"ANALITIKA" o'yini  ( 104639 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 36 B


Ansora  11 Noyabr 2009, 23:02:07

ChehMik- ekanlarda mavzuimiz:)
O'zi amallar niyyatlarga qarab deyishadi, bandasi tilagandan keyin Yaratgan ham ato etadi-da. Yani bizni ChehMik-mahshur bo'lishni juda juda hohlardilar, o'zlari shundayiga ham mashur edilar-u, bu mavzu bilan yana ham "semirib" ketgandirlar : )
Hullas boshladik ta'riflariga Janoblarini : ) Hafa bo'lish yo'g'-a....

1. Qarshini farzandi.
2. Ziyouz forumini -erka a'zosi.
3. Bazan juda hafa bazan esa quvonchidan terisiga sig'maydigan bola. Yozganlaridan kayfiyatlarini darrov tushunib qolaman...
4. Judaaa egoist, asosan "rahmat" mavzusida. Rahmat aytmaseyla yozmiman, deydiganladan:)
5. O'zlarini Xayol bilan bog'liq mavzularini shunaqangi yeru-ko'kka ishonmaydilarki, yangi mavzu ochilgan payt, voy nima qilardila yangi mavzuni ana mani xayollarim tuibdi-ku deb darrov qarshilik ham qilib qo'yadilar. Mayli nima bo'lsa ham Qarshilik-da ukamiz:)
6. İnsonlarni yaxshi taniydilar, oson emas ko'rmay-bilmay turib, qarshingdagi insonni faqat yozuvlaridan taniy olish va shunga qarab muomala qilish.
7. Menga eng boshlarda yani forumga yangigina a'zo bo'lib post yozganimda: "Turistga o'hshaysiz-ey", degandilar.

Rostdanm ham turistakanman-mi CHEHMİK:)
8. Telefonlarini sotgandilar yaqinda, yangisini oldiz-mi, telefonsiz qiyin g'urbatda. Har qancha ee keragi yo'q deganiz bilan, sizni ham eslab-sms yozib turadiganlar bordir-aaa : )
9. Polshada o'qiydilar, bir paytlar qaysi tilni o'rganay, deb so'rovnoma uyushtigan edilar. Shundan keyin Arab va Rus tiliga qaror bergandilar shekilli.
10. Bazan bodroq yeb, haa yaxshi ketyabdi, deb bir-biriga javob berayotganlarga "gaz" ham berib qo'yadilar...

Xozircha shularni o'qib turinglar yana yozarman, Xayolimga sig'magan Xayollarimni  : )

Qayd etilgan


Abu Muso  11 Noyabr 2009, 23:56:59

 :as:

ChehMik, menimcha endi g'olibni tanlab
bersangiz ham bo'lar. Tinchlik davrida :)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Noyabr 2009, 00:41:22

Assalamu alaykum. Shoshmay turinglar, men ham sizlar bilan boraman... ChehMik. Bu kishini Polshada tahsil olishlarini va Qashqadaryo farzandi ekanliklarini hamamiz bilsak kerak. Özlari samimiy. Köngli toza. Aytgancha, ichlarida borini yashirmay aytadilar. Özining zarracha ilmi bölmay, ulamolarni muhokama qiladigan nodonlarning chiqishidan sochlari tikka bölib, Polshadan qochib kelgilari keladi. Umumiy joyda tilini tiyib, shaxsiy maktubda "yumshoq" gapiradigan Munofiqlarni qattiq "sevadi"lar. Bir-bir Ajoyib hayollarini namoyish qilib, tushkunlikdagi ommaga hushkayfiyat ulashish jon-u dillari. Shevaga hos sözlarni özgartirmay gapirib, alohida qiyofa kasb qilishni ham yoqtiradilar. Meni yoshim 25 da. Bu kishi esa, har holda mendan kichik yoshdalar... Aha gapim söngida sizga tavsiyam birorta yaramasni g'alamislik qilayotganini körsangiz ham garchi ichingizda rosa loyiq sözlar bilan siylagingiz kelsa-da, dastlab odob ila murojaat qilib kurishni odat qiling.

Qayd etilgan


Abu Muso  12 Noyabr 2009, 16:51:01

 :as:
Demak o'yinimizning ilk g'olibasi - Kapalak opa!
Kapalak honim, avvalo sizni g'oliblik bilan qutlaymiz!
G'oliblik imkoniyatingizdan foydalanib, keyingi qahramonimizni
tanlab berishingizni so'raymiz. Qaysi user(ka)ga ta'rif berilishini
hohlaysiz, marhamat so'z navbati sizga ...

Qayd etilgan


Ansora  13 Noyabr 2009, 12:14:09

A.alaykum. Barchamizga Jum'a Muborak bo'lsin azizlar. Duolarda unutmaysiz insholloh...

Mavzuni shartlarida g'oliba yoki g'olib tanlanishiga e'tibor bermagan ekanman...Shunchaki yozgandim:) Lekin rahmat.

Keyingi faol ishtirokchilardan biri SHOİR haqida o'z fikr va mulohazalarimizni bildiramiz...

Qayd etilgan


Abu Muso  13 Noyabr 2009, 12:18:51

 :as:
Demak, keyingi qahramonimiz:

Shoir - ?

Qayd etilgan


ikbaljohn  13 Noyabr 2009, 12:52:00

Shoir-andijonlik,Andijon Davlat universitetida o'qituvchi bo'lsalar kerak.Bekorchi gaplarni yoqtirmaydilar,Alisher Navoiyni sevib o'qisalar kerak.Yoshlari 25-26 da

Qayd etilgan


Abu Muso  14 Noyabr 2009, 06:34:10

 :as:
Ie, mavzumiz to'xtab qolbdi-ku!
Analitiklar qayoqqa ketib qolishdi?  :7

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Noyabr 2009, 12:47:38

Assalamu alaykum.
Chehmikka ham fikr bildirmoqchi edim, afsus kech qolibman. Mayli, demak, keyingi ishtirokchi SHOIR!

Baholi qudrat o'z fikrlarim:
Shoir adabiyotga juda qiziqadila, fikrlashlaridan vodiy farzandi. Oila qurmagan bo'lsala kerak. Forumdagi men hurmat qilgan userlardan biri. Har qanday sharoitda ham bosiqlik va mulohazali fikr bildiradila. Har qanday holatda ham haqni gapiradigan forumdagi mard yigitlardan biri. Qonun qoidalarga qat'iy ravishda amal qiladila. Hech bir keraksiz mavzularda post qilmaydila. Tarafkashlik qilishni yoqtirmaydila, muomalada xolislikni yoqtiradila. Forumdagi eng ko'p postlar sohibi. Dunqarashlari juda keng, bunga esa alabtta ko'p kitob o'qib erishganlar menimcha. Xullas, yaxshi taraflari juda ko'p. Yomon taraflarini hali men sezmadim. Qisqasi, har bir o'zbek yigiti shu kishiga o'xshab xolis va mard bo'lishini istardim.
Alloh u kishidan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  14 Noyabr 2009, 16:05:08

Shoir-

1. Andijonni Marhamatidan
2. Adabiyotni hamma sohalariga qiziqishlari postlaridan ma'lum
3. Viloyatlar haqida eng ko'p ensiklopedik ma'lumotni bergan a'zo
4. Viktorinada so'ragan savollariga doimo hayrat bilan qarayman( qayerdan topasiz shuncha savolni : ))
5. Yoshlari 25-28 orasida bo'lsa kerak.
6. Uylanmagan bo'lishlari kerak, yana bilmadim...
7. Hurmat-izzatni kanda qilmaydilar. Ularga yozilgan bir post agar boshda menga yoki boshqa a'zolarga yozilganda bilmadim, forumda yana ancha tortishuv bo'lardi. Lekin bu kishi sabr ko'rsatdilar. Alloh rozi bo'lsin....
8. Savollari bilan Ulug'bek 75 akamizni aytganlariday : "Hammamizni foydali vaqt sarf etishga chaqirishni yaxshi biladilar : )
9. Muhammad Yusuf va Shavkat Rahmonni juda yaxshi ko'rib o'qiydilar, deb o'ylayman. Muhammad Yusuf ( Alloh rahmat aylasin insh) Marhamatlik bo'lganliklari uchun fahrlanadilar....(menimcha : )) haqlisiz agar shunday bo'lsa...
10. Forumga eng birinchilardan bo'lib a'zo bo'lgan Shoirlarimizdan:)

Qayd etilgan