"ANALITIKA" o'yini  ( 104789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 36 B


JaviK  22 Mart 2010, 18:04:58

Abu Muso aka ishtirokchilar sizdan iztehola qilyapti shekilli

:as:

Ie, buyog'i qiziq bo'lgi-ku!  :D

Muhtaram boshlovchiga bo'lgan hurmat shumi?  ;D

Aytib qo'yay, ta'riflar yoqmasa, o'yinni yopib qo'yaman-a... ;)


yoki hazilligini tushunishmabtimikin :D ;D

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Mart 2010, 18:22:14

 :as:

Bo'ldi, bo'ldi qaytib oldim gapimni...  ;D

Qayd etilgan


Foniy  22 Mart 2010, 20:53:29

Assalomu alaykum,
Abu Muso aka:
Oilalik, yoshlari 35 atrofida, umrlari uzoq bo`lsin. Qashqadaryolik. Neft va gaz sohasi bo`yicha mutaxassis. Ochiq ko`ngil - barchaga birdek muomalada. Mulohazali - dunyoqarashi keng, mavzular bo`yicha o`z fikrlariga ega. Ilmli, ilmlari yanada ziyoda bo`lsin. Hayotning o`nqir-cho`nqir so`qmoqlari, yaxshi-yomon daralaridan o`tib olgan odamlardan. Samimiy. Ko`p qatori Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini ustozlari deb biladi, U kishiga o`quvchilik davrlaridan beri muxlis bo`lsa kerak. Qiziquvchan. Qiyoslab ko`rishni xush ko`radi. IT sohasiga ham qiziqishi yo`q emas. Intiluvchan. Ba'zan, balki ko`pincha tunlarini ertalabgacha islom.uz va ziyouz.com forumlarida sayr qilish bilan o`tkazaveradi. Maslahatgo`y - imkon qadar tanbehsiz to`g`ri yo`l ko`rsatib qo`yishga harakat qiladi. Nuqson va xatolari haqida aytgan, tanqid qilgan odamlarni xush qarshilaydi. Falsafani ham yaxshi o`zlashtirganga o`xshaydi. Forumdagi birodarlari bilan ko`rishish ishtiyoqi baland, lekin ha deganda imkon bo`lavermaydi!!. (Balki keyinroq yana davom ettirarman)

Aytgancha, agar ko`risib qoladigan bo`lsangiz, Sizga navbat bermaydi, faqat o`zlari gapiradi, to`g`ri, orada ba'zi narsalarni so`rab ham turadi, lekin suhbatlaridan maza qilasiz.
Xullas, yaxshi inson.

O`xshamay qolgan joylari uchun uzr, rozi bo`lasiz, Sizdan Olloh rozi bo`lsin,

Qayd etilgan


JaviK  24 Mart 2010, 10:08:40

Analitik userkalarni kutamizmi yoki g`olibni aniqlaymizmi, bir narsa devorin

Qayd etilgan


Abu Muso  24 Mart 2010, 11:39:56

 :as:

Kutamiz, kutamiz...  :D

Qayd etilgan


Ansora  02 Aprel 2010, 12:22:44

A.alaykum. Abu Muso akamiz haqlarida ham 1-2 og'iz bir narsalar yozib qo'yay endi, meni g'olib qilmasangiz ham bo'ladi, quruqdan quruq g'olib bo'lmas ekan, yoki sovg'alarni Vatanga kelganimda olaman-mi ;D

Abu Muso aka:

1. Qashqadaryodan ekanliklarini asosan bilamiz, orada u taraflarga oid ovqatlar haqida ma'lumotlar berib, rasmlarini joylab, og'zimizni suvini ham oqizib turadilar, rahmat.

2. 19 yoshlarida uylangan edilar, chamamda, kelinayamiz esa 17 yoshlarida edilarmi-yey, Xotiram bahordan ancha susaydi, uzr endi....

3. Muso degan o'g'illari bor, balki fotogallereydagi imtohonga tayyorlanib uhlab qolgan bolakay Musojondir, bilmadim yana : )

4. Tasavvufga qiziqishlari katta, So'fiylik ham u kishiga juda jozibali keladi, deb o'ylayman. Forumga ilk tashrif buyurganlarida rasmlarini ko'rib, buni darrov sezganman.

5. O'zlari universitetning muhandislik bo'limida o'qiganlar edi menimcha. Xozirgi kunda esa Gaz bilan bog'liq sohada ishlaydilar.

6. Xazilni yaxshi ko'radilar. Orada chiroyli, hech kimni hafa qilmaydigan xazillar qilib turadilar.

7. Farzandlari bo'lganligi uchun har otaday shafqatga egalar, bu ham postlaridan sezilib turadi.

8. Forumda tez tez bo'lganliklari uchun (bazan yarim kechasi) kelinayamiz hech narsa demaydilarmi, deb o'ylanib qolaman to'g'risi. Bundan ham uyda patriarxat tuzum ekanligini sezdim :1

9. Yosh bolalik rasmlariga qaraganda ko'zlari odatdagi Qashqadaryoliklarni ko'ziday emas, Tojiklik bormi deyman ::)

10. Haaa Jerri degan mushuklari bor, bolalabdi, muborak bo'lsin, miyu miyu ovozlari bilan uhlash osonmas : ) Yani hayvonlarni ham yaxshi ko'rarkansiz, demak

Rabbim xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik nasib etsin....


Qayd etilgan


siddiqa  02 Aprel 2010, 12:33:36

:as:

Kutamiz, kutamiz...  :D

Abu Muso akani farzandlariga mehribon ota sifatida ,og'ir bosiq ,judayam mulohazalik inson deb o'ylayman .

o'zlarini va harakterlarini negadir shu avatarlaridagi qalblarni larzaga sola olgan kino qahramonidaqa tasavvur qilaman .
ko'p postlarida ibrat olish mumkin .
Alloh rozi bo'lsin .

Qayd etilgan


Akbarjоn  02 Aprel 2010, 21:29:46

:as:
Kutamiz, kutamiz...  :D

Endichi birodar :)

Qayd etilgan


Abu Muso  02 Aprel 2010, 23:33:42

 :as:

Akbarjon sizga va'da bergan edim-ku:
Akbarjon, sizga yakunida so'z beramiz...  ;)

Demak, so'z navbati sizga!  : )

Qayd etilgan


Akbarjоn  03 Aprel 2010, 01:15:23

:as:
Akbarjon sizga va'da bergan edim-ku:
Akbarjon, sizga yakunida so'z beramiz...  ;)
Demak, so'z navbati sizga!  : )

Unda aka quyidagi qoidaga ko'z yumib turamiz ekanda a :)

Iqtibos
Faqat hayotda tanigan insonlar bo'lsa, ularning yozgan postlari qabul qilinmaydi.

deyarli sizni taniyman :) fe'liz xarakteriz, oilangiz, tashqi ko'rinishingiz... :) shuncha narsani bilib turib yana bu yerda shular xaqida post qoldirsam qoidani buzib qo'ymiymizmi :D

bilmaganlarim taxminlarim bo'yicha fikr bildirsam, :)
Xo'sh...
- Yoshliklarida qizlarni boshini aylantirishni qoyilatgan :)
- Bilimga ko'proq e'tibor berganlaridan yaqin do'stlari safi xam kamroq bo'lgan bo'lsalar kerak
- gazeta yoki kitobni yotib o'qishni maqul ko'radilar
- menimcha yoz oylarida tavallud topgan bo'lsalar kerak :) fe'l atvoriga ko'ra shunday xulosaga keldik...
- Odna tonniy kiyim kiyishni yoqtiradilar
- Amir Temurni unchlik hurmat qilmiydigan kishilardan :)
- Internet texnologiyalariga qiziqadilar, kompiyuterni ilk tajribada sinab ko'rgnlardan
- Yoshligidan o'g'il bolarga nisbatan qiz bolar bilan yaxshi chiqishadi :)
- va eng asosiysi o'zgaga o'rnak bo'laoladigan, mehr va muruvvatli, yordamini imkon qadar ayamiydigan, kerak bo'lsa imkonidanda ortiqroq yordam beraoladigan, tez ta'sirchan, ishonuvchan, fikrida qatiiy bo'lgan kishi

Deyarli xamasi taxminiy, faqat oxirgisi bo'yicha ishonchim komil.  :)
yana bir sifatlari qolib ketibdi, qo'pol xazilarimizga tishini tishiga tekkizib bo'lsada chidab bildirmiydigan user :) Alloh rozi bo'lsin aka, Oila a'zolaringiz bilan Alloh o'z panohida asrasin, oshirvorganlarim uchun rozi bo'lasiz aka

Qayd etilgan