Zo'raki qofiyadan mazmunlisiga va nihoyat tabiiysiga  ( 8652 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Shamol  07 Noyabr 2009, 23:00:14

Keldim, ko'rdim, yangi mavzu ochvordim,
Gap-so'zlarni tumtaraqay sochvordim.

Asta-asta tartiblashga bel bog'lab,
Ayrim usto shoirlar dilin dog'lab,
O'zimdagi "talantim"ni ardog'lab,
Katta yo'lga chiqdim maxsi kovushda.

Yo'ldoshlarga salom berdik oldindan,
Sovg'a qilib berdik qalam oltindan,
Ehtiyot bo'p toshqinlaru, yong'indan,
Keldik boshda kaska, "teshu" "qayu"da.

Qayd etilgan


ZUBAIR  07 Noyabr 2009, 23:13:02

Iqtibos
Yo'ldoshlarga salom berdik oldindan,
Sovg'a qilib berdik qalam oltindan,
Ehtiyot bo'p toshqinlaru, yong'indan,
Keldik boshda kaska, "teshu" "qayu"da.

RAP yozvoribsizku-a  :7

Qayd etilgan


Shamol  08 Noyabr 2009, 10:11:23

Do'qi-do'qi
She'rni o'qi.
She'r bo'lmasa
O'zing to'qi.


Bu ma'nodor misralar
Anchadan beri asralar.

Jo'qiman degan to'quvchilar
Shunday she'rlar o'quvchilar

Shior qip shu to'rtlikni
Mustahkamlang mo'rtlikni.


Qayd etilgan


lolo  08 Noyabr 2009, 15:58:17

Yaxshi mavzu ochibsiz!
Fikrlariz sochibsiz.
Lekin unutmang faqat,
Sherda bo'lsin haqiqat.
Ya'nikim mazmundorroq,
Ham foydali, soddaroq.
Shunchaki bo'lmasin gap,
Yozarsiz endi qarab!

Ishlarizga baraka,
Davom ettiring aka!
(yoki uka!)
Subhanalloh!

Qayd etilgan


Shamol  08 Noyabr 2009, 16:12:45

Bu safarda kaminaga
Yo'ldosh bo'lmish shoir lolo :7
Haq gap so'rab shig'irlarda
Yozishidan bir gap bor-ov...  ???

Davomladim misralarni
Qofiyani "eptap-septap".  :1
Endi navbat sizga uka,
Davom etsin o'rtada gap. :D
 

Qayd etilgan


lolo  09 Noyabr 2009, 08:31:30

Man shoir emasman,
Sher yozishni bilmasman.
Qofiya topish oson,
Oxiri chiqar doston!
Sinasin boshqalar ham,
Bordir shoirlar biram...
Uhlab yotgan qobiliyat,
Ochiladi nihoyat!

Qayd etilgan


_NOSTRA_  22 Noyabr 2009, 13:31:43

Man shoir emasman,
Sher yozishni bilmasman.
Qofiya topish oson,
Oxiri chiqar doston!
Sinasin boshqalar ham,
Bordir shoirlar biram...
Uhlab yotgan qobiliyat,
Ochiladi nihoyat!
Ochamiz ochilmagan tomonimizni.
Aytamiz do'st bilib yaxshi-yu yomonimizni,
Boshladim aytmoqlik hasratim bir-bir,
Oh bularni aytish naqadar og'ir.

Sir saqlash onlari tugadi oxir,
Yig'ladim ko'z yoshim ko'rmadi hech kim.
Ortiq chida olmayman turolmayman jim.
Aytsam tilim  kuyar aytmasam dilim
Do'stdan kuygan dilim kuydi sevgidan.
Ma'no qolmagandi hayot zavqidan,
Charchagandim ig'volarning keskin zarbidan.
Bu ham sinovda deb kechdim baridan,
Joy topdim o'zimga Islom bag'ridan
O'rgandim sevgini xiyonatkordan,
O'rgandim sabrni besabrlardan,
O'rgandim yashashni befaxmlardan,
Topgan halovatim bu ta'birlardan.
Hisobi bor ekan  har ishimizni ,

Olloh o'zi yechar tashvishimizni.
Ajib hikmat ila yurishmasa ish
,
Tushundim Ollohning iznisiz aylanmas gardish.
Olloh o'zi bilar qachon qo'llaydi,
O'zi sinov yo'llab o'zi  qiynaydi.
Bu sinovlarni vaqtincha omonat bildim,
Amallarim to'g'irlashga harakat qildim.
O'n sakkizga kirib bilganim do'stim,
Omonat ekan ota-ona omonat boylik
,
Omonatdir g'aming omonat kulging.
Do'stlarim omonat dunyoda omon bo'linglar
!
Aytar so'zlarimga quloq tutinglar:
Namozga hushyor bo'lib nafsni yutinglar.
Baxt uchun kurashing uni kutinglar.!


Qayd etilgan


Shamol  24 Noyabr 2009, 11:18:06

Boshqalarga berib navbat
lolo ketgach otpuskaga.
Nostra kelib bir zarb ila
Dard ulashibdi hammaga.
Yuragidan sirtib dardin
Misralarga joylabdi xo'b.
Endi bitta gap aytsam kam
Ikkita aytsam bo'ladi ko'p.
G'ayrat qiling ahli shoir
Davra sizga mahtal hamon.
Misralarni qatorlating
O'quvchiga berib darmon.

Qayd etilgan


shoir  24 Noyabr 2009, 11:40:26

Хуш келибсиз шамолдайин ғувиллаб,
Бу мавзу ҳам қолган сди ҳувиллаб,
Агар схши, гаплар билан кетолсак,
Қофислар келаверар гувиллаб.

Аввал мавзу мақсадларин ссзлайлик,
Унда сзгу натижалар ксзлайлик,
Бизни сқиб, ҳам сйласин, ҳам кулсин
Баъзан хандон, баъзида бир бсзлайлик.

Шамол оға, мендан сизга таклифдир,
Қадди сгилмаски, номи алифдир,
Сиз срганинг юзерларнинг ҳолатин,
Улар ҳақда ёзсак ссзлар шарифдир.

Олди-қочди бслмасин ҳеч ашъорлар,
Бслсин гсзал танқидлару ошкорлар
Майли, озроқ ҳазил бслсин ҳақиқат,
Ором олсин, безорлару аброрлар.

Шундай бслса асло мавзу ёпилмас.
Уни танқид сгувчи ҳам топилмас!

Qayd etilgan


azizbek_mx  16 May 2013, 19:38:57

Daydib yurib, to'satdan
Topdim tillo kovakdan.
Shundoq mavzu bor ekan,
Bilmayin yurarkanman.


Keling, opa-og'alar,
Donishmand-u Mirzolar,
Olib qalamni qo'lga,
Bosaylik bir imzolar.


Shamollar qurib ketgan,
Shoirlar yurib o'tgan
Shu yo'ldan bir o'taylik,
Obod qilib qo'yaylik.


Aka Shoir bir taklif
Tashlab ketibdi, orif.
Shul mavzuni asoslab
Ilhom olaylik yollab...


(kep qoldi... :D )

Qayd etilgan