"ANALITIKA" o'yini  ( 166072 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 B


Donishmand  02 Iyul 2013, 17:42:28

Otasi yaxshi odam, shuning uchun asalari boqadi.
O'zi ... odam, chunki asalari boqmaydi.

Bu bolaga tushunib bo'lmaydi, bir anjanlikman deydi, bir mag'lanlikman deydi, bir namanganlikman deydi - g'isht quyaman deb miyyasini oftob urganmiki yo, - deb o'ylaydi tushunmagan odamlar. Tushunganlar esa "O'qituvchilarga qiyin!" - deb qo'yishadi.
O'zi bo'z bola, Andijonning Bo'zidan. Payt topsa otasiga ham hazil qiladiganlar toifasidan. Birinchi marta o'sha "Osh jangi" da Muhammad Sohibga sekundantlik qilganida tanishganmiz. Sekundant-pekundanti bilan yeb tashlayman deb borsam tuppa-tuzuk bollarakan.
Maktabda ingliz tilidan dars beradi. Direktori bilan oralari "yaxshi". Qolgan o'qituvchilar bilan ham oralari yaxshi. O'quvchilar uni "sense" deb chaqirishadi, uni ko'rganda "O'o'o'o'" - deyishadi.
O'z fikriga ega odam. Fikrining boshqalar uchun to'g'rimi-noto'g'riligi uni qiziqtirmaydi, boshqalarniyam uning fikri to'g'ri-noto'g'riligi qiziqtirmaydi.
O'quvchilarning ho'jalik ishlariga jalb qilinishiga doim qarshi. Bu borada men ham unga qo'shilaman.
Yoshligida ko'p kitob o'qigan, ammo faqat ertak, roman, hullas badiiy kitoblar o'qigan. She'riy kitoblarni kam o'qigan, o'zicha she'rlar yozgan bir-ikkita, vaqtida. Hozir u she'rlarini ko'rsa o'zidan hijolat bo'p ketadi. Doim birnarsalar qivorgisi keladi-yu, yo zamon xalal beradi, yo makon.
G'alati-g'alati gaplari boks bian shug'ullanganligining ta'siri bo'lsa kerak.
O'ta "kamgap" bola. Atrofni, odamlarni ko'p kuzatadi. (Ammo bunaqa xarakter bilan qanday qilib fizikaga qiziqmaslik mumkin - hayronman!).
Juda yordamsevar, qo'lidan kelmasayam yordam beraveradiganlar toifasidan. Kallasi bor bola - 58 razmer marg'ilon do'ppi kiyadi. Manimcha, ta'lim sohasida revolyutsiya qilish uchun, maktab direktorligini unga topshirish kerak!


Endi Aqoid haqida gaplashsak. Bu o'sha menining tashabbusim bilan Global Moderator qilib saylangan bola. Bir oy ham o'tmay, Globallikdan G'animat Moderatorlikka o'tdi. Hullas ishonchimizni oqlamadi, chekiga solgan bolaxonali uyining devorini oqladi. Avvallari forumda Tunggi qorovullikda turardi. Kechasi uyg'onib ketsam qo'limga telefonni olib forumga bir kirib qo'yardim. Shunda onlaynda "xx mehmon va FAQAT Aqoid(!)"ni ko'rib, hayolimga bir gap kelardi: - " Forum ahli, uhlanglar, forumda hamma yoq tinch!"


P.S. Tuzik bolaga o'xshaydi. Men unaqa bolani tanimayman.

Qayd etilgan


NANO  02 Iyul 2013, 19:00:44

Shaxsan tanimiymanu lekin mani Uylanishimni poylab yurgan forumdoshlardan biri.  ;) :D ;D :1


P.S
Dushmaning bo'sa uylantirib qo'y o'zi yo' bo'p ketadi dirmidi :)

Qayd etilgan


Ansora  02 Iyul 2013, 19:04:20

 :asl3:


registanni men ham Samarqandlik, deb oylagandim, Shahrisabzlik ekanlar:) o'qimishli bola, kallasi dahshat ishlaydi, koz tegmasin:)


Aqoid- domlamizni hurmat qilaman:)

Qayd etilgan


Sadulla  03 Iyul 2013, 11:37:19

Assalomu alaykum.

Aqoid aka Vodiyliklar (Andijonni Bo'z degan joyidan ekanlar buni yaqinda bildim ).Men boshida ularni maktabda jismoniy tarbiyadan dars beradilar deb o'ylagan edim )) GM bo'lganlarida xursand bo'lgandik AbdulAziz akaga yordamchi toildi deb afsus bu uzoqqa bormadi.Futbolga qiziqadilar,lekin futbol o'ynab turishga vaqtlari yo'q menimcha.Oldinlari ko'p foydali postlar qilib turardilar,hozir kam post yozadigan bo'lib qoldilar.

Qayd etilgan


Хадича  03 Sentyabr 2013, 21:53:56

Forumimiz domlasi Aqoid bu mavzuga qaramadilar shekilli 2 oydan buyon....
G'olibni e'lon qilsalar davom etardi yana bu mavzu...

Qayd etilgan


buzulkuşu  04 Sentyabr 2013, 02:45:02

Bu nasıl oyun?

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  04 Sentyabr 2013, 11:19:35

Forumimiz domlasi Aqoid bu mavzuga qaramadilar shekilli 2 oydan buyon....
G'olibni e'lon qilsalar davom etardi yana bu mavzu...
manimcha izoh va tahlillardan domlaning ko'gnli to'lmagan shunga kutyapti shekilli  ;D

Qayd etilgan


Ansora  04 Sentyabr 2013, 16:45:14

buzulkuşu, 1 kişi seçiliyor, diğer üyeler o hakkında düşüncelerini yazıyor. En son "kahramanımız" Aqoid adındaki kişiydi.

Qayd etilgan


Aqoid  04 Sentyabr 2013, 21:51:45

Shu Donish kishining ta'rifi biram yoqdi(yurakni). Shu bola yangi tosh otiladigan ishtirokchini tanlab bersa xursand bo'lardik.
To'g'risi, ta'riflar faqat ijobiy bo'lib qolibdi men uchun. Bu hislatlarimni o'zim ham bilaman.....

Qayd etilgan


Donishmand  05 Sentyabr 2013, 12:02:47


Endigi navbatni, yana g'olib bo'lishim ehtimolini hisobga olib, Muhammad Sanjarga berdik. :)
Muhammad Sanjar haqida kimda qanday fikrlar bo'lsa yozaveringlar. Eng yomon odatlariniyam yozinglar, sal qiziqarliroq bo'lsin.

Qayd etilgan