Топ рейтинг www.uz "ANALITIKA" o'yini

"ANALITIKA" o'yini  ( 103627 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 24 B


Abu Muso  10 Noyabr 2009, 22:30:07

 :as:
Ushbu mavzuda bir-birimizdagi psixologlik va analitiklik qobiliyatimizni tekshirib ko'ramiz.
O'yin qoidasi, istagan bir faol ishtirokchining nomini qo'yamiz va kim o'zini tekshirib
ko'rmoqchi bo'lsa, shu ishtirokchi haqida qanday tasavvurga ega bo'lsa holis yozib
o'tadi. Masalan, yoshi necha yosh atrofida, kasbi qaysi sohaga yaqin, xarakteri, dunyo
qarashi, ilm darajasi, qaerdanligi va hokazolar... Hamma hohlovchilar fikr bildirib bo'lgach,
o'sha nomi aytilgan ishtirokchining o'zi g'olibni aniqlab beradi. G'olib esa, yangi qahramon
nomini o'rtaga tashlaydi. Faqat hayotda tanigan insonlar bo'lsa, ularning yozgan postlari
qabul qilinmaydi.

Foyda: Birinchidan, mo'min kishi o'ta zakiy va farosat egasi bo'lishi lozim, ikkinchidan har bir ishtirokchi o'zi haqida birodarlari  qanday fikrda ekanligini bilib, lozim bo'lsa
o'zi sezmagan kamchiliklarini to'girlab borishga harakat qiladi. InshaAlloh, mavzumiz yaxshi niyatda ochildi...


Shu kungacha, mavzuda ta'rif etilgan yuzerlar:

Chehmik
Shoir
Salmon Forsiy
Chustiy
Y_U_R_I_S_T
AbdulAziz
Foniy
Abu Muso
Robiya
Siddiqa
Muhseena
Javik
Yoqutxon
TITAN-UZ
Lolo
MSJON
Usmon
Donishmand
Хадича
Abdumuhaymin
Lu'lu' opa
braupov
ZeroHero
registan
aqoid

Qayd etilgan


Abu Muso  10 Noyabr 2009, 22:35:01

 :as:
Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.

Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?


ChehMik - ...

Qayd etilgan


Arbuzchi  10 Noyabr 2009, 22:47:54

:as:
Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.

Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?


ChehMik - ...
:vslm:
man topishga harakat qip ko'riy.
Cheh bu hoynahoy Chehiya bo'sa kerey. Yoki Chelsi klubidagi Cheh muhlisi... :D
Mik bo'sa, hoynahoy Mikki Mausdagi MIKni qisqartmasi... ;D

Qayd etilgan


Abu Muso  10 Noyabr 2009, 23:47:27

 :as:
Siz oxirrog'ida aytasiz...
Bo'lmasa kim oxirgi post qilsa, o'sha
haqiqatga yaqinlashib borveradiku :)

Faqat, real hayotda ko'rmagan insonni
qanaqa ekanini ta'riflahs bo'yicha bo'sin,
postlar. Buni boshqacha qilib, ... portretiga
chizgilar, ham deyiladi.  : )

Qayd etilgan


Muvahhid  11 Noyabr 2009, 05:21:00

:as:
Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.

Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?


ChehMik - ...

Real hayotda ko'rmagan insonga ta'rif berish bu juda ham qiziq g'oya ! Faqatgina ta'rif berayotgan insonni xafa qilib quymasak, albatta !

ChehMik birodar:
Menimcha yoshlari 21-26 atrofida.Forum orqali u kishi haqida ikki ma'lumotni bilganman, u kishi asli Qashqadaryodan va hozirgi kunda Chexiya davlatidalar. Menimcha Qarshi yoki Shaxrisabz shaxridan bulsalar kerak, Chexiyada esa o'qiydilar va shu bilan birga ishlashlari ham mumkin.
Kasblari:arxetekturaga yaqinroq shekilli, lekin ofis xizmatchisilar.
Nomlari "ChehMik":Cheh-tushunarli,Mikni uncha tushunmadim,menimcha Chehiyalik yoki Chexiyada degan ma'nolarni bildirsa kerak.
Xarakterlari:quvnoq,bu hayotda o'zlarini hech qachon xafa qildirib ham, xafa qilib ham quymaydilar.
Dunyo qarash:forumda ko'p mavzularda post qoldirganlariga qaraganda juda keng va hurmatga sazovor.
Ilm darajalari:barcha sohalar haqida ma'lumotga qisman egalar,lekin o'z mutahasisliklari bo'yicha professional bulishga intilsalar kerak.
"Siz manga keraksiz,Man sizga keraksiz..." va "U yashar mensiz va lekin Men tirikman U bilan..."-bu so'zlarga qaraganda sevgi bobida kimdir u kishiga armon, yoki u kishi kimgadir armon bulib qolgandek. Lekin kim bilsin balkim bu "Ilohiy ishq"ga oiddir..... Bularni barchasi haqida janob Chehmikni O'zlari yaxshi biladilar !

Qayd etilgan


Abu Muso  11 Noyabr 2009, 06:44:35

 :as:
O'yinimizning boshlanishi, yomon emas! :)
Keyin, qanaqa kamchiligi bor deb hisoblasangiz
ham, bildirib o'taverish kerak. Zero, mo'min -
mo'minning oynasidir. Xafagarchilik bo'lmaydi.

Boshqa analitiklarimizning firlarini kutib qolamiz...

Qayd etilgan


lolo  11 Noyabr 2009, 07:15:45

 :as:
Shu ChehMik birodar kopkotta bo'lishlariga qaramay haliyam yoshbolaga o'xshaydila. Hazil gapla qiladila, uladayam javob qaytarmasdan turomidigan kasallari bor. Bu ham yetmagande har bir narsani nuqta-verguligacha e'tibor beradila. Ayniqsa gap o'zlariga tegishli bo'sa o'sha masalani aslo qo'yvormidila.
Gap-so'zlariga qaraganda toshkenliga o'xshatdim, yoki toshkenda ko'p yashagan, yoki ko'p do'stlari toshkenli, vallohu a'lam.
Harakterlarini bunaqaligiga ikta sabab bor bo'lishi kk: 1. Hayotta ko'p qiyinchili ko'rganlaridan, va asoratlari haligacha qiynavatganidan bularni sal yashirish, yohud unutish maqsadida o'zlarini biroz jinnilikka soladila. 2. Hayotta umuman qiyinchili ko'rmaganlari bois yengiltakla.
Nima bo'lganda ham o'zi bir kalte yiyishli bb turibdila, keyn hammasi yaxshi bb ketadi, inshaalloh.

Qayd etilgan


registan  11 Noyabr 2009, 11:17:03

ChehMik Qashqadaryolik userlardan, aniqrog'i Qarshidan. Taxminan 23 yoshlarda. Hozirda Polshaning Gdansk rayonida. "ChehMik" nickinining ma'nosi esa "Cheh" teskarisi "Hech", "Mik" teskarisi "Kim", yani men hayotda "Hechkim"man demoqchi bo'lganlar. Hazilkash, hazilni ham ko'tara oladi. Toshkentda universitetda o'qigan.

Yana biror fikr kepqosa yozarman. ;D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Noyabr 2009, 12:02:55

:as:
Harakterlarini bunaqaligiga ikta sabab bor bo'lishi kk: 1. Hayotta ko'p qiyinchili ko'rganlaridan, va asoratlari haligacha qiynavatganidan bularni sal yashirish, yohud unutish maqsadida o'zlarini biroz jinnilikka soladila. 2. Hayotta umuman qiyinchili ko'rmaganlari bois yengiltakla.


Voy, damaladimey, voy buraldimey... :-))))

Qisqasi sizni odammas demoqchilar... va haqlar :-))))

Qayd etilgan


Muhseena  11 Noyabr 2009, 22:45:24

ChehMik forumdan sekin-asta chiqib ketayotgan paytim,Xayollarga sig'magan xayollar mavzusini ochdilar.Qisqa vaqt ichida juda ommalashib ketdi.O'sha blogda o'zimmi bemalolroq his qilaman.Senzura yo'qde  :),forumni qiziqarli bo'lishi uchun hissa qo'sha oldilar,bo'lmasa hammayoq jiddiy bo'lib ketgandi,odam bir xillikdan zerikadi.
ChehMik tahminim bo'yicha 23-24 yoshda bo'lsalar kere.Imzolari Ilohiy ishqga qaratilgan,mani fikrimcha.Ularni yaqindan bilmaymanu,lekin samimiy,ko'ngli toza inson deb o'ylayman.Kayfiyat yo'qligida postlarini o'qib maza qilib kulib olamiz.Hazil qiladilar,ko'taradilar,ammo hato qilsalar uzr so'rab qo'yadilar.Bu ularning yaxshi xislatlaridan biri.Birovni kamchiligini qidirishni yoqtirmayman,ko'rmaganimdan keyin.Chunki o'zimda tiqilib yotibdi.Ularnikini topguncha o'zimnikini kamaytira qolay.Ammo ularga chin dildan beradigan maslaxatim,ilm olishni to'xtatmang!!!

Qayd etilgan


Ansora  11 Noyabr 2009, 23:02:07

ChehMik- ekanlarda mavzuimiz:)
O'zi amallar niyyatlarga qarab deyishadi, bandasi tilagandan keyin Yaratgan ham ato etadi-da. Yani bizni ChehMik-mahshur bo'lishni juda juda hohlardilar, o'zlari shundayiga ham mashur edilar-u, bu mavzu bilan yana ham "semirib" ketgandirlar : )
Hullas boshladik ta'riflariga Janoblarini : ) Hafa bo'lish yo'g'-a....

1. Qarshini farzandi.
2. Ziyouz forumini -erka a'zosi.
3. Bazan juda hafa bazan esa quvonchidan terisiga sig'maydigan bola. Yozganlaridan kayfiyatlarini darrov tushunib qolaman...
4. Judaaa egoist, asosan "rahmat" mavzusida. Rahmat aytmaseyla yozmiman, deydiganladan:)
5. O'zlarini Xayol bilan bog'liq mavzularini shunaqangi yeru-ko'kka ishonmaydilarki, yangi mavzu ochilgan payt, voy nima qilardila yangi mavzuni ana mani xayollarim tuibdi-ku deb darrov qarshilik ham qilib qo'yadilar. Mayli nima bo'lsa ham Qarshilik-da ukamiz:)
6. İnsonlarni yaxshi taniydilar, oson emas ko'rmay-bilmay turib, qarshingdagi insonni faqat yozuvlaridan taniy olish va shunga qarab muomala qilish.
7. Menga eng boshlarda yani forumga yangigina a'zo bo'lib post yozganimda: "Turistga o'hshaysiz-ey", degandilar.

Rostdanm ham turistakanman-mi CHEHMİK:)
8. Telefonlarini sotgandilar yaqinda, yangisini oldiz-mi, telefonsiz qiyin g'urbatda. Har qancha ee keragi yo'q deganiz bilan, sizni ham eslab-sms yozib turadiganlar bordir-aaa : )
9. Polshada o'qiydilar, bir paytlar qaysi tilni o'rganay, deb so'rovnoma uyushtigan edilar. Shundan keyin Arab va Rus tiliga qaror bergandilar shekilli.
10. Bazan bodroq yeb, haa yaxshi ketyabdi, deb bir-biriga javob berayotganlarga "gaz" ham berib qo'yadilar...

Xozircha shularni o'qib turinglar yana yozarman, Xayolimga sig'magan Xayollarimni  : )

Qayd etilgan


Abu Muso  11 Noyabr 2009, 23:56:59

 :as:

ChehMik, menimcha endi g'olibni tanlab
bersangiz ham bo'lar. Tinchlik davrida :)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Noyabr 2009, 00:41:22

Assalamu alaykum. Shoshmay turinglar, men ham sizlar bilan boraman... ChehMik. Bu kishini Polshada tahsil olishlarini va Qashqadaryo farzandi ekanliklarini hamamiz bilsak kerak. Özlari samimiy. Köngli toza. Aytgancha, ichlarida borini yashirmay aytadilar. Özining zarracha ilmi bölmay, ulamolarni muhokama qiladigan nodonlarning chiqishidan sochlari tikka bölib, Polshadan qochib kelgilari keladi. Umumiy joyda tilini tiyib, shaxsiy maktubda "yumshoq" gapiradigan Munofiqlarni qattiq "sevadi"lar. Bir-bir Ajoyib hayollarini namoyish qilib, tushkunlikdagi ommaga hushkayfiyat ulashish jon-u dillari. Shevaga hos sözlarni özgartirmay gapirib, alohida qiyofa kasb qilishni ham yoqtiradilar. Meni yoshim 25 da. Bu kishi esa, har holda mendan kichik yoshdalar... Aha gapim söngida sizga tavsiyam birorta yaramasni g'alamislik qilayotganini körsangiz ham garchi ichingizda rosa loyiq sözlar bilan siylagingiz kelsa-da, dastlab odob ila murojaat qilib kurishni odat qiling.

Qayd etilgan


Abu Muso  12 Noyabr 2009, 16:51:01

 :as:
Demak o'yinimizning ilk g'olibasi - Kapalak opa!
Kapalak honim, avvalo sizni g'oliblik bilan qutlaymiz!
G'oliblik imkoniyatingizdan foydalanib, keyingi qahramonimizni
tanlab berishingizni so'raymiz. Qaysi user(ka)ga ta'rif berilishini
hohlaysiz, marhamat so'z navbati sizga ...

Qayd etilgan


Ansora  13 Noyabr 2009, 12:14:09

A.alaykum. Barchamizga Jum'a Muborak bo'lsin azizlar. Duolarda unutmaysiz insholloh...

Mavzuni shartlarida g'oliba yoki g'olib tanlanishiga e'tibor bermagan ekanman...Shunchaki yozgandim:) Lekin rahmat.

Keyingi faol ishtirokchilardan biri SHOİR haqida o'z fikr va mulohazalarimizni bildiramiz...

Qayd etilgan