Cho'chqa GRIPPi extiyot bo'ling  ( 16610 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muslima.bgm  11 Noyabr 2009, 16:44:00

Cho'chqa grippi xaqida barchangiz eshitgansiz albatta. Lekin bu mavzuni ochishimga sabab bu kasallik yurtimizga xam kelibdi. Bu erga kasallikka oid ma'lumotlar, qarshi kurashish choralari xaqida ma'lumotlar kiritiladi.........

Qayd etilgan


Muslima.bgm  11 Noyabr 2009, 16:53:14

Assalomu aleykum, barchangiz sog'-salomatmisiz.
Xammaga ma'lumki cho'chqa grippi(a/h1n1) butun dunyoni larzaga solmoqda. Eng achinarlisi kasallik o'lim bilan yakunlanishidir. Ayrim davlatlarda(AQSh, Janubiy Koreya)da kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqilganiga qaramay baribir bu kasallikni butunlay yo'q qilishni iloji yoq. Bugun yurtimizda ushbu kasallik tufayli 6 kishi xayottan ko'z yumganligi sababli shu mavzuni ochishga qaror qildim,  kasallik  oddiy grippdan unchalik farqlanmas ekan, lekin asosan xavo tomchilari orqali yuqayotganligi sababli odamlar bilan suxbatlashayotganda extiyot bo'lishimiz kerak.
Ayniqsa bu kasallikka yosh bolalar chalinsa ularning organizmi qarshi kurashishga ojizlik qilarkan. Kimda bu kasallik xaqida to'liq ma'lumotlar bo'lsa bo'limga kiritib barchani ogohlantirsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Noyabr 2009, 17:09:27

Bizni institumizda hammaga niqob taqishni majburiy qilib qo'yishdi. Lekin aynan majburiy bo'lgani uchun ham hech kimni taqqisi kelmayapti. Odamzod qiziqda, qil deganni qilmaydi, qilma deganni...

Qayd etilgan


registan  11 Noyabr 2009, 17:15:37

Eng yaxshi yo'li chisnok, chisnokni ko'proq iste'mol qilish zarur. Biz tomonlada chisnokni narxi 10 baravar oshib ketdi, talab ko'pligidan.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Noyabr 2009, 19:29:29

ENG YAXSHI YO'LI DUODA BO'LAYLIK OLLOH KASALLIK HAM BERADI DAVOSINI HAM BERADI.


Qayd etilgan


Ansora  11 Noyabr 2009, 21:29:30

Turkiyada butun kanallar faqat shuni gapiradi necha kundan beri.
Bu grippdan ham insonlar orasidagi sarosima ularda stress kasalligi kelib chiqardi. Xozirgi kungacha 41 kishi o'ldi mamlakatda. O'zi shunday ham har yili butun dunyoda gripp (tumov)dan 750 mingga yaqin inson o'lar ekan!

Bu cho'chqa grippi ham oddiy grippga juda yaqin bo'lib, cho'chqada ko'rilgan bir virusga juda o'hshagani uchun ham shunday nomlanibdi.

Dinimiz bu hayvonni yeyishni ta'qiqlaganida qanchalar hikmat bor. Yaqinlarda cho'chqa go'shtining qanchalar sog'liqqa zarar ekanligi haqida bir video tomosha qilgandim. Balki ko'rganlar bordir. Bu videoni forumga qo'ysak yaxshi bo'lardi. Men video qo'yishni bilmayman-da afsus. Sizlardan ko'rganlar bor bo'lsa iltimos qilaman.
Bir Amerikalik doktor minglab kishi o'tirgan salonda avvalo xazil bilan gapga boshlaydi. Cho'chqani hammamiz yaxshi ko'ramiz, unday shunday...
Keyin hayonlarning kavsh qaytarish, yani yeganlarini hazm qilish vaqti haqida gap ketadi. Otda, molda shuncha...afsus cho'chqada esa kavsh qaytarish, yani yeganlarini hazm qilish,degan narsaning o'zi yo'q. Yani cho'chqa nima yegan bo'lsa, yeganlarining zararlimi zararsizmi hammasi butunlay insonlarga so'yib keltirigan cho'chqa go'shti bilan ularning organizmlariga qanday bo'lsa, shundayligicha o'taverar ekan...

Xozirgi kunda sarosimaga tushmasdan, ozodaligimizga yana ham ko'proq diqqat etgan holda, yegan-ichgan narsalarimizni yana bir bor ko'zdan kechirishimiz va asosiysi Jamshidjonni aytganlariday duo qilishimiz va kundalik hayotimizga davom etishimiz kerak...

Alloh Dinimizdan adashtirmasin, undan uzoqlashdikmi MODDİY, MA'NAVİY butun kasalliklarga chalinishimiz aniq!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Noyabr 2009, 08:21:05

Inson zotini tushunmaysan kishi. Niqob taq degan hamma joyda niqob bor lekin hammasi bo'yniga osib olgan. Nima keragi bor agar taqmasdan bo'yniga bog'lab yursa?

har bir dardni beradigan zot yolg'iz Allohdir. Demak bu dardniyam shifosini Alloh o'zi beradi. Allohdan so'raylik har qanday baloyu ofatdan saqlanishni. Alloh har birimizni o'z panohida asrasin. . .

Qayd etilgan


Arbuzchi  19 Noyabr 2009, 08:45:03

Inson zotini tushunmaysan kishi. Niqob taq degan hamma joyda niqob bor lekin hammasi bo'yniga osib olgan. Nima keragi bor agar taqmasdan bo'yniga bog'lab yursa?

har bir dardni beradigan zot yolg'iz Allohdir. Demak bu dardniyam shifosini Alloh o'zi beradi. Allohdan so'raylik har qanday baloyu ofatdan saqlanishni. Alloh har birimizni o'z panohida asrasin. . .

Dard ham shifo ham Allahdan ekan. Demey maskani taqishimiz kereymi yoki bo'ynimizga osib qo'yseyam bo'lurarmikan a?! ;)

Qayd etilgan


Ansora  19 Noyabr 2009, 15:00:17

Inson zotini tushunmaysan kishi. Niqob taq degan hamma joyda niqob bor lekin hammasi bo'yniga osib olgan. Nima keragi bor agar taqmasdan bo'yniga bog'lab yursa?

har bir dardni beradigan zot yolg'iz Allohdir. Demak bu dardniyam shifosini Alloh o'zi beradi. Allohdan so'raylik har qanday baloyu ofatdan saqlanishni. Alloh har birimizni o'z panohida asrasin. . .


Niqobni aslida kasallar ozroq virus yoyishi uchun taqadi, (hech bo'lmasa hapshurganda atrofga suv sochmasligi uchun) niqob kasal bo'lmagan odamni bu kasallikdan qo'riy olmaydi, chunki oddiy marli....

Ki,,,,cho'chqa grippiga chalingan odam juda kam hapshurar ekan afsus....

asosan titroq va istima bo'lar ekan....

Qayd etilgan


Arbuzchi  20 Noyabr 2009, 07:39:31

Savol: Uzb kasalxonalarida shu kasallikdan vafot etishlar uchrab turibdi, lekin nega TVda bizga hali bu kasal yetib kemadi! deyilvatti? Nega sir tutilmoqda? Bundan nima manfaat?
Javop:
Qattan bildiz Uzb kasalhonalarida shu kasallikdan odamla vafot etayotganini? ???
Nima do'xtirmisiz? Yoki morgda ishlisimiki, sizzi oldizga har kun pochka pocka o'liylani opkelishvotgan bo'sa... ;)

Qayd etilgan