Muallif Mavzu: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling  ( 10844 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslima.bgm

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 99
  • -oldi: 135
  • Xabarlar: 160
  • Jins: Ayol
Re: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling
« Javob #15 : 10 Dekabr 2009, 12:34:31 »
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Malik Mansur
Amerika Ovozi
23/11/2009   
 

Aholi grippning yangi turi haqida deyarli bilmaydi. Uning asoratlari va oqibatlari haqida turli mish-mishlar yuribdi.
Rasmiylarning aytishicha kasallik shu paytgacha qayd etilmagan.
Lekin mutaxasisslar deydiki, virus O’zbekistonga yetib kelgan, hozircha epidemiya darajasida emas xolos. 
Aholi orasida cho’chqa grippining og'ir asoratlari, jumladan H1N1 virusi tufayli o'lganlar soni ko’payayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
 â€œTibbiy huquq” klinikasi rahbari, shifokor Vohid Karimovning ta’kidlahischa O'zbekistonda mazkur gripp bilan kasallanganlar yo'q deyish noo'rin, faqat bu holat hali epidemiya darajasida kuzatilmagan.
Vohid Karimov fikricha O'zbekistondagi vaziyatni epidemiya arafasida deb qayd etish to'g'riroq bo'ladi. Bir tomondan gripp mavsumi boshlangan, ikkinchi tomondan esa ko'plab mehnat muhojirlari vatanga qaytmoqda.   
Sog'liqni saqlash vazirligining bildirishicha aholining faol qatlami grippga qarshi emlangan. Zarur dori-darmonlar zaxirasi mavjud. Gripp virusini tez aniqlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy uskunalar o'rnatilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston A(H1N1) grippiga qarshi vaksinalarni Germaniyadan sotib olgan. Bu vaksinalar aholi uchun ancha qimmatligi ta'kidlanadi. Shu bois birinchi navbatda faol muloqot guruhiga kiruvchi kishilarni emlash lozim topilgan.
“Hozir asosan shifokorlar, o'qituvchilar va faol qatlamga kiruvchilar emlangan. Vaksina aholi uchun ancha qimmat”, -deydi Vohid Karimov.
 â€œBu chochqa grippi degani ayniqsa yurakka ta’sir qilmoqda. Agar tomoq og'riq biror asorat qoldirgan bo'lsa, odamlar astmadagi kabi nafas qisilishidan o'lib qolishayapti. Dori-darmonlarning sifati tushib ketgan, ta’siri yo`q. Emlash degan narsa unutilgan”, - deydi toshkentliklardan biri.   
Sog'liqni saqlash vazirligi aholi orasida grippga qarshi targ'ibotni kuchaytirgani kuzatiladi. Maktablarda va boshqa jamoat joylarida xavfsizlik niqoblarini taqish majburiy belgilangan.
Yaqinda O'zbekiston cho'chqa grippi tahdidi bois Qozog'iston bilan chegarani vaqtincha yopib qo'ydi. Qirg'izistonda grippdan bir necha kishi o’lgani qayd etiladi. 
O'zbekistonda ham gripp tufayli o`lim holatlari ko`paygani tilga olinadi. Toshkentdagi 16 – shoshilinch tibbiy markazda bir necha odam cho`chqa grippidan vafot etgan. Rasmiy idoralar bu ma`lumotlarni tasdiqlamagan.
“Shifokorlarning o'zlari aytib turgandan keyin ishonmay bo'ladimi? Tez yordamdan kelgan shifokor aytayapti. Emlash kerak odamlarni. Nega bizda bunday narsalar yo’q”? – deya kuyunadi fuqarolardan biri.
A(H1N1) grippini O'zbekiston sharoitida o'zini qanday ko'rsatishi hali to'liq o'rganilmagan.

gayrat17

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 69
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 388
  • Jins: Erkak
Re: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling
« Javob #16 : 10 Dekabr 2009, 21:16:33 »
savol: Cho'chqa grippi kimdan ehtiyot bo'sin? :P


Voy darrov hato topishga ustasiz a? Xa endi shoshilib yozib ayrim tinish belgilarini unutib qoldiribmiz..
Savol to'gri qo'yilgan, inson xuquqlari, demokratik tamoyillarni xisobga olgansiz.
Ularam odamku?
Gripp rostan xam kirib kelgan bo'lsa kerak, bizda bunaqa narsalar yashiriladi,

ViVeO

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 39
Re: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling
« Javob #17 : 10 Dekabr 2009, 21:46:49 »
lekin ancha uspakoitsa qip qolishdi, maskalayam yechildi

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling
« Javob #18 : 10 Dekabr 2009, 21:49:37 »
Ko'cha-ko'yda, arzon narhga sotilayotgan sosiskali gamburger, sendvich degan narsalardan uzoq turinglar birodarlar....Tarkibida shubhali narsalar bor ekan....

registan

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 270
  • -oldi: 1201
  • Xabarlar: 1864
  • Jins: Erkak
Re: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling
« Javob #19 : 25 Dekabr 2009, 18:20:15 »
"Если этим людям сошло с рук убийство более трёх тысяч людей за 8 секунд, произошедшее девятого сентября 2001-го, то они вполне способны пойти на уничтожение миллионов и даже миллиардов людей во всём мире посредством комплексной пандемии свиного гриппа"


Раскрыт создатель свиного гриппа
 

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling
« Javob #20 : 25 Dekabr 2009, 21:18:03 »
Germaniyadagi Tibbiy taqqiqot-markazi Cho'chqa grippiga qarshi qilinayotgan ukolning bu virusga qarshi o'z ta'sirini yo'qota boshlaganini, cho'chqa grippi virusining esa boshqa ko'rinishga o'ta boshlaganini e'lon qildi.

Turkiya xabar markazi...

 

Virusli gepatitdan ehtiyot bo'ling

Muallif AbdulAzizBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 17513
So'nggi javob 19 Aprel 2010, 22:26:45
muallifi Ansora
Ogoh bo'ling: Biznes sekta!

Muallif UsmonBo'lim Iqtisod saboqlari

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 22307
So'nggi javob 15 Sentyabr 2013, 00:06:51
muallifi Muxsiya
Ehtiyot bo'ling! Firibgarlar! Yohud baxtli noma(xat).

Muallif FazliddinFMBo'lim Internet

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5494
So'nggi javob 07 Mart 2009, 19:23:27
muallifi FazliddinFM
Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!

Muallif shoirBo'lim Umumiy

Javoblar: 61
Ko'rilgan: 27014
So'nggi javob 29 Yanvar 2010, 17:23:30
muallifi Shoxjahon12
Diqqat, xorijdagi hamyurtlar !!!Ehtiyot bo'ling

Muallif jadidmuslimBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4357
So'nggi javob 10 Iyul 2009, 17:50:38
muallifi jadidmuslim