O`limingizga 3 kun qolgani ma'lum bo`lib qoldi,  ( 11640 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

Navoiyning izdoshi  10 Noyabr 2009, 16:28:47

Assalomu Alaykum hurmatli birodarlar, sizlarga yangi bir savol bilan murojaat qilmoqchiman albatta ruxsatlaringiz bilan. Aytaylik Allohning qudrati bilan sizning bu foniy dunyoda mavjudlik muddatingiz tugashiga 3 kun qolgani ma'um qoldi. O`lim haq undan hech kim qochib qutulolmaydi. Muhtaram birodar xudo ko`rsatmasinu, bu vaziyatda siz qanday yo`l tutgan, vaqtingizni qanday o`tkazgan bo`lardingiz? Javoblar va ajratilgan e`tibor uchun avvaldan minnatdorchilik bildirib, NAVOIYNING IZDOSHI.

Qayd etilgan

shoir  10 Noyabr 2009, 17:03:07

Va alaykum assalom!
Bunday holat to'g'ridan-to'g'ri bo'lib qolishi mushkul. Kimning qachon vafot etishini Yaratgandan o'zgasi bilmaydi.

Siz aytgan holatga yaqin holat quyidagicha bo'lishi mumkin:
Bir kishi og'ir dardga mubtalo bo'lib, organizmning holatiga qarab, doktorlar qancha muddat qolganini taxmin qilishlari mumkin. Undayam Alloh aytgani bo'ladi, shofo beraman desa, shifo topadi, aks holda vafot etish uning taqdiriga yoziladi.

Agar shunaqa vaziyat bo'lib qolsa (Alloh asrasin) unda avvalo ota-onam, yaqinlarimdan rozilik olib, qoklib ketgan qarzlarimdan qutulishga harakat qilardim. So'ng, ba'zi aytolmagan gaplarimni aytib, qolgan muddatni Alloh qodir qilgancha, uning ibodatiga sarf qilardim.

Qayd etilgan

gayrat17  10 Noyabr 2009, 17:18:46

3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar

Qayd etilgan

shoir  10 Noyabr 2009, 17:24:59

3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar

O'ylaymanki, Allohning ishqida maza qilib, ibodat qilib kayf qilasiz shekilli.
Onangizning yuziga so'nggi bor tikilib-tikilib kayf qilasiz, otangizning so'zloarini so'nggi bor eshitib kayf qilasiz...

Qayd etilgan

shoir  10 Noyabr 2009, 17:26:14

shunaqa savollarga ham alohida mavzu ochish shartmikin a? ana forumdoshdan forumdoshga savol degan mavzu bor,shunga yozsa yaxhsimasmi???

Birodarimiz balki bu mavzuni bilmaslar.
Balki, ko'proq yuzerlarning fikrini, go'zal javoblarni kutgandirlar-da.

Qayd etilgan

registan  10 Noyabr 2009, 17:29:29

3 kun kayf qilardim.
Menimcha shunaqa javob kutyapsiz. ;D
Kayfni noto'gri tushunmanglar ziyokorlar

30 yil umri zindonda o'tgan bir islom ulamosi shunday degan ekanlar: "Mening qalbimdagi halovatni podshoh bilganida, qilich bilan ko'ksimni yorib bo'lsa ham sug'urib olar edi o'sha halovatni"
Siz shu "halovat"ni "kayf" dedingiz, to'g'ri tushundik, hijolat bo'lmang. :)

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  10 Noyabr 2009, 17:43:18

gayrat17ni o'zlari ham hayron bo'lsalar kerak, hech bunaqa o'ylamagandim deb.

Qayd etilgan

gayrat17  10 Noyabr 2009, 17:50:05

Y_u_r_i_s_Tga  Illat izlaganga illatdir Dunyo, Xikmat izlaganga xikmatdir dunyo

Qayd etilgan

gayrat17  10 Noyabr 2009, 17:51:34

Y_u_r_i_s_T metroda juda ko'p yurasizmi, nuqul ro'paramdan chiqib qolasiz.

Qayd etilgan

Munira xonim  10 Noyabr 2009, 18:12:54

Assalomu Alaykum hurmatli birodarlar, sizlarga yangi bir savol bilan murojaat qilmoqchiman albatta ruxsatlaringiz bilan. Aytaylik Allohning qudrati bilan sizning bu foniy dunyoda mavjudlik muddatingiz tugashiga 3 kun qolgani ma'um qoldi. O`lim haq undan hech kim qochib qutulolmaydi. Muhtaram birodar xudo ko`rsatmasinu, bu vaziyatda siz qanday yo`l tutgan, vaqtingizni qanday o`tkazgan bo`lardingiz? Javoblar va ajratilgan e`tibor uchun avvaldan minnatdorchilik bildirib, NAVOIYNING IZDOSHI.

Va alaykum assalam.
Bunday holat bo'lmasligi ko'proq aniq, chunki bu kunni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Agar tasavvur qilib ko'rsak;
Men avvalo ahli oilamdan, yaqinlarimdan va birodarlarimdan rozilik olgan bo'lardim. Kimni ko'nglini og'ritgan bo'lsa ularni rozi qilishlikkaharakat qilardim.
Farzandlarimga go'zal vasiyat qilgan bo'lardim va iloji boricha dunyo so'zalrini so'zlamaslikka harakat qilardim. Faqat Allohning zikri va xolis ibodat qilishga harakat qilardim,Alloh nasib qilganicha.
Alloh barchamizni oxirimizni go'zal qilsin! Amiyn!

Qayd etilgan