Umumiy bo'lim > Forumdoshlar hayoti

"ANALITIKA" o'yini

(1/72) > >>

Abu Muso:
 :as:
Ushbu mavzuda bir-birimizdagi psixologlik va analitiklik qobiliyatimizni tekshirib ko'ramiz.
O'yin qoidasi, istagan bir faol ishtirokchining nomini qo'yamiz va kim o'zini tekshirib
ko'rmoqchi bo'lsa, shu ishtirokchi haqida qanday tasavvurga ega bo'lsa holis yozib
o'tadi. Masalan, yoshi necha yosh atrofida, kasbi qaysi sohaga yaqin, xarakteri, dunyo
qarashi, ilm darajasi, qaerdanligi va hokazolar... Hamma hohlovchilar fikr bildirib bo'lgach,
o'sha nomi aytilgan ishtirokchining o'zi g'olibni aniqlab beradi. G'olib esa, yangi qahramon
nomini o'rtaga tashlaydi. Faqat hayotda tanigan insonlar bo'lsa, ularning yozgan postlari
qabul qilinmaydi.

Foyda: Birinchidan, mo'min kishi o'ta zakiy va farosat egasi bo'lishi lozim, ikkinchidan har bir ishtirokchi o'zi haqida birodarlari  qanday fikrda ekanligini bilib, lozim bo'lsa
o'zi sezmagan kamchiliklarini to'girlab borishga harakat qiladi. InshaAlloh, mavzumiz yaxshi niyatda ochildi...

Shu kungacha, mavzuda ta'rif etilgan yuzerlar:

Chehmik
Shoir
Salmon Forsiy
Chustiy
Y_U_R_I_S_T
AbdulAziz
Foniy
Abu Muso
Robiya
Siddiqa
Muhseena
Javik
Yoqutxon
TITAN-UZ
Lolo
MSJON
Usmon
Donishmand
Хадича
Abdumuhaymin
Lu'lu' opa
braupov
ZeroHero
registan
aqoid

Abu Muso:
 :as:
Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.

Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?

ChehMik - ...

Arbuzchi:

--- Iqtibos: Abu Muso  10 Noyabr 2009, 22:35:01 --- :as:
Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.

Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?

ChehMik - ...

--- End quote ---
:vslm:
man topishga harakat qip ko'riy.
Cheh bu hoynahoy Chehiya bo'sa kerey. Yoki Chelsi klubidagi Cheh muhlisi... :D
Mik bo'sa, hoynahoy Mikki Mausdagi MIKni qisqartmasi... ;D

Abu Muso:
 :as:
Siz oxirrog'ida aytasiz...
Bo'lmasa kim oxirgi post qilsa, o'sha
haqiqatga yaqinlashib borveradiku :)

Faqat, real hayotda ko'rmagan insonni
qanaqa ekanini ta'riflahs bo'yicha bo'sin,
postlar. Buni boshqacha qilib, ... portretiga
chizgilar, ham deyiladi.  : )

Muvahhid:

--- Iqtibos: Abu Muso  10 Noyabr 2009, 22:35:01 --- :as:
Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.

Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?

ChehMik - ...

--- End quote ---

Real hayotda ko'rmagan insonga ta'rif berish bu juda ham qiziq g'oya ! Faqatgina ta'rif berayotgan insonni xafa qilib quymasak, albatta !

ChehMik birodar:
Menimcha yoshlari 21-26 atrofida.Forum orqali u kishi haqida ikki ma'lumotni bilganman, u kishi asli Qashqadaryodan va hozirgi kunda Chexiya davlatidalar. Menimcha Qarshi yoki Shaxrisabz shaxridan bulsalar kerak, Chexiyada esa o'qiydilar va shu bilan birga ishlashlari ham mumkin.
Kasblari:arxetekturaga yaqinroq shekilli, lekin ofis xizmatchisilar.
Nomlari "ChehMik":Cheh-tushunarli,Mikni uncha tushunmadim,menimcha Chehiyalik yoki Chexiyada degan ma'nolarni bildirsa kerak.
Xarakterlari:quvnoq,bu hayotda o'zlarini hech qachon xafa qildirib ham, xafa qilib ham quymaydilar.
Dunyo qarash:forumda ko'p mavzularda post qoldirganlariga qaraganda juda keng va hurmatga sazovor.
Ilm darajalari:barcha sohalar haqida ma'lumotga qisman egalar,lekin o'z mutahasisliklari bo'yicha professional bulishga intilsalar kerak.
"Siz manga keraksiz,Man sizga keraksiz..." va "U yashar mensiz va lekin Men tirikman U bilan..."-bu so'zlarga qaraganda sevgi bobida kimdir u kishiga armon, yoki u kishi kimgadir armon bulib qolgandek. Lekin kim bilsin balkim bu "Ilohiy ishq"ga oiddir..... Bularni barchasi haqida janob Chehmikni O'zlari yaxshi biladilar !

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version