ODDIY HAQIQATLAR...  ( 109770 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Muhammad Yusuf  19 Iyul 2011, 16:24:44

Bugungi kunda ko'chaga chiqqan inson o'zi hohlamasada gunoh qilishga majbur bo'lmoqda.

Qayd etilgan


Secret  30 Iyul 2011, 07:09:32

   
     Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
    -Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi?
   -Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.
   -Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.
    Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
    -Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!! 

  Amalda qilish lozim bo'lgan ODDIY HAQIQAT!!!

Qayd etilgan


Муслимшухрат  30 Iyul 2011, 12:46:08

 Shu bajarilishi lozim bölgan oddiy haqiqat shunchalar og'irki ancha muncha mana man erkakman deganlarni böynini past qildi,bir qancha zaifalarni esa tojur rijol darajasiga kòtardi.

Alloh barchamizga shu og'irlikni osonlik bilan bajarishni nasib qilsin .Amiin !!!

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  06 Avgust 2011, 17:31:16

Biror ishni qilayotganizda yaqin insonlarizda biri yoki begona inson kuzatayotgan bo'lsa, xato qilib qo'ymaslikka nojo'ya harakat qilib uyalib qolmaslikka harakat qilamiz. Lekin, yolg'iz bo'lsakchi. . .
Olloh bizlarni hamisha ko'rib turganini chin qalbdan his eta olmaymiz. Insonlar oldida qilishga uyalgan ishlarimizni, aytishga uyalgan gaplarimizni yolg'iz qolganimizda bemalol qilamiz va gapiramiz, nega?!
X. Hamidov aytganidek:
Amallar bekor, ilmlar befoyda
Ollohni qalb chindan tanimaguncha !

Qayd etilgan


Secret  18 Avgust 2011, 16:39:42


                                                            Cho’ldagi tashvish

Sahiy bir kuni cho’lning o’rtasida yotgan chalajon kishini uchratib qolibdi. U "œSuv" deb ingrar emish. Shunda sahiy tuyasidan tushib meshidagi suvni unga beribdi.
     
  Shunda yotgan kishi suvni ichar — ichmas sahiyni bir urib meshini olibdi va tuyasiga minib qocha boshlabdi. Sahiy esa "œTo’xta! Bu qilgan ishingni odamlarga ayta ko’rma", deb baqiribdi. Uning so’zlarini eshitgan muttaham tuyani to’xtatib, "œO’zing —ku bor budingdan ayrilding. Yana nega bunday deyapsan" deb so’rabdi. "œAgar odamlar eshitsalar birovga yaxshilik qilmay qo’yishadi.", deb javob beribdi sahovatli kishi.

Qayd etilgan


Foniy  12 Sentyabr 2011, 10:21:52

 :asl3:
Garchi vaqtinchalik, o`tkinchi ne'matlardan biri bo`lsa-da, mansab ba'zi toifa odamlarni butunlay o`zgartirib yuborish xususiyatiga ega...

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Yanvar 2012, 09:13:22

Qiziq xolatda...

Maktabda ham kollejda ham... yozdaku 3 oy ta'til, qishda 10 kungina shundayam
O'qituvchini gapi "Ta'tilda bekor yurmela, o'tgan darslani qaytarib turila... 256 betdan 266 betgacha bogan misollaniyam ishlab kelasla!"
"Yozgi ta'til qanday o'tdi?" degan mavzuda insho yozib kelasizlar...  :D
yana minnimalar...

Chet elda yashidigan tanishimni gapi: "Bizda ish, o'qish kunlaridan ta'til ko'prog'ey, shuning uchunmi odamlar o'qish bn ishini sog'inib qoladi. O'qishga borishi majburligidanmas, o'qigisi kelganidan boradi"  :)

Qayd etilgan


Solihatun  10 Yanvar 2012, 09:58:31


Yuqorida yozilgan fikrga qo'shilaman. Mana qishki ta'til tugayapti. Bilsangiz fanlarning barchasidan mustaqil ish(referat, doklad, retsept, prezentatsiya, tablitsalar) va yodlash uchun OB( testlar) berishdi ustozlarimiz. Nima uchun deysizmi? Ta'til vaqti bo'sh qolmasligi uchun. O'zimga rahmim keladi. Afsuslanaman ba'zan shu oliygohni tanlaganimga. Sabablari esa juda ko'p. Umrimning 10 yili shu yerda o'tib ketadi. Shu yerda o'qimaganimda edi yaqinlarim bilan birga dunyo kezib, birga yashash imkoniyatimdan mahrum bo'lmas edim. Yaqin do'stim bilan birga bir oliygohni talabasi bo'lishni va bir guruhda ilm olishni orzu qilardim. Keyinchalik bunga ham ulgurishim mumkin edi. Ko'nglimdagi mashg'ulotlarimga qatnashish imkoniyatim bo'lar edi. Lekin endi kech, bu gaplar befoyda. Shunday bo'lsa ham ichimdagilarni to'kib soldim-da. Bo'g'ilib turibman, dars boshlanadi ertadan. Avval oraliqlar, keyin yakuniy baholashlar. Qaysi darsga kirmang ustozdan eshitadigan birinchi gap- ta'tilda nima qildilaring dars qilmay? 11 kun a..

Qayd etilgan


azizbek_mx  10 Yanvar 2012, 12:27:46

unaqada öqishga kirmay qöya qolay, a? :)

Qayd etilgan


Solihatun  10 Yanvar 2012, 12:55:36

unaqada öqishga kirmay qöya qolay, a? :)

Tanlagan sohangiz o'zingizga yoqsa, darsingiz 8 da boshlanib 4:30da tugamasa, ustozlaringiz hatto o'qigandan ham *** talab qilmasa meni yozganlarim muhim emas. O'qish kerak. O'qing. Siz tanlagan soha biznikichalik qiyin emas.. Ishoning:)

Qayd etilgan