A.alaykum. Abu Muso akamiz haqlarida ham 1-2 og'iz bir narsalar yozib qo'yay endi, meni g'olib qilmasangiz ham bo'ladi, quruqdan quruq g'olib bo'lmas ekan, yoki sovg'alarni Vatanga kelganimda olaman-mi
Abu Muso aka:
1. Qashqadaryodan ekanliklarini asosan bilamiz, orada u taraflarga oid ovqatlar haqida ma'lumotlar berib, rasmlarini joylab, og'zimizni suvini ham oqizib turadilar, rahmat.
2. 19 yoshlarida uylangan edilar, chamamda, kelinayamiz esa 17 yoshlarida edilarmi-yey, Xotiram bahordan ancha susaydi, uzr endi....
3. Muso degan o'g'illari bor, balki fotogallereydagi imtohonga tayyorlanib uhlab qolgan bolakay Musojondir, bilmadim yana
4. Tasavvufga qiziqishlari katta, So'fiylik ham u kishiga juda jozibali keladi, deb o'ylayman. Forumga ilk tashrif buyurganlarida rasmlarini ko'rib, buni darrov sezganman.
5. O'zlari universitetning muhandislik bo'limida o'qiganlar edi menimcha. Xozirgi kunda esa Gaz bilan bog'liq sohada ishlaydilar.
6. Xazilni yaxshi ko'radilar. Orada chiroyli, hech kimni hafa qilmaydigan xazillar qilib turadilar.
7. Farzandlari bo'lganligi uchun har otaday shafqatga egalar, bu ham postlaridan sezilib turadi.
8. Forumda tez tez bo'lganliklari uchun (bazan yarim kechasi) kelinayamiz hech narsa demaydilarmi, deb o'ylanib qolaman to'g'risi. Bundan ham uyda patriarxat tuzum ekanligini sezdim
9. Yosh bolalik rasmlariga qaraganda ko'zlari odatdagi Qashqadaryoliklarni ko'ziday emas, Tojiklik bormi deyman
10. Haaa Jerri degan mushuklari bor, bolalabdi, muborak bo'lsin, miyu miyu ovozlari bilan uhlash osonmas
Yani hayvonlarni ham yaxshi ko'rarkansiz, demak
Rabbim xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik nasib etsin....