Turkiyada butun kanallar faqat shuni gapiradi necha kundan beri.
Bu grippdan ham insonlar orasidagi sarosima ularda stress kasalligi kelib chiqardi. Xozirgi kungacha 41 kishi o'ldi mamlakatda. O'zi shunday ham har yili butun dunyoda gripp (tumov)dan 750 mingga yaqin inson o'lar ekan!
Bu cho'chqa grippi ham oddiy grippga juda yaqin bo'lib, cho'chqada ko'rilgan bir virusga juda o'hshagani uchun ham shunday nomlanibdi.
Dinimiz bu hayvonni yeyishni ta'qiqlaganida qanchalar hikmat bor. Yaqinlarda cho'chqa go'shtining qanchalar sog'liqqa zarar ekanligi haqida bir video tomosha qilgandim. Balki ko'rganlar bordir. Bu videoni forumga qo'ysak yaxshi bo'lardi. Men video qo'yishni bilmayman-da afsus. Sizlardan ko'rganlar bor bo'lsa iltimos qilaman.
Bir Amerikalik doktor minglab kishi o'tirgan salonda avvalo xazil bilan gapga boshlaydi. Cho'chqani hammamiz yaxshi ko'ramiz, unday shunday...
Keyin hayonlarning kavsh qaytarish, yani yeganlarini hazm qilish vaqti haqida gap ketadi. Otda, molda shuncha...afsus cho'chqada esa kavsh qaytarish, yani yeganlarini hazm qilish,degan narsaning o'zi yo'q. Yani cho'chqa nima yegan bo'lsa, yeganlarining zararlimi zararsizmi hammasi butunlay insonlarga so'yib keltirigan cho'chqa go'shti bilan ularning organizmlariga qanday bo'lsa, shundayligicha o'taverar ekan...
Xozirgi kunda sarosimaga tushmasdan, ozodaligimizga yana ham ko'proq diqqat etgan holda, yegan-ichgan narsalarimizni yana bir bor ko'zdan kechirishimiz va asosiysi Jamshidjonni aytganlariday duo qilishimiz va kundalik hayotimizga davom etishimiz kerak...
Alloh Dinimizdan adashtirmasin, undan uzoqlashdikmi MODDİY, MA'NAVİY butun kasalliklarga chalinishimiz aniq!