Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri!  ( 43530 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B

Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 16:55:02

 :as:
Shu diseyla ziyouzchila, sila bilan bir hayriya tadbirini uyishtirsey. Shunga sila nima diysila.
Chota paqat o'tirvolib post qilishni biladigandey tuyilib qovotti manda. Agar shunaqa asossiz tuyilishlarga barham bermoqchi bo'seyla, mana shu Qurbon hayiti kuni Nogironlar uyida, kichkintoy-majruhla uchun  bir sahna-spektakl uyishtiraylik.
Shunga nima diysila?
Eplolamizmi?! :1

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  12 Noyabr 2009, 17:43:44

Assalomu alaykum.
Eplaymiz albatta. Aniq nima qilmoqchimiz? Qaysi spektaklni qo'yamiz? Bironta yaxshi ssenariy topish kerak. Aka sizda bo'lsa taklif qiling.

Qayd etilgan

Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 20:33:50

Assalomu alaykum.
Eplaymiz albatta. Aniq nima qilmoqchimiz? Qaysi spektaklni qo'yamiz? Bironta yaxshi ssenariy topish kerak. Aka sizda bo'lsa taklif qiling.
:vslm:
Spektaklni sizmas, artisla qo'yishadi. Siz paqat gruppa padderjkiyda bo'p turseyz bo'gani.
Qancha bolla bor bo'tta Hayitni 3-kuni DetDomga borib, 1-2 soat spektakl uyishtirib beraoladigan.
Artis va ulani pulini hal qiladigan odam bor. Bizga paqat yugur yugur qiladigan bolla kerey... :1

Qayd etilgan

Chustiy  12 Noyabr 2009, 22:17:03

:as:
Shu diseyla ziyouzchila, sila bilan bir hayriya tadbirini uyishtirsey. Shunga sila nima diysila.
Chota paqat o'tirvolib post qilishni biladigandey tuyilib qovotti manda. Agar shunaqa asossiz tuyilishlarga barham bermoqchi bo'seyla, mana shu Qurbon hayiti kuni Nogironlar uyida, kichkintoy-majruhla uchun  bir sahna-spektakl uyishtiraylik.
Shunga nima diysila?
Eplolamizmi?! :1

 :vslm:

Nega unaqa diysiz Arbuzchi oka, bu yerdagi ko'pgina forumdoshlar oldingi yillarda o'tgan ko'p tadbirlarda faol ishtirok etishgan...

Hullas, Arbuzchi oka, jargon tilida qilgan e'lonini bu yerdagilar uchnlaik tushunmagan bo'lishlari ham mumkin, ularning jargon lug'atarini yodlab olganim bois ularning nima dimoqchiliklarini va so'zlarini tarjima qivorsam...  ;D

InshaAlloh oldingi yillardagidek bu yil ham Qurbon hayiti munosabati bilan forumdoshlar bilan 1-nogiron bolalar uyida kichikroq bir hayriya o'tkazishni niyat qilingan...
Hayriyada inshaAlloh Qurbonlik-1430 loyihasidan go'sh ajratilib, bolajonlar uchun dasturhon yozishni niyat qilingan. Shu bilan birga ularning ko'nglini ko'tarish maqsadida bir kichikroq sahna qilishni niyati ham yo'q emas, kecha ORIF aka qo'g'irchoq teatridagilar bilan gaplashib kelibtilar inshaAlloh teatrdagilar kelishadigan bo'lishibti...

Bizda sahnaga chiqish qobiliyati bo'lmaganligi bois, paqat yugur yugur hizmatida bo'lamiz inshaAlloh... Endi dasturhon yozib, nogiron bolalarga hizmat qilishni o'zi bo'lmaydi, o'sha tarbirni amalga oshirib, hissa qo'shib, hizmat qiliguvchilar bo'lsa lutfan taklif etiladi...

Muslima opa singillar esa, huddi oldingi tadbirlardagidek, uylaridan ul bul pishiriqlar pishirib berishlari mumkin... Pecept, maslahatlar kerak bo'lsa yordamlashvoramiz  ;) 

Alloh hayrli tadbirlani nafaqat hayol va niyatda balki hayotdayam muvafaqiyatli, hayirli va riyosiz o'tkazib olishni nasib etsin...

P/S: Arbuzchi aka, 2ta Mikki Mouse maskasi topildi ulayam kelishadigan bo'lishdi inshaAlloh...

Qayd etilgan

Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 22:21:22

Eee kakraz mashnaqa dimoqchiydim... :D Mayli Chustiy savopni tagida qoladigan bo'pti... :D

A tak Qizaloq bilan maslahatlashdik. Go'sht oborish shartmas ekan. I tak o'sha kunlari hamma ularga go'sht opkelarkan.
Biza Qurbonlik go'shlarini talabalar uyigami yoki yotoqhonalargami oborib berishni mo'ljal qilib turibmiz.
Barbir och student, och studentde a?! ;D

Qayd etilgan

Chustiy  12 Noyabr 2009, 22:28:02

Ha, o'sha kuni anu tarbiyachi opa go'shtlar ancha ko'payadi degandilar, lekin taom tayyorlidigan bo'lsak, taom uchun azgina ovolish keredir...?  ::) Yana nimagadir ishonib nimasiz qop ketmilu...  ;D Go'shtni imenno qaysi talabalarga tarqatmoqchisila?  ::)

Qayd etilgan

Arbuzchi  12 Noyabr 2009, 22:30:52

Hadichai Kubro digan, Ko'kaldosh madrasasi degan o'quv yurtlari bor. O'shattayam talabala o'qishadi. A tak bizaga farqi yo'. Boshqa kereyli joyni topseyla, pajalusta... :1

Qayd etilgan

Muhseena  13 Noyabr 2009, 12:52:42

Unda man afg'oncha napaleonmi,biron tortmi ko'tarib borsam bo'larkande,inshaAlloh...
Qatnashuvchilar o'z fikrlarini berib borishsa yaxshi bo'lardi...

Qayd etilgan

Arbuzchi  13 Noyabr 2009, 13:47:36

Unda man afg'oncha napaleonmi,biron tortmi ko'tarib borsam bo'larkande,inshaAlloh...
Qatnashuvchilar o'z fikrlarini berib borishsa yaxshi bo'lardi...
Iy qando bo'larkin a?! ??? Ishqib qiynab qo'ymiymizmi sizni? :D
Malades lekin forum qizlari mashnaqa taklifla bilan chiqsa. Ho'sh yana bormi u bu narsa pishirib beraman diganla.... :1

Qayd etilgan

Muhyiddin  18 Noyabr 2009, 18:13:17

Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri!

Arbuz, islom.uz va ziyouz forumlari a’zolari birgalikda, yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o’sha kuni mehribonlik uyida yashovchi bolajonlarni bayram bilan tabriklab, qiziqarli teatr sahna ko’rinishi va bayram dasturxonini uyushtirish haqida maslahatlashishdi.

Biz ham xolis niyat bilan mana shu tadbirga o’z hissamizni qo’shib savobidan bahramand bo’lishimiz mumkin. Shunga, bizni forum a’zolari nima bilan ko’mak berishimiz mumkinligini o’zaro o’ylab, "œBolajonlarga qo’ldan kelgancha dasturxon bezatib ularni imkon qadar mehmon qilishni forum ahli bilan o’ylashib ko’rsak qanday bo’larkin"œ deb, takliflarlarga binoan ushbu mavzuni ochdik. Bu tadbirda ishtrok etish ixtiyoriy.

Shu o’rinda, janob Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Hazrati Abud-Dardo’ (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisi sharifni eslab o’tish joiz bo’lsa kerak. U zot shunday marhamat qiladilar: Qalbing yumshab, hojating ravo bo’lishini xohlaysanmi? (U holda) yetimga rahm qil, uning boshini sila va unga taomingdan yedir. Shunda qalbing yumshab, xojating ravo bo’lur (murodingga yetishursan). (Tabaroniy rivoyati).

Marhamat qilib, ushbu mavzu yuzasidan o'z fikrlaringizni bildirishingiz mumkin...

Qayd etilgan