu rasmlarga nima deysizlar. Zakotni menimcha mana shunday maktablarni ta'mirlash uchun berish kerak. Bu yil borib ko'ruvdim eshikni almashtirishibdi lekin ahvolhaliyam aytarlik yaxshi emas. Bu yilgi holatini ham nasib qilsa, yaqin orada fotolarini joylashtiraman.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Sentyabr 2010, 22:48:22

Bunaqa maktabla haliyam bomi? bunaqa 1992 chi yilda qob ketgan dib oylagandim....

Juda-juda qiziqib qoldim./.. kecha o'zim bilmagan holda uzbek  saytlaridan biriga kirib qobbman.. qanaqa sayt disizmi? qanadur uzbekistondagi artislarni sayti ekan qanadur sayyod. net ishqib....
kirsam, artislar-u aktirisila( torisi hech qaysi birini tanimiman) intervyularni taxlab qoyishibdi.. torisi tanimagan odam gapirsa qiziq tuyulmiydi oshanchun rasimlarni korib chiqdim...
Toshkent yumuman uzbekiston 2yilda unaqa tarraqiy qib kettadi dib hech oylamagandim... Artislarniyam gaplari boshqacha.. unaqa qilamiza bunaqa qilamiza... yarim yalong'och kiyin gaplarini o'rtasiga Hudo hohlasa-yu Alloh nasib qisa dib yozib qoyishadi... Yana stage chiqvolib seni sevaman-u ucharashilu bunaqa unaqa gaplar...
Juda-juda jahlim chiqdi.. nima chet-el saytlariga kirib qoldim-i dodim o'zimga yana qanadur kilip qo'yishibdi ustiga Ro'zaladorlar ko'rmasin yolg'on gapirmiman shu narsa yozilgani uchun ham ko'rdim qiziqib..  shu narsalarn jaa bo'masa ro'zada yopishsa-chi? umuman .. ashula etishsa etishsin lekin o'zligini yo'qotib nima qiladi? Etmoqchi bo'gan gapim, nasroniylarni davlatida yashasam ham ro'za kunlarida musulonlarga hurmati kuchligan o'qishlardan umuman shahar joylarda ashula qo'yishmiydi, nahotkiy uzbekiston musulmon davlat bo'b turib ham shunchalik-a bormasa?
Bitta gap bo'lardi, .. Biza musulmon masmiza, Lekin uzbekmiza...
ko'p eshitaman uzbekladan yuz yil ichida hali olim chiqmagan diyishadi.. bunaqa ketsa yuz yil tugul umuman olim chiqmiydiganga o'xshiydi.. to'risi bir tomonda Toshkentga yashamayotganimga hursand bo'ldim... Gapi ohirida, Agar shu ishlarni chet el davlatlarida bironta musulmon qilsa, manimcha tirik qomiydi (eronlikladan tashqari va no deffense)
 Ishqib qoyil qomadim Uzbekla!

Qayd etilgan


Robiya  05 Sentyabr 2010, 05:08:41

:as:

BelleQizcha, bir soha vakili bilan butun xalq haqida absolyut fikr bildirmang... Nima bo'lgandayam, Siz ham O'zbeksiz! Buni inkor etolmaysiz...

ON: Har bir fikrning muqobili bor... Qaysi olim aytgani yodimda yo'q..

Qayd etilgan


BelleQizcha  05 Sentyabr 2010, 09:24:10

Butun Halq haqida absulyut disizmi? nima  hohlismimi? shunaqa klipla Uzbekligizi represent qisa? masalan man hohlamiman,

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 15:34:00

Insonlar borki, muhabbatni havas va ehtiros bilan alishtiradilar. Muhabbat deb niyat izhor qiladilar, Sevgi deb hohish tushunadilar, Qalb deb so'z oshkor etadilar. Bir bechora esa unga ishonib, Muhabbatni, dilni, qalbni, sevgini qabul qiladi.
Qalb orosi bilan, hayosi bilan, pinhoni bilan go'zal. Oshkor bo'lgach, uning dog'lari ko'rinadi.

Muhabbatga yetishgan inson bu bahtga o'zi ishonmaydi va inkor etadi. Yangi Muhabbat qidiradi. Bu hol ko'pchilikda kuzatiladi. Ishonmaysizmi? Qalbingizda, sirlaringizga, yuragingizga, hayollaringizga bir erk beringda so'ng uni begona ko'z bilan taxrir qiling.

Muhabbatni qidirish emas, unga sazovor bo'lish kerak, unga intilish kerak, zero g'unchani sevgan uning gulbargi bilan qo'shib sevadi, zero uning mevasini ham seva olishiga ishonarmikin?

Bu Ham Oddiy Bir Haqiqat..

Qayd etilgan