Otasi yaxshi odam, shuning uchun asalari boqadi.
O'zi ... odam, chunki asalari boqmaydi.
Bu bolaga tushunib bo'lmaydi, bir anjanlikman deydi, bir mag'lanlikman deydi, bir namanganlikman deydi - g'isht quyaman deb miyyasini oftob urganmiki yo,
- deb o'ylaydi tushunmagan odamlar. Tushunganlar esa "O'qituvchilarga qiyin!" - deb qo'yishadi.
O'zi bo'z bola, Andijonning Bo'zidan. Payt topsa otasiga ham hazil qiladiganlar toifasidan. Birinchi marta o'sha "Osh jangi" da Muhammad Sohibga sekundantlik qilganida tanishganmiz. Sekundant-pekundanti bilan yeb tashlayman deb borsam tuppa-tuzuk bollarakan.
Maktabda ingliz tilidan dars beradi. Direktori bilan oralari "yaxshi". Qolgan o'qituvchilar bilan ham oralari yaxshi. O'quvchilar uni "sense" deb chaqirishadi, uni ko'rganda "O'o'o'o'" - deyishadi.
O'z fikriga ega odam. Fikrining boshqalar uchun to'g'rimi-noto'g'riligi uni qiziqtirmaydi, boshqalarniyam uning fikri to'g'ri-noto'g'riligi qiziqtirmaydi.
O'quvchilarning ho'jalik ishlariga jalb qilinishiga doim qarshi. Bu borada men ham unga qo'shilaman.
Yoshligida ko'p kitob o'qigan, ammo faqat ertak, roman, hullas badiiy kitoblar o'qigan. She'riy kitoblarni kam o'qigan, o'zicha she'rlar yozgan bir-ikkita, vaqtida. Hozir u she'rlarini ko'rsa o'zidan hijolat bo'p ketadi. Doim birnarsalar qivorgisi keladi-yu, yo zamon xalal beradi, yo makon.
G'alati-g'alati gaplari boks bian shug'ullanganligining ta'siri bo'lsa kerak.
O'ta "kamgap" bola. Atrofni, odamlarni ko'p kuzatadi. (Ammo bunaqa xarakter bilan qanday qilib fizikaga qiziqmaslik mumkin - hayronman!).
Juda yordamsevar, qo'lidan kelmasayam yordam beraveradiganlar toifasidan. Kallasi bor bola - 58 razmer marg'ilon do'ppi kiyadi. Manimcha, ta'lim sohasida revolyutsiya qilish uchun, maktab direktorligini unga topshirish kerak!
Endi Aqoid haqida gaplashsak. Bu o'sha menining tashabbusim bilan Global Moderator qilib saylangan bola. Bir oy ham o'tmay, Globallikdan G'animat Moderatorlikka o'tdi. Hullas ishonchimizni oqlamadi, chekiga solgan bolaxonali uyining devorini oqladi. Avvallari forumda Tunggi qorovullikda turardi. Kechasi uyg'onib ketsam qo'limga telefonni olib forumga bir kirib qo'yardim. Shunda onlaynda "xx mehmon va FAQAT Aqoid(!)"ni ko'rib, hayolimga bir gap kelardi: - " Forum ahli, uhlanglar, forumda hamma yoq tinch!"
P.S. Tuzik bolaga o'xshaydi. Men unaqa bolani tanimayman.