"ANALITIKA" o'yini  ( 123297 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 36 B


Y_U_R_I_S_T  30 Noyabr 2009, 11:25:12

Taaaak, deganingizdan bildik, o'zbek ekansiz deydi.

Odamlarga ham hayronsanda, tinchgina yaxshi ketayotgan mavzuni to'xtatishdi qo'yishdi... Men har safar yangi mulohaza qoldirilganda, uni printerdan chop etib, ko'rpachalarni to'shavolib, choy-poylarni quyvolib, huzur qilib o'qiyotgandim. :7 Ehhh, beliga tepishdi...

Xullas, barcha ish hujjatlari bilan tanishib, tergov harakatlarini batafsil o'rganib chiqib, SUD HUKM qiladi:

Gumon qilinuvchilar: Ziyovuddin, uzmus, imlaah, Kapalak, TITAN-UZ, Hadija, Nurzoda, lolo va ChehMiklarning ko'rsatmalari atroflicha o'rganib chiqildi va quyidagi xulosalarga kelindi:

Yurist (Y_U_R_I_S_T).
Hammasi taxminan
Xo'sh, yurist bilan tengdoshmiz menimcha. Lekin bilim saviyasiga qarab yosh beradigan bo'sam 32-34(atrofi). Rangladan qizilni yoqtirsa kerak. Antikvar narsalayam yoqadi. Xorijda o'qish niyatam yo'q bo'lmasa kerak. Qizlaga qaramidigan zo'r bola. Taomlardan "yaxnini" yoqtiradigan bolaga o'xshamidi. Moshinaladan "Mersedes" yoki "Ferrari"de. Sport kiyimlaridan ko'ra kastim shim.

Izoh: Hayolimga kelgan birinchi narsalani yozdim.

Ziyovuddin, faqat rost gapiraman deb qasam ichgan holda so'zga chiqdi. Faqat ikkita gapini aytmasa qolgani normalniy. Ya'ni mana bular:

Iqtibos
Xorijda o'qish niyatam yo'q bo'lmasa kerak. Qizlaga qaramidigan zo'r bola.

Xorijda o'qish niyatim yo'q, xozircha. O'zimizdan qo'ymasin. Qizlar borasida esa... Ehhh, meni yaxshi bilmas ekanlaroovvv :7



uzmus akamiz ham qisqa va lo'nda, aniq javob berdilar. Mana bu gapingizni o'zingiz rad qildingiz lekin:

Iqtibos
Bir ishnni ortidan tushsa ohiriga etkazmasdan qoymaydigan yigitga o'xhsaydi...  :)

Oxiriga yetkaza olmadimda shu ishni. :7



imlaah...

Aslida o'yinlarga ko'p ham jiddiy qaramasamda shu yerda biroz o'yin aralash fikr bildirishga izn so'rayman.Chustiyga bernmoqchi bo'lgan tarifim ammo bu nafaqat chustiyga balki shu forumdagi man hurmat qilgan deyarlik ko'plab birodar ukalarga oid shuningdek Y_U_R_I_S_T ga ham.O'yin qoidasi holislik bilan tarif ekan(yaniy faqat maqtalsin deyilmagan ekan) inshaallah bu ukalarni hayotda bilmaymiz ammo bilganimiz shu yozishmalaridan hulosalansa demak tarif ham shunga yarasha bo'ladi.
Forumdagi deyarli barcha birodar ukalarda ilmga intilish hoh dunyoviy hoh diniy bo'lsin yetarlik tarzda bor.Allah davomli qilsin.Juda gozal shinavadalik bilan muloqot yuritish uslublari bor har birlarini.Har birlari o'z sohalarida yetarlik darajada mahoratga egalar deb o'ylayman.O'zaro munosabatlari juda gozal va asl birodarona deb tasavvur qiladi yozishmalarini o'qigan inson.Shu yozuvlaridan hulosa qilganda yanada nozik sifatlari baazi  hurmati kuchli insonlar uchrab qolgan joyda ularning yoshlarini yoki martabalarini yoda issiq yuzlarini (ko'z ko'zga tushganda uyalib qolmaslik uchun) hurmat izzat qilib haqni o'rab izzat bilan asarb olib qoyadilar .Bu (shoirdan boshqa deyarlik barcha forumchi yigitlarga tegishli) sifatlar hurmatli  Y_U_R_I_S_T da ham borligini yaqinda kuzatdik.
Hayotda ko'zalagnlari Haqiqat uchun kurashda davomli va adolatlik bo'lishni tilab qolaman.


Shu postni har gal o'qiganimda har xil yangi ma'no tushunaman. Bu post Leonardo Da Vinchining "Jakonda"siga o'xshaydi. Ayolning nimhol tabassumidan turli ma'no anglash mumkin.

Oxirgi tilaklari uchun rahmat oma!



Kapalak opajon... Zo'r nutqqa chiqdilar lekin. Suddagilarni ham og'zi ochilib qoldi. Ora-orada turkcha gapirib ham qo'ydilar... Lekin eng yoqqan joyi, sudga o'zlari pishirgan taomlardan olib kelgan ekan, hammaga tarqatdilar. Sudya, advokat, prokuror, kotib, qisqasi hammani og'zini "yog'ladilar". Yomonam pishiqsizey... opajon. Ammo ming bor uzr, shuncha "podxod" qilsangiz ham sizni "ayblanuvchi" deb topolmayman. Sababi siz shundoqqina forumdagi postlarimni ko'chirib qo'yibsiz xolos :7. Psixologik ta'rif yo'q... Lekin sizga ham samimiy tilaklaringiz uchun rahmat!!!



TITAN-UZ

Faqat bir og'iz gap aytdilar xolos. Shuncha so'rasak ham, advokatim kelmaguncha, bir og'iz ham gapirmayman deb turib oldilar. Asosiy gumon sizdan bo'ladi endi... :7



Hadija

Qo'rqoq oldin musht ko'tarar degan aqidaga amal qilib, darrov o'zimga hujum qilishni boshladilar:

Iqtibos
Ayblanuchvi YURIST!

deb. Hoy, forumdosh, men "jabrlanuvchiman" bu yerda. Lekin nuqtingiz sud zalidagilarga yoqdi. Bironta ham xato joyi yo'q.



Nurzoda...

Sir saqlay olmas ekanlar. Tergov vaqtida bor haqiqatni oqizmay-tomizmay (muzqaymoq deb o'ylayapsizmi?) yeb qo'ydilar, iye, yo'g'ey, aytib qo'ydilar... Shuning uchun sizning "aybingizdan" kechdik.



lolooooooooooooooooooooooooo

Uni ko'rganda hamma oooooooooooooooooooo deydi.

Iqtibos
"Iye.. Y_U_R_I_S_T yoshbolekanuu!" degan edim.
Iqtibos
yoshbolaligi pand berib turadi...

Ushbu ko'rsatmalaridan keyin, biz loloni tergov protokollariga 90 yoshli kampir deb kiritib qo'ydik. :7



ChehMik

"G'olib ChehMik! Ura! Ura! Ura!" demoqchi edimu, bundayin betayin postlaridan keyin shunaqa deb bo'ladi.

Iqtibos
Eng ko‘p ishlatadigan iborasi:  " ChehMik oka" ," okamjonim ChehMik okam"
Iqtibos
E-mail:  chehmikokam@yahoo.com
Iqtibos
Web-sayt: ustozimchehmik.com

Sudda yolg'on guvohlik bergani uchun sizni qamab yuborish kerak edi-yu, ammo prodyusserimsizda... Mayli bir marta kechirdim. Bo'lmasa oyligimni bermay qo'yasiz...




O'zbekiston Respublikasi nomidan SUD shunday hukm qiladi:

Barcha gumonlanuvchilarning ko'rsatmalari orasida Hadija eng to'g'ri gapirgan deb hisoblansin va "aybdor" deb topilsin. Unga 2 kun ichida zudlik bilan "ANALITIKA" o'yinining keyingi qahramoni belgilash "jazosi" berilsin.

Shuningdek, yaxshi o'yinni offtoplari bilan buzgani uchun Chustiy va lolo larga "jarima" belgilansin. Ular 20 ta ma'noli post qoldirishlari bilan ushbu jarimani ado etsinlar. (lologa qiyin bo'ladigan bo'ldi :7) Hazil emas

Hukm qat'iy! Shikoyatga o'rin yo'q!

Qayd etilgan


Abu Muso  30 Noyabr 2009, 12:32:40

 :as:
Demak, Hadijaxon g'olib bo'libdilar va ayni damda Oliy
sudyamiz qo'ygan "jazo"sini o'tash fursati ham keldi. :D
Hadijaxon keyingi qahramonimiz kim bo'lishini istar edingiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2009, 05:00:27

Hadijaxon keyingi qahramonimiz kim bo'lishini istar edingiz?[/b][/color]

Kecha Hadija bilan gaplashgandim.
Ayrim sabablarga ko'ra netga kirolmaganlari uchun "ANALITIKA" da keyingi qahramon AbdulAziz ekanliklarini aytib qo'yishimni iltimos qildilar


Qayd etilgan


Abu Muso  04 Dekabr 2009, 06:40:31

"ANALITIKA" da keyingi qahramon AbdulAziz ekanliklarini aytib qo'yishimni iltimos qildilar

 :as:
Balki,... siyosatga aralashmasmiz!  :13
Aytishsdiku, o'ynashmagin arbob bilan, ... deb  :D

Qayd etilgan


Abu Muso  04 Dekabr 2009, 06:47:03

Ha mayli, nimaki bo'lsa, peshanadan ko'rarmiz... ;D

Demak, keyingi qahramonimiz - AbulAziz!

Kim ban(yo'g'ey g'olib) bo'lmoqchi bo'lsa,
bo'lsa, marhamat boshlanglar, AbulAziz - ?  ;)

Qayd etilgan


shoir  04 Dekabr 2009, 11:20:05

АбдулАзизни 2004 йилдан бери танийман.

Ўшанда www.ziyouz.com (у пайтларда зиё-уз.ланд.ру да сди) снди ташкил стилган, лекин маълумотлар базаси сша пайтдаги исталган сзбекча сайтдан ксп сди. Исломий бслимида ҳам жуда ксп китоблар бор сди. У пайтда www.islom.uz ҳам йсқ сди, 1 йиллардан кейин очилган.

Ўша пайтдаги форум ҳам ихчамгина, лекин ичида жуда ксп маълумотлар базаси ва илмга чанқоқ ёшлари билан машҳур сди. Мен аслида илмий ишим учун маълумот қидириш давомида зиёни кашф қилдим, форумга аъзо бслдим, озми-кспми фикрлар билдирдим.

АбдулАзиз, магистрлик ишимнинг срмига бемалол муаллифлик қилса бслади, чунки айнан у тақдим стган маълумотлар ишимнинг асосини ташкил стди. Кейинчалик номзодлик ишимда ҳам унинг ёрдами ксп бслди.

2004-2005 йилларда интернетда исломий ресурсларга бслган сҳтиёж жуда катта сди. Чунки у пайтларда исломий сайтлар кам, маълумотлари ҳам оз сди. Жуда ксп мухлислар форум ва сайт орқали саволлар беришар, АбдулАзиз сса, сринмай китоблардан уларнинг саволларига жавобларни топиб берарди. Исломий кутубхона билан биргаликда адабий кутубхонани ҳам жонлантириб борди. Бемалол, шубҳаларсиз айтишим мумкинки, АбдулАзиз сзбек интернетини снг схши манбалар билан таъминлади. Ҳозирда ҳам сзбек тилидаги снг ксп манба айнан зиёуздадир. Гугл тармоғидан кспинча қидирсангиз, аввало зиё саҳифаларига ксзингиз тушади.

Ҳозирда айнан зиёуз таъсирида очилган юзлаб сайтларни санаб стиш мумкин.

АбдулАзизнинг снг схши хислатларидан бири, унга илтимос қилинган бирон хизматга сидқидилдан, ҳеч қандай манфаатсиз ёрдам беришидир. Менимча, форумдошларнинг кс‰пчилиги унинг беминнат ёрдамидан баҳраманд бслган бслса керак. Бир марта туз еган жойингга, доимо ҳурмат билан қара, дейишади. У ҳақда ёмон гумонга бораётганлар, фикр қилсинлар-чи...

Мен унга ксп савол берардим: "œКимлар учундир кечалари ухламай китоб сканер қилиб берасан, кимнингдир бирон таржимасига ксмаклашасан, сна кимнидир мақола ва илмий ишларини текшириб берасан, чет-слдаги қайсидир олимларга китоблар жснатасан, иши битгандан сснг сртага улар сени сслайдими йсқми? Сенга бундан бир тийинлик манфаат бслмаса?". У сса хотиржам жавоб берарди: "œМенга манфаати тушадиган қилиб қсйгани шукронасига озгина хизмат қилсам нима қипти?"

Қайсидир йили иш тополмай 4-5 ой қийналиб юрди. Сайтни сотишни таклиф қилишди, рекламани таклиф қилишди. А ози бслмади. Яна сша гапни айтди: "œМен бу ишларни пул топиш учун қилмадим..."

Унинг камчиликларидан бири сабри ва ёмон муомалага ҳам сши муомала билан жавоб қилишидир. Бошида синадиган ксп калтаклар шунинг орқасидан: майли снгланиб қолар дес сабр қилади, қаттиқ гапирмайди, юмшоқлик билан танбеҳ беради, холос. Бошидан стказмаганлар билмаслиги мумкин. Баъзида ҳатто ака-укаларимиз билан ҳам чиқишолмай, 2-3 одамни ҳам бошқаролган гангиб қоламиз. 3100 та аъзо, 100 та домий аъзони бошқариб, уларга бир хил муомала қилиш, анча-мунчамизнинг қслимиздан келмайдиган иш. Баъзан, снлаб инсоннинг кснгли деб, баъзида биронтасини ранжитиб қсйсам, неча кун ачиниб юраман. Ҳозир, сснгги жирканч воқеаларни тсхтатгани учун Абдулазизга қарши гумонда бслаётган исталган юзер бир кун ҳам администраторлик юкини кстара олмаслигига ишончим комил.

Абдулазиз ҳақидаги гапларим жуда ксп сди... Қисқароқ қилдим.
Унга тилагим: дсстим, сенинг мақсадинг сзгу, иншааллоҳ йслинг сзгу, ишинг сзгу. Шу йслда Аллоҳ сенга доимо гсзал натижалар берсин! Сени ёрлақасин, мартабангни баланд қилсин! Ўзи ёмон ксзлардан, ёмон гумонлардан асрасин! Тани-жонинг соғ, ийсонинг саломат, Аллоҳ учун ҳаракатдаги важҳинг бақувват, қалбинг доимо гсзал бслсин! Ота-онангга раҳмат (унга айтилган бу дуони мен жуда ксп сшитдим.)! Сендан фарзандни камолотга етказган икки мсътабарга, Аллоҳнинг раҳматлари бслсин!

Ассаламу алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳу!

Qayd etilgan


Abu Muso  04 Dekabr 2009, 11:30:26

 :as:

Faqat hayotda tanigan insonlar bo'lsa, ularning yozgan postlari qabul qilinmaydi.

Qayd etilgan


Ansora  04 Dekabr 2009, 13:18:00

AbdulAzizga bo'lgan hurmatimni shu jumlalar bildira olsa kerak, deb o'ylayman.

Alloh menga o'g'il nasib etsa, AbdulAziz akasiday bo'lsin inshalloh....

Qayd etilgan


shoir  04 Dekabr 2009, 13:52:57

:as:

Faqat hayotda tanigan insonlar bo'lsa, ularning yozgan postlari qabul qilinmaydi.

Мен АбдулАзиз билан ксришмаганман. Лекин интернетда ксп мулоқот қилганмиз.
Агар ҳаётда кимнидир, қайсидир маъхнода танимасак, қандай унга фикр билдириш мумкин?

Qayd etilgan


registan  04 Dekabr 2009, 14:28:20

Tojialiyev Davronbek Rustamovich 1984 yil, 15 fevral kuni Marg’ilon shahrida dunyoga kelgan.
1990-93 yillarda Marg’ilon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi 3-o’rta maktabda, 1993-2000 yillari “Istiqbol” gimnaziyasida ta’lim olgan. 1998-2000 yillarda Marg’ilon shahri va Farg’ona viloyatida geografiya bo’yicha fan olimpiadasida 1-o’rinni egallagan. 2000 yildagi Respublika olimpiadasida 6-o’rinni egallagan.
2000 yili Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetiga imtihon topshirib o’qishga kira olmagan. 2001 yili O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjat topshirib, 252 ball bilan 4-o’rinda o’qishga kirgan.
2001 yil sentabr oyidan “Ma’rifat” gazetasida muxbir, keyinchalik dizayner bo’lib ishlay boshlagan.
2005 yili bakalavrni tugatgach, O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga magistraturaga kirib, 2007 yili qizil diplom bilan bitirgan.
2004 yili www.ziyouz.com portalini tashkil etib, uni ma’lumotlar bilan to’ldira boshlagan. Ayni paytda bu portal o’zbek tilidagi eng boy axborot manbalaridandir. 2005-2006 yillarda “7 mo’jiza” gazetasida mas’ul kotib, 2006-2007 yillarda “Max-Print” kompaniyasida dizayner, 2007-2008 yillarda “Tafakkur Plus” MCHJda dizayner va bo’lim boshlig’i lavozimlarida ishlagan.
2005 yili Polish-Czech-Slovak Solidarity Foundation tomonidan tashkil etilgan “Fostering Independent Publishing in Central Asia 2nd” programmasi bo’yicha Polshada malaka oshirgan.  2008 yili , BBC iLearn system asosida Transition online tomonidan tashkil etilgan “Introduction to online journalism” kursini bitirgan. 2008 yil yanvarda Qozog’istonning Almati shahrida British Council tomonidan tashkil etilgan “New silk road” Creative writing workshopda  ishtirok etib qaytgan.

Ushbu saytda o’zining ijodiy ishlari, shuningdek Ingliz, rus, turk tillaridan tarjimalarini berib bormoqda. :)

P.S. 252 baldan armiyaga borib kelganlarini o'zlaring tushunib olarsilar. :)

Qayd etilgan