A.alaykum. Uzr, ish ko'pligidan va forumga 1 hafta kira olmaganim uchun bu mavzuda yozish xayolimdan ko'tarilibdi
Hullas, navbatdagi qahramonimiz Robiyaxon....
1. Robiyaxonni ismlari forumga a'zo bo'lishim bilan diqqatimni darrov o'ziga tortgan, sabablari:
a) İsmlari
b) İmzolari
v) Postlarining ko'p bo'lishi
2. Vaqti bilan she'rga qiziqishlarini va o'zlari ham Go'zal Ahiddin qizi, imzosi ostida ilhom qilishlarini bildim...
3. Yana vaqti soati bilan o'qituvchi ekanliklarini bildim.
4. Xozir yoshlari 21 ekanligini diqqatga olsak, forumga anchagina yosh a'zo bo'lishlariga qaramay, forum uchun juda ko'p foydali ishlarni bajarganliklarini ko'rdim, Alloh rozi bo'lsin. Bu ham bo'lsa qizimizning jonkuyarliklarini ko'rsatadi....
5. Yoshlariga qaraganda ancha jiddiylar, balki o'qituvchi bo'lganliklari uchun ham yelkalarida jiddiy maslakiy ma'suliyat bo'lganligi uchun ham shundaydir....
6. Tasavvufga qiziqishlarini she'rlaridan, duolari va aforizmlaridan ham sezsak bo'ladi....Bazan shuning uchun sizni Ayol Avliyo Robiyatul-Adaviyyani duolarini o'qirkan esga olaman....
7. Yangiliklardan xabardor bo'lishga juda qiziqadilar, oz vaqtda ko'p ish qilish niyyatlari ham borligini paxta dalasida yurib bo'lsa ham telefon bilan rasmga olib, bir tarafdan forumga joylaganlarida sezganman
8. Robiyaxon- forumdagilar orasida ilk tushimda ko'rgan qizlarimizdan biri. Juda chiroyli tush edi, o'zlariga aytganman. Bu tush asosida ham iymon sohibi ekanliklarini anglaganman, Allohning izniyla....Rabbim yo'lingizni yorug' qilsin iloyim...
9. Buxoro-i Sharifimizga "yarashadigan" va Buxoroni kelajakda ham namunali shaklda tamsil etadigan a'zolarimizdan biri bo'lib qolishingizni tilayman....
Chunki Buxoroni İslom olamida yeri juda boshqacha....Biz Buxoroga Turkiyalik mehmonlar bilan borganimizda ular: "İnson bu yerlarga bosishga uyaladi" deyishgandi, chunki har qadamda bir ulug' zot yotibdi.....
10. Boshlarda futbol bilan bog'liq ancha muncha postlari bor edi, keyingi paytda buni ham ko'rmay qoldim
11. Ha keyin Rus tiliga juda yaxshi hokimlar, mashalloh....
12. Forumga keyingi paytlarda oz kirishingiz sezdim, hamma narsani vaqti soati bor, tabiiy holda. Lekin sizdan bir iltimos, forumga orada bo'lsa ham kirib turing, chunki forumni mantiqli, tajribali, har so'zida ma'nosi bor postlarga ehtiyoji bor......