Bugun mana shular haqida uylab qoldim:
Fikr. Fikr bildirish. Men fikr bildirishni bir binoga qiyos qildim.
Bino yasashimiz, qurishimiz uchun bizga qurilish materiallari kerak buladi. Har bir kishi ham bir xil bino ya'ni uy qura olmaydi. Hamma ham uz holiga qarab uy soladi. Kimdir ikki xonali, kimdir besh xonali, kimdir tomini yopa oladi yana kimdir yopolmaydi. Kimdir katta dang'illama, ammo sifatsiz, yana kimdir ixchamgina, ammo chidamli qilib quradi. Yana kimdir uy ham solmay, kapa qurib, bir umr ushanda yashab utadi. Xullas mana shu bino atrofida uralashadigan barcha kiboru bezaklardan tortib, loyshuvoqdan bulgan beshefer binolargacha, bir necha gap bilan ifodalagan fikrimizga qiyos olsak buladi.
Bir tugallagan fikr bildirish uchun bizga bir necha gap bulaklari (qurilmalari) - suz, yordamchi suz, bog'lovchi, yuklama v.h lar kerak buladi. Bu gap qurilmalarini qullash esa usha gap yasovchiga bog'liq. Uy yasovchi uzida bor qurilish materiallarini bilan binosi qursa, gap yasovchi ham uzida bor, shu kungacha uqib urganib egallagan gap qurilmalari , ya'ni suzlari bilan gap yasaydi.
Misol uchun: Binomiz uchun uchta sifatli material topsak, bittasi sifatsiz, yaroqsiz bulib chiqadi. Uni tuzatish uchun, yana bozorga borishimiz, kerak, fikr bildirmoqchi bulgan kishi esa kitobga murojat qilishi kerak. Olib kelgan materialimizdan mamnun bulib, sifatsizini urniga urnatib, mana endi mustahkam buldi deb turgan joyingizda, arzimagan joyidan bir murvati tushub ketadi, buzilmagan bulsa ham, aqllimiz yetmagani sababli ustasiga murojat qilishga majbur bulamiz. Fikr bildiruvchi ham, aqlli yetmagan joyida, zikr ahliga murojat qiladilar.
Biron bir kishi sifatli gap tuzib, tiniq fikr bildirishi qiyin. Gapimizda kamchilik buladi, yomon suzlar bulishi ham mumkin. Yomon deganda gapga munosib tushmagan, uz urnini topmagan demoqchiman. Biz tanlagan suz, notug'ri ma'no kasb etishi mumkin, hullas buyog'e usta kurmagan shogirdning ahvolida, birodar.